11
Darsning borishi
1. Tashkiliy qism:
O‘quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
2. 8-9-sinflarda olingan bilimlarni takrorlash:
Tushunchalarni Venn diagrammasiga
joylashtiring: 1) elektron 2) kichik davr
elementlarida uchraydi 3) yadro tarkibiga kiradi 4) katta davr elementlariga
kiradi 5) A-sharsimon B-gantelsimon S-murakkab
3. Yangi mavzuni tushuntirish:
Ilk bor atom tuzilishini 1911-yilda E.Rezerford va uning hamkasblari taklif
etgan va bu nazariya atomning planetar modeli deyiladi. Bu nazariyaga ko‘ra
atomning markazini musbat zaryadlangan yadro egallaydi. Ammo bu modelga
ko‘ra elektron tinmay orbita bo‘ylab atom yadrosi
atrofida aylanib energiyani
ajratib tursa, uning energiyasi yo‘qolib borib, yadroga qulashi kerak bo‘lar edi.
Lekin amalda bunday bo‘lmay, Rezerford modeli buni tushuntirib berolmadi.
Daniyalik fizik olim N. Bor nazariyasiga ko‘ra elektron energiyani kvantlar (kichik
qismlar) ga bo‘lib ajratadi, deb taxmin qilgan. Bu nazariyaga ko‘ra electron yadro
atrofida ma’lum bir masofada, ma’lum orbita bo‘ylab harakatlanadi.
Fazoning elektron mavjud bo‘lishi mumkinligi 90% ni tashkil qilgan qismi atom
orbitali deb nomlanadi. Demak, elektron yadro atrofidagi orbita bo‘ylab
aylanmay, yadro atrofidagi fazoning uch o‘lchamli qismi – atom orbitalda
joylashadi (orbitalni orbita tushunchasidan farqlash zarur). Atomni tasavvur
qilganda elektron bulutlar bilan o‘ralgan yadro sifatida tasavvur qilish kerak. Bu
bulutlar shakli turlicha: sfera (shar) shaklidagisi s-orbital, gantel shaklidagisi –
p-orbital, ikkita tutashgan gantel – d-orbital, uchta tutashgan gantel – f-orbital
deyiladi.
Atomga energiya berilganda uning elektroni yuqoriroq energetik darajaga
ko‘chishi
mumkin. Bu holat elektron uchun “qo‘zg‘algan” holat deyiladi.
Atom energiyani
yutishi yoki ajratishi faqat elektron bir orbitadan boshqa orbitaga o‘tishidagina
kuzatiladi.