|
Chiziqli dasturlash modelining asosi
|
bet | 7/16 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #108488 |
Bog'liq boshQARUV HISOBI Chiziqli dasturlash modelining asosi
Model - namuna, real o’xshashlik, predmetning, jarayonning va voqelikning aks ettirilishidir.
Model xarakteri to’g’risidagi ko’rsatkichlar majmuasi modellashtirilayotgan obyektlarning asosiy xususiyatlari xaqida mulohaza yuritish uchun yetarli miqdorda axborotlarni va unga mos qarorlar chiqarish imkonini berishi lozim.
Iqtisodiy matematik model (IMM) bir yoki bir necha matematik ifodalar (tenglama, funksiya, tengsizlik) yordamida iqtisodiy jarayonlarni yoki voqelikni aks ettiruvchi talqin bo’lib, modellashtirilayotgan obyektning belgilab qo’yilgan yoki ehtimoli kutilayotgan shart-sharoitlarda o’zini tutishini ko’rsatadi.
Modelning modellashtirilayotgan obyektga mos kelishi uchun uning ko’rilishida qo’yidagi qoidalarga rioya qilinishi shart:
obyektni to’la aks ettirishi;
obyekt xarakteristikasiga mos kelishi;
obyekt xarakteristikalarining o’zgarishiga qarab, modelga o’zgartish kiritishehtimolining mavjudligi;
mashinada dasturlash qoidalariga model algoritmlarining mos kelishi;
matematik modelni matematik ko’rinish usullari va shakllariga aylantirishehtimolining borligi.
Modellashtirish xo’jalik yurituvchi subyekt boshqaruv mexanizmining majmuasini emas, balki uning ayrim funksiyalarini talqin etishga mo’ljallangan bo’lib, ushbu funksiyalarning asosiylari qo’yidagilardan iborat:
buyurtmalarni bajarish va xarajatlarni bosqichma-bosqich talqin etish bilanbog’liq holda ishlab chiqarishni modellashtirish;
iste’molchiga yetkazib berish va haqini to’lash bilan bog’liq holda mahsulotsotishni modellashtirish;
ishlab chiqarishga aloqador xom ashyo, material, jamlovchi qismlar sotibolinishini modellashtirish;
kalkulyatsiya smetalari va xarajatlar elementlari bo’yicha, ishlab chiqarishxarajatlari smetalari bo’yicha tannarxni modellashtirish.
Ta’kidlab o’tish lozimki, matematik asosda ko’rilgan va qayd etilgan grafik modellar kam samaralidir, chunki ular statistik bo’lib, ular asosida hisob-kitob ishlarini amalga oshirish va optimal qarorlar qabul qilish ancha murakkab.
Modellar, xususan iqtisodiy modellarning asosiy vazifasi - ma’lum qoidalarga bo’ysunuvchi matematik funksiyalar yordamida iqtisodiy voqeliklarni ko’rish, tahlil qilish, solishtirish va bashorat qilishdir. Ma’lumki, model asl nusxaga to’liq mos kelmaydi, iqtisodiy voqeliklar va jarayonlarni ularning barcha murakkabliklari bilan birga aks ettira olmaydi, balki obyektning faqat asosiy xarakteristikalariga nisbatan sodda chizmalar sifatida ko’rib chiqadi va shakllantiradi.
Ixtiyoriy tanlab olingan modelga kiritilgan omillar va ko’rsatkichlar soni, agar kattaliklar obyektning asosiy bosh xususiyatlarini aks ettirsagina, uning real obyektga yaqinlashuvi darajasini ko’rsatadi.
Ana shuning uchun ham, modellarni ishlab chiqish jarayoni obyektning xaqiqiy mavjud belgilarini tanlab olishdan va ularni keyinchalik matematik formulalar, tenglamalar ko’rinishiga keltirishdan boshlanadi.
Biznes, ya’ni xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatini modellashtirishdan ko’zlangan asosiy maqsad sarf-xarajatlarni va natijalarni optimallashtirish bo’lib, uning yechimi ikki variantni ko’zda tutadi:
1. Cheklangan resurslardan foydalangan holda, maksimum natijalarga erishish; 2. Aniq belgilangan natijalarga erishish uchun eng kam miqdorda xarajatlar qilish.
Iqtisodiy adabiyotlarda «minimum xarajatlar» bilan «maksimum natijalar» iborasi ko’p uchraydi. Lekin, masalaning bu tariqa qo’yilishi har doim ham to’g’ri bo’lavermaydi, zero aynan bir iqtisodiy masalaning hal etilishidagi minimum, har doim maksimumni inkor etadi va aksincha. Biror bir narsa bilan cheklanmagan «minimum» va «maksimum» xarajatlar cheksizlikdir.
Ayrim olingan xo’jalik yurituvchi subyekt amaliyotida iqtisodiy-matematik modellarning ko’llanilishi ishlab chiqarish va iste’molning iqtisodiy shakllanishiga olib kelish bilan birga iqtisodiy munosabatlar xarakterini (avvalo, biror qarorga kelish va qabul qilish masalalarida) o’zgartiradi.
Ishlab chiqarishni boshqarish jarayonlarining optimallashtirilishi mutaxassislarni «boshqaruvchi» darajasiga olib chiqadi va ular xo’jalik yurituvchi subyekt boshqaruvchisi darajasidan bir necha pog’ona past tursalarda, boshqaruvchi ularning tavsiyalarini hisobga olishi mumkin.
Xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyati natijalarini va xarajatlarini optimallashtirish uchun uning faoliyatini baholovchi belgilarni aniqlash lozim, ya’ni qo’yilgan masalaga mos keluvchi optimallik mezonini topish kerak bo’ladi. Qabul qilingan har qanday qaror xo’jalik yurituvchi subyektni uning oldiga qo’yilgan maqsadga maksimal darajada yaqinlashtirishi shart.
IMM muhim boshqaruv quroli hisoblansada, hozircha ishlab chiqarish va boshqaruv tizimining yordamchi quroli sifatida qoladi. Modellar yordamida qilingan hisob-kitob natijalari hozirgi paytda asosan maslahat beruvchi vosita sifatida qo’llaniladi. Eng so’nggi hal kiluvchi qarorga kelish rahbarga bog’liq bo’lib qoladi. Bunday hol modellashtirishdagi asosiylari qo’yidagilardan iborat bo’lgan kamchiliklar bilan izohlanadi:
modelga masalani hal etish uchun kerak bo’lmagan ko’rsatkichlar va
normativlarning kiritilishi;
mazkur obyekt uchun zarur bo’lgan xarakteristikalarning va o’zgaruvchankattaliklarning modelga kiritilmasligi;
modellashtirilayotgan obyekt parametrlariga etarli baho bermaslik;
model tarkibidagi kamchiliklar, ya’ni qabul qilingan omillar funksionalbog’lanishlarining noto’g’ri va noaniq belgilanishi;
asosiy parametrlarni va obyekt dinamikasida o’zgaruvchi parametrlarni to’liqqamrab ololmaydigan darajada modellarni soddalashtirish;
o’zgaruvchi parametrlar tahlilining murakkablashtirilishi hamda modellashtirishuchun vaqt va resurslar sarfining ortishiga olib keluvchi modellarning murakkablashtirib yuborilishi.
Iqtisodiyotning turli darajalari va tomonlari uchun quyidagi IMMlar ishlab chiqiladi:
taqsimot modeli;
adaptiv model;
imitatsiya modeli;
makroiqtisodiy model;
xo’jalik hisobi modeli (mikroiqtisodiy);- iqtisodiy-statistik model va shu kabilar.
O’rta va yirik xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini taxlil qilish uchun:
tarmoqlararo balansning tayanch modeli;
xo’jalik hisobi modeli;
iqtisodiy-statistik model va boshqalardan foydalaniladi.
Tarmoqlararo balanslarda xo’jalik yurituvchi subyekt sharoitlariga to’g’ri keluvchi eng sodda tenglamaning qo’llanilishini materiallarga bo’lgan talabni hisoblash misolida ko’rish mumkin.
Iqtisodiyotda optimallashtirilgan modellar muhim o’rin tutadi. Ular funksional yoki optimallik mezoni deb ataluvchi tenglamalar, tengliklar va tengsizliklar tizimidan iboratdir.
Bunday mezonlar yordamida xo’jalik yurituvchi subyekt uchun muhim bo’lgan qandaydir ko’rsatkich bo’yicha eng maqbul qarorga kelinadi. Masalan, belgilangan hajmda mahsulot ishlab chiqarish uchun materiallar sarfining minimum bo’lishi yoki aksincha, belgilab qo’yilgan moddiy resurslar bo’yicha maksimum hajmda mahsulot ishlab chiqarish (daromadga ega bo’lish) kabi.
IMMning afzalligi uning universalligida namoyon bo’ladi.
Boshqaruv hisobida modellardan foydalanish, xususan, chiziqli dasturlash modellaridan foydalanish ko’pchilik olimlar ishlarida uchraydi. Lekin, undan foydalanish borasida fikr-mulohazalar bir hil emas.
Bizning fikrimizcha, boshqaruv hisobida chiziqli dasturlash modeli yordamida yechiladigan asosiy masala – bu qo’yilgan maqsadning optimal yechimini topishdir. Oddiyroq ifodalanadigan bo’lsa, barcha xo’jalik yurituvchi subyekt rahbarlarining asosiy maqsadi bo’lgan foydani ko’paytirish yoki foydalanilayotgan resurslarni kamaytirishga erishish uchun qanday qilib cheklangan resurslarni taqsimlash kerak degan savolga asosli javob topish.
Chiziqli dasturlash modelining barcha o’zaro bog’liqliklari ham chiziqli hisoblanadi. Chiziqli dasturlash modellari neftni tozalash, kimyoviy prerparatlar ishlab chiqarish, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va umuman barcha ishlab chiqarish sohalarida juda samarali tarzda, keng qo’llanilanilishi mumkin. Chiziqli dasturlash modelining kirish va chiqish ma’lumotlari, taxmin va cheklovlarini tushuna oladigan buxgalterlar (moliyaviy menejerlar) xo’jalik yurituvchi subyektlarning butun faoliyatini boshqarishda muhim rol o’ynaydilar.
Chiziqli dasturlash (ChD) modelidan ishlab chiqarilishi mo’ljallanayotgan mahsulot turlari ichidan eng afzallarini tanlab olish, mahsulot assortimentini aniqlash, materiallarning o’rnini almashtirish va birgalikda ishlatish, kalendarli rejalashtirishni ishlab chiqish kabi boshqaruv qarorlarini yechishda foydalaniladi. Chiziqli dasturlash modelining bu imkoniyatlarini boshqaruv sohasidagi barcha iqtisodchi olimlar bir hilda tan oladilar.
Chiziqli dasturlash modelida resurslarning muayyan to’plami mavjud va bu resurslar mazkur xarajatlarni ma’lum bir darajasini ta’minlashi ko’zda tutiladi. Rahbarning asosiy maqsadi maksimal darajada foyda olish uchun va ishlab chiqarish resurslari cheklangan bir sharoitda yoki boshqa omillar ostida qanday tovar va xizmatlarni qancha ishlab chiqarish qarorini tanlay olishida namoyon bo’ladi.
|
| |