• Ijtimoiy funksiya
  • Rejalashtirish funksiyasi




    Download 30.06 Kb.
    bet4/4
    Sana22.03.2023
    Hajmi30.06 Kb.
    #46156
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Boshqaruv psixologiyasi fanining ilmiy tadqiqot metodlari

    Rejalashtirish funksiyasi:

    Natija qanday bo‘lishi xaqidagi tasavvur, unga erishish bosqichlari va uslublar.
    Asosiy tamoyili - Boshqaruvchi va boshqariluvchi sub’ektlarni muvofiqlashtirish.

    • Nazorat etish funksiyasi:

    Tashkilot faoliyati, uning faoliyatini ta’minlovchi mablag’ va rusurslar haqidagi ma’lumotlarni saqlash, Boshqaruvning ta’sirchanligi haqidagi axborotlarga ega bo‘lish. Nazoratning asosi-hisob-kitobdir hamda nazorat jarayonidagi real faoliyatni rejaga solishtirib borishdan iboratdir.

    • Ijtimoiy funksiya:

    Ijtimoiy xodisalar (turli kasb faoliyati va ularga haq tulash tafovutlari, insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy tengsizlik, ijtimoiy himoyaga muxtoj xodimlarning mavjudligi.

    • Ragbatlantirish funksiyasi:

    Ijro harakatlari me’yorda utishini ta’minlashdan iborat bulib, moddiy va ma’naviy rag’batlantirish vositalarini o’z ichiga oladi. Boshqaruv maqsadi va vazifalari boshqaruv munosabatlarini keltirib chiqaradi va boshqaruv psixologiyasi aynan shu munosabatlar tarkibini urganadi.

    Boshqaruv psixologiyasining predmeti va vazifalari. Kurib o‘tganimizdek, Boshqaruv psixologiyasi Boshqaruv maqsadi va vazifalarni amalga oshirish davomida boshqaruv sub’ekti va ob’ekti o‘rtasida yo’zaga keluvchi munosabatni talkin etadi. Mazkur munosabat tizimining tashkiliy kismlari o’zaro itoatdaligi bilan harakterlanadi.


    Tizim ichida amal qiluvchi itoat tamoyili Boshqaruv fanida subordinatsiya deb ataladi va bu ibora orqali tizimning markazlashganligi nazarda tutiladi. Subordinatsiyadan kelib chiquvchi munosabatlar tashkilot xodimlari xulqida itoat va ijro etish shaqllarini nazarda tutadi. Ammo, Boshqaruv amaliyoti nafakat raxbariyat va itoatdagi xodimlar munosabati, balki bir darajada turuvchi va toifasi jixatidan barobar tashkilot a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarni xam urganadi.
    Tizimning bunday qismlari o‘rtasidagi munosabatlarni o’zaro muvofiklashtirish, ular o‘rtasidagi xamjixatlik shaqllarini yanada mukammallashtirish koordinatsiya tadbirlarida namoyon buladi.
    Boshqaruvdagi subordinatsiya va kordinatsiya munosabatlari tashkilot mikyosidagi vertikal va gorizontal alokalarni ajratish zaruratini tuFdiradi. Demak, vertikal alokalar o’zaro itoatdagi xodimlar o‘rtasida yo’zaga keluvchi munosabatlardan iborat bo‘lsa, gorizontal alokalar o’zaro koordinatsiyani, ya’ni tizimning teng va mustakil kismlari o‘rtasidagi munosabatlarni nazarda tutadi. Bundan tashkari, Boshqaruv munosabatlari o’zining rasmiy va norasmiy ko’rinishiga xam ega.

    Rasmiy munosabatlar xizmat majburiyatlariga asoslanadi, norasmiy munosabatlar esa tashkilot mikyosida xizmat qiluvchi xodimlar o‘rtasidagi ixtiyoriylik va o’zaro xoxishga tayanadi. SHu munosabat bilan, Boshqaruv psixologiyasinig asosiy vazifalaridan biri yuqorida ta’kidlangan munosabatlarni yanada mukammallashtirishdan iboratdir.


    Boshqaruv psixologiyasining boshqa turkum vazifalari Boshqaruv metodlarini shaqllantirish bulib, ushbu tadbir tashkilotning samarali faoliyatini ta’minlash maqsadidagi ta’sir etish imkoniyatlarini ishlab chiqishdan iboratdir
    Tashkilot shaxsiga ta’sir etish uslublarini uch guruhga bulamiz: ma’muriy, moddiy va ma’naviy shaqllarda ta’sir etish. Bularning har birida ma’lum psixologik mazmun namoyon buladi va Boshqaruv psixologiyasi, fan sifatida, bu choralarning xodimga ta’sirchanlik imkoniyatini tadkik etadi.
    Bunday ta’sir etish tadbirlari orasida xodimlarni motivatsiyalash, ya’ni bajaradigan mehnatga ishtiyoq uyg‘otish masalasiga katta e’tibor qaratiladi. Boshqaruv ob’ektiga ta’sir etish uslublariga ko’ra, uning bevosita va bavosita ta’sir shaqllari ajratiladi.

    Boshqaruv psixologiyasi fanidagi asosiy tushunchalardan biri, Boshqaruv sub’ekti va ob’ekti masalasidir. Bevosita Boshqaruv jarayonini ko’z oldimizga keltirsak, Boshqaruv sub’ekti sifatida rahbarni, ob’ekt tarzida esa xodimni va mehnat jamoasini tasavvur etishimiz mumkin.


    Biroq, rahbar o’z faoliyatini tashkil etishi va o‘z-o‘zini boshqarishi uni nafaqat boshqaruv sub’ekti, balki ob’ekt sifatida ham tushunish zaruratini quyadi. Rahbarning kasbiy mukammallashuvi, o‘z-o‘zini boshqarish malakalarini egallashi, tashkilot va xodimlar boshqaruvidagi asosiy mavzulardan biriga aylanadi.
    Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, boshqaruv psixologiyasining predmeti sifatida, boshqaruv jarayonidagi inson faoliyati qabul qilinadi.



    1


    Download 30.06 Kb.
    1   2   3   4




    Download 30.06 Kb.