|
Boshqaruv tahlili fanidan mustaqil ish topshirdi
|
bet | 2/3 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #108884 |
Bog'liq umarjon“ Makon ShifoBor ” Xususiy Korhonasi. Dori vositalari ishlab chiqarish va sotish bilan shug’ullanuvchi korhona. Bosh offis Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan bo’lib raqobatchilaridan asosiy farqi shahar dorihonalariga mahsulotlarni tez va ko’p qisimda yetkazib bera olish. Hindiston, AQSh va Norvegiyaning yirik dori-darmon ishlab chiqarish korxonalari bilan ko’p yillik qo’shma shartnomalar tuzilgan. Xitoyning korhonasidan olingan ishlab chiqarish uskunalarini sotib olingan. Korhona hozirgi kunda 50 turdan dan ziyod dori vositalarini ishlab chiqarish bilan shug’ullanmoqda. Korhonaning 200 dan ortiq malakali ishchilari va Respublikada 10 dan ortiq filiallari mavjud.
Respublika va O’rta Osiyo hududida faoliyat olib borayotgan dorihonalarga 35 turdan ortiq dori vositalari yetkazib beriladi.
Yuqorida ko’rsatilgan korhonamiz misolida asosiy vositalarning texnik ko’rsatkichlari tahlilini olib borish orqali ushbu mavzuyimizga yanaqa chuqur kirib keta olishimiz mumkun.
Korhonada asosiy vositalarning texnik ko’rsatkichlari nima? Qay tarzda buni tahlili olib borilishi to’g’risida qisqacha malumot berib o’tamiz.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida korxonalarning asosiy vositalar bilan yetarli darajada ta’minlanganligini o‘rganish bilan bir qatorda, ularning texnik holatiga ham baho berib boriladi. Odatda asosiy vositalar tarkibida yil davomida o‘zgarishlar ro‘y beradi. Yangi asosiy vositalarni kirimi tufayli asosiy vositalar ortib boradi. Eskirgan asosiy vositalarni ishlab chiqarishdan chiqarish tufayli asosiy vositalar kamayishi mumkin. Bunday tabiiy holatlarning ro‘y berishi asosiy vositalarning texnik holatini tahlil etishni taqozo etadi.
Asosiy vositalarning texnik holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar quyidagilar hisoblanadi:
– asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi;
– asosiy vositalarning eskirish darajasi.
Asosiy vositalarning yaroqlilik koeffitsiyenti (Kyar) ularning qoldiq qiymatini daslabki qiymatiga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Asosiy vositalarni eskirish koeffitsiyenti (Ke), ularning eskirish summasini asosiy vositalarni dastlabki qiymatiga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Asosiy vositalarning yaroqlilik va eskirish koeffitsiyentlari yig‘indisi koeffitsentda 1,0 ga, foizda 100 teng bo‘ladi. Asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlariga qarab ularning texnik holatiga baho beriladi va ularni tartiblash bo‘yicha boshqaruv qarorlari qa’bul qilinadi.
Asosiy vositalarning holatini o‘rganishda korxona amortizatsiya siyosatiga, asosiy vositalarning ma’naviy eskirganlik darajasiga, foydalanishdan olib qo‘yilgan va konservatsiya qilingan asosiy vositalar holatiga muhim e’tibor qaratiladi.
Asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlarini ularning har bir turi va jami bo‘yicha o‘rganiladi. Tahlil uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar 1- shakl «Buxgalteriya balansi» va 3-shakl «Asosiy vositalarning harakati to‘g‘risidagi» hisobot shakllaridan olinadi.
Asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlari ularning harakat ko‘rsatkichlari bilan to‘ldiriladi.
“ Makon ShifoBor ” Xo‘jalik yurituvchi subyektining asosiy vositalari tahlilini ko’rib o’tamiz.
“ Makon ShifoBor ” Xo‘jalik yurituvchi subyektining asosiy vositalari tarkibi, tuzilishi va dinamik o‘zgarishlari tahlili (1-jadval)
Joriy yilda mashina va jihozlarning qiymati o‘sganligi korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytiradi. Chunki mashina va jihozlar to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlab chiqarishda qatnashadigan vositalar qatoriga kiradi.
Umuman olganda korxonada asosiy vositalarning dinamik o‘sishi kuzatilgan bo‘lib, bu korxonada asosiy vositalarning bosqichma-bosqich yangilanayotganligidan dalolatdir.
Quyidagi ma’lumotlar asosida asosiy vositalarning dinamik o‘zgarishlariga baho berish mumkin.
“ Makon ShifoBor ” Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy vositalarning so‘nggi besh yillikdagi dinamik o‘zgarishlari (2-jadval)
|
|
|
Yillar
|
|
|
Ko'rsatkichlar
|
2019 yil
|
2020 yil
|
2021 yil
|
2022 yil
|
2023 yil
|
1.Asosiy vositalar qiymati.
|
157560
|
145935
|
158674
|
166100
|
180222
|
2.Bazis yiliga nisbatan o'sishi. %
|
x
|
-7,38
|
+0,71
|
+5,42
|
+14,38
|
3.Oldingi yiliga nisbatan o'sishi. %
|
x
|
-7,38
|
+8,73
|
+4,68
|
+8,5
|
Korxonada asosiy vositalarning dinamik o‘zgarishi quyidagicha bo‘lgan. Joriy davr oxiriga kelib asosiy vositalarning o‘sishi bazis davriga nisbatan 14,38 %ni tashkil etgan. Eng yuqori o‘sish suratiga ham korxona 2023-yilda erishgan. Shuningdek, oldingi yilga nisbatan o‘sishda esa eng yuqori o‘sish sur’ati 2021-yilga to‘g‘ri kelmoqda, ya’ni ushbu yilda asosiy vositalar qiymati oldingi yilga nisbatan 8,73 % ga o‘sgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, korxona so‘nggi paytlarda asosiy e’tiborni eskirgan asosiy fondlarni hisobdan chiqarishga va ularni yangi fondlar bilan almashtirishga qaratmoqda.
Tahlil etishda jami asosiy vositalar tarkibida ularning salmoq darajalariga baho beriladi va o‘zgarishlari o‘rganiladi.
Biz tahlil qilayotgan xo‘jalik subyektida hisobot davrida jami 180222 ming so‘mlik asosiy vositasi bo‘lib, shundan, 45,88 % aktiv asosiy vositalar va qolgan 54,12 % passiv asosiy vositalar bo‘lib hisoblanadi. Joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan bevosita ishlab chiqarishda ishtirok etadigan, ya’ni aktiv asosiy vositalar salmog‘i 2,67 %ga ortganligini ijobiy baholash lozim bo‘ladi. Bunga mos ravishda passiv asosiy vositalar salmog‘i esa 2,67 %ga pasaygan. Asosiy vositalarning o‘tgan yilga nisbatan mutlaq o‘zgarishi +14122 ming so‘mni yoki 8,5 foiz (14122/166100* 100)ni tashkil etgan.
“ Makon ShifoBor ” Xo‘jalik yurituvchi subyekti asosiy vositalarining holat ko‘rsatkichlari (3-jadval)XAsosiy vositalar
|
|
|
| |