|
Kasb-hunar maktabi direktori v.v.b
|
bet | 13/17 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 151,98 Kb. | | #100465 |
Bog'liq Hamkorlik shartnomasi 2023Kasb-hunar maktabi direktori v.v.b:
___________________S.G‘.Dehqonov
|
Dual ta’limni tashkil etish bo‘yicha korxona ( tashkilot) va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik
SHartnomasi
G‘azalkent qishlog‘i “____” ____ 2023 yil
O‘zbekiston Repsublikasi Professional ta’limning dual tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom asosida, dual ta’lim bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan professional ta’lim muassasasi deb nomlanuvchi Bo‘stonliq tuman 2-son kasb-hunar maktabining direktori v.v.b S.G‘.Dehqonov bir tomondan va dual ta’lim bo‘yicha hamkorlikda kadrlar tayyorlaydigan korxona (tashkilot) ________________________________ korxona raxbari_________________________ ikkinchi tomondan o‘zaro dual ta’limini tashkil etishda, keyingi o‘rinda “Tomonlar” deb nomlanuvchi mazkur shartnomani tuzdilar .
SHARTNOMA PREDMETI.
“Tikuvchi” kasbi bo‘yicha dual ta’lim asosida malakali kadrlar tayyorlashni hamkorlikda amalga oshirish majburiyatini oladilar.
O‘quvchini mehnat faoliyati ishtirokchisiga aylantirish orqali ta’lim dasturining nazariy, o‘quv –amaliy qismi ofessional ta’lim muassasasida, malaka hamda kompetensiyalarni shakillantirishni ishlab chiqarish bilan bog‘liq amaliy qism korxona (tashkilot) da tashkil etish.
TOMONLARNI MAJBURIYATLARI.
Korxona:
Ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda dual ta’lim dasturini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqadi va amalga oshadi;
Dual ta’limning muddatlari hamda korxona (tashkilot) ga yuborilayotgan o‘quvchitlar tarkibi bo‘yicha ta’lim muassasasi bilan kelishadi;
Dual ta’lim olish bo‘yicha o‘quvchilar bilan shartnomalar tuzadi va ta’lim muassasasi bilan kelishilgan muddatlarda o‘quvchilarni qabul qiladi.
Har bir o‘quvchi (lar) dual ta’lim dasturining ishlab chiqarish bilan bog‘liq amaliy qismini o‘rganish uchun yuqori malakali mutaxassis usta biriktiradi.;
O‘quvchiga dual ta’lim jarayonida korxona (tashkilot) dagi mehnat faoliyati uchun qonun xujjatlariga muvofiq ish xaqi to‘laydi;
Korxona (tashkilot) da dual ta’lim dasturning ishlab chiqarish bilan bog‘liq amaliy qismini amalga oshirilishi ta’minlaydi va etarli shart-sharoitlar yaratadi.
Ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ta’lim dasturlariga muvofiq o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilgan shquvu modullari asosida kasb (mutaxassislik) bo‘yicha o‘qitish natijalari (kompetensiyalar) ni baholash jarayonini tashkil etadi;
O‘quvchining kasb (mutaxassislik) lari bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etadi;
Ta’lim muassasasi bilan birgalikda o‘qitishning dual tizimida ta’lim berilganligi bo‘yicha xisobotlarni tayyorlaydi.
|
| |