|
Integratsiyalashtirilgan hisob tizimini avtomatlashtirishning xususiyatlari
|
bet | 5/16 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #108488 |
Bog'liq boshQARUV HISOBI Integratsiyalashtirilgan hisob tizimini avtomatlashtirishning xususiyatlari
Mulk shakli va faoliyat turidan qat’iy nazar, o’zaro raqobat muhiti kuchayib borishi jarayonida xo’jalik yurituvchi subyektlarni boshqarish yuqori malaka va chuqur iqtisodiy bilimlarni talab qiladi. Iqtisodiy jarayonlarning modellashtirilishi ishlab chiqarish konunlariga asoslangan mavjud barqaror aloqalar asosida amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish to’liq inson manfaatlari va maqsadlari yo’lida jamiyatning rivojlanish qonunlariga bog’langan holda xizmat qilsada, u tabiat qonunlarini bilish asosida tashkil etiladi va bu qonunlarga bo’ysunadi. Shu boisdan tabiatdagi singari iqtisodiyotda ham barqaror konuniy bog’lanishlar mavjuddir. Shuning uchun ularning matematik tuzilishini shakllantirish, iqtisodiy jarayonlarni matematik modellashtirish mumkin.
Buning uchun xo’jalik yurituvchi subyekt rahbari yoki ana shu iqtisodiy jarayonni matematik modellashtirishni o’z oldiga maqsad qilib olayotgan har bir mutaxassis bir qator iqtisodiy bilimlarni, shuningdek, matematik modellashtirish asoslarini, uning amalga oshirilish bosqichlarini puxta bilib olishlari lozim bo’ladi.
Chiziqli dasturlash modellaridan foydalanish zaruriyati
Har qanday xo’jalik yurituvchi subyekt – mahsulot ishlab chiqaruvchimi, xizmat qo’rsatuvchimi yoki ish bajaruvchimi, qat’iy nazar, xuddi shuningdek mulk shaklidan ham qat’iy nazar, o’z faoliyatlarini olib borishlarida juda ko’plab moddiy, moliyaviy va mehnat resurslari cheklanishlariga (pul mablag’lari yetishmasligi, aylanma mablag’lari tanqisligi, malakali ishchi kuchi kamligi, yuqori texnologiyalarga asoslangan asbobuskunalar yetishmasligi va sh.k.) duch keladi.
Agar ishlab chiqarishda cheklashlar bo’lmasa, u holda sotish bo’limining xodimlari va menejerlari mahsulot chiqarishni ko’paytirish yoki mahsulotlarni eng yuqori marjinal foyda bilan sotishga xarakat qilsalar haq bo’ladilar. Lekin, ishlab chiqarishda cheklashlar mavjud bo’lsa, u holda eng yuqori marjinal foydaga ega bo’lgan mahsulotlar uncha daromadgir bo’lmasligi mumkin. Faqat ishlab chiqarish jarayonlari va uning barcha cheklanishlarini aniq modellashtirish yordamida ishlab chiqarish va sotish uchun ancha foydali bo’lgan mahsulotlar va xizmatlarni aniqlab olish mumkin.
B archa mahsulot turlari faqat bir xil stanokda ishlab chiqilsa, bu holda bitta omilli cheklanish mavjud bo’ladi
(masalan, stanokning ish vaqti, ya’ni «mashina/soat» ko’rsatkichi)
Masalan, xo’jalik yurituvchi subyekt faqat ikki turdagi mahsulotning birini ishlab chiqarishni tanlashi mumkin. Quyidagi ma’lumotlar mavjud:
|
| |