Boshqaruv psixologiyasi fanining ilmiy tadqiqot metodlari Reja




Download 30.06 Kb.
bet2/4
Sana22.03.2023
Hajmi30.06 Kb.
#46156
1   2   3   4
Bog'liq
Boshqaruv psixologiyasi fanining ilmiy tadqiqot metodlari

Xodimlar adaptatsiyasi-moslashuvini boshqarish. Xodimning o’zgaruvchan sharoitlarga yoki yangi ish joyiga moslashishini va tez orada jamoa hayotiga qushilib ketishni nazarda tutadi.
Xodimlarni tashkilot maqsadi sari yetaklash, tashkilot maqsadlariga xodimlar faolligi va ishtiroki orqali erishish.
Xodimlarni motivatsiyalash, ya’ni ularda tashkilot maqsadi yulida mehnat qilish uchun ishtiyoq uyg‘otish. Motivatsiyaning asosiy mazmun- mohiyati tashkilot maqsadi va xodim manfaatlarini uyg‘unlashtirishdan iborat bulib, aynan shu mas’uliyatli vazifa, odatda raxbar zimmasiga yuklanadi.
SHaxsni o‘qitish - uning kasbiy maxoratini oshirish yulidagi asosiy tadbir bulib, ushbu omil nafakat kasbga oid mutaxassisliklar, balki raxbarlik maxoratini oshirishga xam tegishlidir.
Tashkilot miqyosida e’tiborni bevosita va beg‘araz ravishda xodimlar manfaatiga yunaltirish, ma’muriyatga nafakat obru, balki moddiy yutuqlar ham olib keladi. Albatta, sanab o’tilgan jixatlar tashkilotdagi ijtimoiy- psixologik xodisalarga oid tadbirlarning bir qismi bo‘lib, bu sohaga tegishli asosiy mavzular qo‘llanma doirasida bayon etiladi.
Mehnat qiluvchi insonni ongli ravishda ilmiy o‘rganish o‘tgan asrdan boshlandi. Tashkilot menejmentini urganuvchi olim V.A. Spivak Boshqaruv nazariyalarining rivojlanish tarixini quyidagi davrlarga ajratgan xolda tadkik etadi.
Ilmiy boshqaruv maktabi yoki mehnatni ilmiy tashkil etish maktabi. Ushbu yo’nalish asosida amerikalik olim F.U Teylor nomiga quyilgan «teylorizm» ta’limoti yotadi va bu sohada olib borilgan AKDTdagi izlanishlar 1885-1920 yillarni o’z ichiga oladi. F.U Teylor o‘sha davrdagi malakasiz ishchilardan samarali foydalanish maqsadida, murakkab va malaka talab etuvchi mehnat to’rini mayda operatsiyalarga ajratdi.
1924 yildan boshlab insoniy munosabatlar maktabi ham rivojlana boshladi. Bu yondoshuvning asosi va birlamchi manbaalari amerikalik psixolog Elton Meyoning «Xotorn tajribalari»ga borib taqaladi . «WesternElectric» kompaniyasida utkazilgan tajribalarda, sex ishchilariga e’tiborli bo‘lish, ularning manfaatlari haqida Famxurlik qilish natijasida mehnat unumdorligini oshirishga erishilgan. Bunday munosabat ishchilar tomonidan rag’batlantiruvchi omil sifatida qabul qilingan va ijobiy munosabatlarni shaqllantirish asosida mehnat unumdorligi oshgan.
1950 yildan miqdoriy yondoshuv rivojlana boshladi. Bu yondoshuvning asosiy mohiyati guruh va tashkilotlarni boshqarishda matematik metodlardan, xususan, mehnat operatsiyalarini taxlil etish, matematik modellar yaratish uslublari qo’llandi. Tashkilot Boshqaruvi tizimiga mutlaqo mos model yaratib bulmasada, lekin matematik apparatni qo’l lash natijasida Boshqaruv jarayonini chuqur bilish va ayrim iqtisodiy natijalarni bashorat qila olish imkoniyati oshadi.
Boshqaruvga jarayon sifatida yondoshish ta’limotida esa tashkilot xayotiga murakkab va dinamik jixat sifatida qaraladi hamda Boshqaruv o’zaro bog‘liq funksiyalarni bajarishning o’zluksiz jarayoni sifatida tushuniladi. Bunday funksiyalar sifatida: rejalashtirish, tashkil etish, topshiriqlar berish (ma’muriy Boshqaruv), motivlashtirish, rahbarlik, koordinatsiya, nazorat, tadqiqotlar, kommunikatsiya, baholash, Qarorlarini qabul qilish, shaxs tanlash, Muzokaralar olib borish va vakolat berish kabilar sanab utiladi.
Tizimli va vaziyatli yondoshuv orqali esa tashkilotda amalga oshayotgan jarayonlar, ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi hamma ishtirokchilar o‘rtasida sababiy aloka mavjudligi, tashki muhit va vaziyat xodim xulqidagi xal etuvchi omil ekanligini tushunish imkoniyati paydo buladi.1
Ishlab chiqarish jarayonida insonga bulgan munosabatni aks ettiruvchi yana bir yondoshuv - «inson kapitali» nazariyasi bulib, bunga muvofiq korxonadagi ishchi kuchi kapital sifatida, masalan pul tarzida idrok etiladi. Ushbu nazariya doirasida shaxs Boshqaruviga oid holatlar va tasdiklar biznesmenga tushunarli bulgan iqtisodiy atama va kategoriyalarda bayon etiladi. Bu ta’limotga binoan, inson kapitali odatda pul birligida o‘lchanadi.
Zamonaviy yondoshuvlardan biri - inson resurslarini rivojlantirish konsepsiyasi bulib, bunda tashkilot manfaati yulida xodimning o’z tashabbusi buyicha samarali mehnat qilishi uchun yaratiladigan sharoitlar markaziy masala deb qaraladi. Tashkilot shaxsini rivojlantirish omili sifatida xodimlarning ehtiyojini aniqlash va qondirish, ularning kasbiy va shaxsiy kamolotga erishishi uchun shart-sharoit yaratish g‘oyasi yotadi. Aniqlangan ehtiyojlar majmuasiga har tomonlama ta’sir etish natijasida ishchining mehnatga ijobiy yondoshuvi va samarali mehnati ta’minlanadi.
Qayd etilgan asosiy boshqaruv konsepsiyalari o’z davriga xos bulgan shaxs Boshqaruv uslublarini ifodalaydi. Hatto ayni paytda ham turli tashkilot va raxbarlar sanab o’tilgan yondoshuv elementlarini o’z faoliyatida qo’llab keladilar. Tashkilot raxbari mavjud iqtisodiy axvol, ko’l ostidagi xodimlar xususiyatiga asoslangan xolda turli yondoshuvlardan birontasiga urg’u berishi, tashkilot manfatidan kelib chiqib, u yoki bu yo’nalish modellarini jamoalar boshqaruviga tatbiq etishi mumkin. Ammo, ko’zlangan maqsadga tashkilotdagi shaxsning faol ishtiroki orqali erishmokchi bulgan raxbar, iloji boricha o’z xodimlarida tashabbusga moyillik, ish natijasi uchun yuksak mas’uliyat uyg‘ota olishi lozim. Aynan shu maqsadni ko’zlagan raxbar iloji boricha inson resurslari deb nomlanuvchi yondoshuvga asoslanishi o’rinlidir. Zamonaviy psixologiya ham iloji boricha insonni aynan shu nuqtayi-nazarda tushunishga va shaxs kamolotini uning ichki zaxiralarini uyg‘otish orqali erishishga intiladi.
Boshqaruv haqida umumiy tushuncha. Fanda Boshqaruv tushunchasi tizimning o’z hayot faoliyatini ta’minlash jarayoni sifatida tushuniladi. Bunday tizimlar qatoriga biologik, texnik, ijtimoiy to’zilmalar kiradi. Boshqaruv to’zilma sifatida: Boshqaruvchi va boshqariluvchi bullaklarga ajratiladi.
Boshqaruv o’z tasarrufidagi boshqariluvchi bulakka muntazam, rejali va maqsadga yunalgan tarzdagi ta’sir kuchiga ega. Bunday o’zaro faoliyat tizimning ishchanlik qobiliyatini ta’minlaydi. Boshqaruvdagi tadqiqotlar, kibernetika fani yo’zaga kelishi tufayli jadal sur’atlar bilan rivojlanib, murakkab to’zilmani boshqarishning ilmiy asoslangan tavsiyalari amaliyotga tatbiq etila boshlandi.
Boshqaruv bilimlari ko‘p jixatdan davr ehtiyojini aks ettiruvchi asosiy manba bulib hisoblanadi. Boshqaruv jarayoni, bir tomondan, to’zilmaning yaxlitligini ta’minlasa, ikkinchi tomondan, uni yanada takomillashtirish va rivojlantirish imkonini beradi. Shu o’rinda Boshqaruvning ikki asosiy funksiyasi farqlanadi: maqsadga yunaltiruvchi va tashkiliy funksiyalar.

Download 30.06 Kb.
1   2   3   4




Download 30.06 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshqaruv psixologiyasi fanining ilmiy tadqiqot metodlari Reja

Download 30.06 Kb.