|
Boshqaruv hisobini tashkil etish tizimlari Integratsiyalashtirilgan hisob tizimini avtomatlashtirishning xususiyatlari
|
bet | 3/16 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #108488 |
Bog'liq boshQARUV HISOBITa’minot-tayyorlash faoliyati boshqaruv hisobi tizimida dastlabki o’rinni egallashi lozim, chunki u ishlab chiqarishning boshlang’ich bosqichi hisoblanadi. Unda quyidagi faoliyat yo’nalishlari o’z aksini topishi lozim: ulgurji xaridning kengayishi, ayrim turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmining ko’payishi, sotib olish usullarining tanlanishi (o’zi ishlab chiqarsinmi yoki ta’minotchidan sotib olsinmi), xo’jalik yurituvchi subyektning aylanma mablag’lariga investitsiya qilish va uning ta’minottayyorlash bo’linmalariga kapital quyilmalar samaradorligi.
Aynan shu maqsadda ish turlari va omborlar xarajatlari to’g’risida, materiallar sotib olish baholari, yarimfabrikatlar tayyorlash tannarxi, ishlab chiqarishga berilgan moddiy resurslarni baholash to’g’risidagi ma’lumotlar yig’iladi va umumlashtiriladi. Bunda sotib olish, yuklash va tushirish, saralash va sifatni baholash, saqlash, ish o’rinlarining saqlanishi va ularning bajarilishi bo’yicha nazorat jarayonlari bo’yicha xarajatlar smetasini tuzishga asosiy e’tibor qaratiladi.
Ta’minot-tayyorlash faoliyati to’g’risidagi samarali yakuniy ma’lumot ta’minot hajmining kritik nuqtasini hisoblash uchun ishlatiladi.
Ishlab chiqarish faoliyati boshqaruv hisobi tizimida markaziy o’rinni egallaydi. Bu yerda maqsadlar, funksiyalar va ularning bajarilishi bo’yicha ma’lumotlar guruhlashtiriladi. Ishlab chiqarish hisobida moddiy, mehnat va yuk hujjatlari (shuningdek, amaldagi va me’yoriy xarajatlarning aks ettirilishi) xarajatlarini me’yorlashtirish salmoqli o’ringa ega. Shu bilan birga, ishlab chiqarish hisobi xarajatlar hisobi va kalkulyatsiyalashning yagona jarayoni sifatida tashkil etiladi.
Har bir xo’jalik yurituvchi subyekt texnologiya, texnika, ishlab chiqarish va mehnatning tashkil etilishi, chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi xususiyatlaridan kelib chiqib, ishlab chiqarish hisobini tashkil etishda o’ziga mos uslubni qo’llagan holda o’z modelini tanlashi mumkin. Hisobning aynan shu bosqichida boshqaruvning turli maqsadlari uchun mahsulot tannarxi aniqlanadi.
Moliya-sotish hisobi yordamida ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimenti, uning yaroqliligi, xaridorlar tarkibi, reklama uchun xarajatlar, marketing, qadoqlash, tayyor mahsulotni omborlarda saqlash sifati va muddatlari to’g’risidagi ma’lumotlar yig’iladi, qayta ishlanadi va shakllantiriladi. Moliya-sotish faoliyatining bo’limlari va segmantlari bo’yicha xarajatlar smetasi tuziladi va ularning bajarilishi nazorat qilinadi. Hisobning bu bosqichida ishlab chiqarish uchun foydali mahsulot turi, jami ishlab chiqarishdan, shuningdek ayrim mahsulot turlaridan keladigan moddiy daromad miqdoriga ta’sir ko’rsatuvchi omillar aniqlashtiriladi.
Rahbarlarga qisqa muddat davomida maksimal foyda olish imkonini beruvchi qarorlarni qabul qilish uchun ma’lumot taqdim qilinadi.
Tashkiliy faoliyatning boshqaruv hisobi turli darajadagi boshqaruv menejerlari ehtiyojlarini o’zining xarajatlari to’g’risida, transfer baholarni shakllantirish tamoyillari to’g’risida, xo’jalik yurituvchi subyektda ixtisoslashuv va mehnat taqsimotini optimal darajasi to’g’risida, bo’linmalar katta-kichikligini tanlashning to’g’riligi, ishlab chiqarish bo’linmalariga “xarajatlar – ishlab chiqarish hajmi – foyda” tamoyilini qo’llashning asoslanganligi haqidagi ma’lumotlar bilan qondirish uchun zarurdir.
Bu yerda tashkiliy faoliyat bo’yicha xarajatlar smetasi tuziladi va bajarilishi nazorat qilinadi, tahliliy hisob-kitoblar olib boriladi: ishlab chiqarish hajmining kritik nuqtasi, o’zgaruvchan va doimiy xarajatlar, umumiy qiymat, transfer baholar, foydaning hisob - kitoblari umumlashtiriladi. Hisobning bu sohasida xarajatlar markazlari, majburiyatlari va rentabelligi bo’yicha yig’ma ma’lumotlar shakllantiriladi.
Kontrolling (nazorat) – xo’jalik yurituvchi subyekt yakuniy maqsadlarining amalga oshishini ta’minlovchi boshqaruv tizimidir. Bu juda keng tushuncha hisoblanadi. Adabiyotlarda kontrolling (nazorat)ning ma’nosi bo’yicha turli xil ta’riflar uchraydi. Quyida kontrolling tushunchasi va uning mohiyatini aniqlashda V.B.Ivashkevich tomonidan tuzilgan modeldan foydalanilgan.
Kontrolling nafaqat xo’jalik yurituvchi subyektning, balki biznesning ham faoliyat regulyatori bo’lib xizmat qiladi va shu asosda o’ziga xos vazifalarni bajaradi:
Axborot. Qarorlar qabul qilish usullari va ularning muvofiqlashtirishni ta’minlovchi ma’lumot bazasi shakllantiriladi;
Boshqaruv. Me’yoriy, rejadagi va amaldagi ma’lumotlar, xo’jalik yurituvchi subyekt va uning tarkibiy bo’linmalari bo’yicha aniqlangan og’ishlar xo’jalik yurituvchi subyektning yakuniy maqsadiga erishish uslublarini, yo’llarini va vazifalarini muvofiqlashtirish maqsadlarida foydalaniladi;
Nazorat, xo’jalik yurituvchi subyekt va uning tarkibiy bo’linmalari faoliyatining tejamkorligi nazoratini ta’minlaydi.
Kontrollingning ana shu funksiyalari uning boshqaruv hisobi va taftishdan farqli jihatlarini ajratib ko’rsatadi.
Boshqaruv hisobining barcha tarkibiy qismlari o’zaro bog’langan, unda shakllangan ma’lumotlar ro’yxati xo’jalik yurituvchi subyekt hamda jami boshqaruv tizimidagi boshqaruv hisobini tashkillashtirish va takomillashtirish darajasini ifodalaydi.
Xulosa
Boshqaruv hisobining mohiyati xarajatlar va daromadlar hisobi, me’yorlashtirish, me’yoriy koeffitsientlardan foydalanish, rejalashtirish, nazorat va tahlilning yaxlit tizimi sifatida namoyon bo’ladi. U operativ (tezkor) boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun, shuningdek xo’jalik yurituvchi subyektning istiqboldagi rivojlanishi uchun ma’lumotlar tizimini shakllantiradi, tahlil qiladi, umumlashtiradi va rahbarlar hukmiga taqdim etadi.
Boshqaruv hisobining tarkibiy qismlari ta’minot, ishlab chiqarish va sotish sohalari ishlab chiqarish resurslari aylanmasini tashkil qiladi. Barcha hisob tizimining asosiy maqsadi bo’lib:
-
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Boshqaruv hisobini tashkil etish tizimlari Integratsiyalashtirilgan hisob tizimini avtomatlashtirishning xususiyatlari
|