|
Bo‘stonliq tuman 2-son kasb-hunar maktabi va korxonasi bilan hamkorlik Shartnomasi
|
bet | 14/17 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 151,98 Kb. | | #100465 |
Bog'liq Hamkorlik shartnomasi 2023Ta’lim muassasasi:
Korxona (tashkilot) bilan birga kasb (mutaxassislik) lar bo‘yicha Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan ta’lim dasturlari asosida dual ta’lim bo‘yicha o‘quv me’yoriy xujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Korxona (tashkilot) bilan dual ta’lim berish bo‘yicha o‘qitish muddatlari hamda ta’lim oluvchi o‘quvchilarning ro‘yhatini tasdiqlaydi;
Dual ta’limni tashkil etish, o‘quvchilarni korxona (tashkilot)ga yuborish, xar bir o‘quvchilar guruhida ishlab chiqarish ta’limi ustasi yoki o‘qituvchini biriktirish bo‘yicha buyruqni rasmiylashtiradi;
Dual ta’lim dasturini amalga oshirishni ta’minlaydi;
O‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining faoliyatini nazorat qiladi va ular tomonidan belgilangan tartibda ta’lim jarayoni tashkil etilishini ta’minlaydi;
O‘quvchi kundaligi yuritilishini nazoratini olib boradi;
Korxona (tashkilot) bilan hamkorlikda o‘quvchilarning baholash jarayonini va yakuniy davlat attestatsiyasini belgilangan tartibda tashkil etadi;
Korxona (tashkilot) bilan kelishilgan xolda dual ta’lim natijalari yuzasidan xisobotlarni tayyorlaydi, yuqori tashkilotlarga, Toshkent vtiloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xududiy boshqarmasiga o‘rnatilgan tartibda xisobot taqdim etib boriladi.
SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATLARI.
3.1 Mazkur shartnoma imzolangan kundan kuchga kiradi.
3.2 SHartnoma dual ta’lim asosida shakillantirilgan xar bir o‘quvchi (guruh) ning o‘qishi davomida amalda bo‘ladi.
3.3 SHartnomaga kiritiladigan qo‘shimcha shartlar va o‘zgartirishlarni Tomonlar o‘n kun muddatga ko‘rib chiqadi va qo‘shimcha kelishuvlar bilan rasmiylashtiradi.
3.4 Kiritilgan qo‘shimchalar shartnomaning ajralmas qismi xisoblanadi.
TOMONLAR JAVOBGARLIGI.
Tomonlar mazkur shartnoma bo‘yicha o‘zining majburiyatlarini bajarmaganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgar xisoblanadi.
Tomonlar mazkur shartnoma bo‘yicha o‘zining tegishli majburiyatlarini bajarmaslik yoki tegishli darajada bajarmaslikda, agarda echimi engib bo‘lmaydigan kuchlarga sabab bo‘lgan taqdirda va xolatlarda javobgarlikdan ozod etiladi.
|
| |