Bozor tushunchasi ko‘pincha tovarlar sotiladigan va xarid qilinadigan joy sifatida talqin qilinadi




Download 39.64 Kb.
Sana22.04.2024
Hajmi39.64 Kb.
#204074
Bog'liq
Bozor tushunchasi ko
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI, 1362658763 41745, TIZIMLI, bayanot 9, betlik, Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari

Bozor tushunchasi ko‘pincha tovarlar sotiladigan va xarid qilinadigan joy sifatida talqin qilinadi. Lekin uning tub mazmuniga e’tibor berilsa, u ko‘p qirrali bo‘lib, turli davrlarda turli ma’noni anglatishini bilib olish mumkin. Bozor tovar ayirboshlashning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, u ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlarida vujudga kelib dastlab tovar ayriboshlash joyi yoki maydonini anglatgan. Dastlab bozor tovar almashuv joyi sifatida namoyon bo‘lgan bo‘lsa, hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlarning kelib chiqishi bilan alohida maydonlar, «bozor joyi» deb atala boshlangan. Shu maydonda kishilar oldi-sotdi qilishgan. Lekin hali u davrlarda tovar ayirboshlash T-T ko‘rinishida, ya’ni bir tovarga boshqa tovarni ayriboshlash shaklida bo‘lib, o‘z tovarini boshqa tovarga ayirboshlashda vaqt va makonda, birdaniga bir vaqtning o‘zida o‘sha joyda sodir bo‘lgan. Lekin tovar ayirboshlash rivojlanib borishi natijasida pulning kelib 83 chiqishi bilan sotish va sotib olish ikki xil jarayonga bo‘lingan va T-P-T ko‘rinishida ro‘y bera boshlagan. Endi tovarni sotish T-P va sotib olish P-T zamon va makon jihatdan bir vaqtda bo‘lmasligi mumkin. CHunki sotuvchi o‘z tovarini bir joyda sotib pul qilib, boshqa joyda kerakli tovarni sotib olishi mumkin. Pulning kelib chiqishi bilan savdogarlar, ya’ni tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib iste’molchiga, sotish bilan shug‘ullanadigan maxsus qatlamlar paydo bo‘lgan. Mehnat taqsimoti chuqurlashib yana bir soha, savdo sohasi vujudga kelgan. Bu soha tovar-pul harakatini tezlashtirish imkonini berib, iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchini bog‘laydigan vositaga aylandi. Bunda ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi ham bir-birlari bilan uchrashishi shart bo‘lmay qoldi. Ular savdogarlarvositachilar orqali savdo bitimlari qilishlari mumkin bo‘lib qoldi. Endi bozor tushunchasining mazmuni o‘zgarib, yangi ma’no kasb etadi. Hozirgi davrda bozor ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilarning ko‘p qirrali murakkab aloqalarini bog‘laydigan, ularning iqtisodiy manfaatlarini ta’minlaydigan jarayon sifatida shakllandi. Bozor – bu ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) bilan iste’molchi (xaridor)ni bir-biriga bog‘laydigan, ayirboshlash jarayoniga xizmat qiladigan tartiblar, mexanizmlar va muassasaviy tuzilmalardir. Bozorning asosiy mazmuni sotuvchi va xaridorlarning o‘zaro kelishuvi, ekvivalentlilik prinsipi asosida ayriboshlashdir. Bunda bozorning moddiy asosini joy emas, balki tovar va pulning harakati tashkil etadi. Oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari do‘koni, avtomobilga servis xizmat ko‘rsatish va yoqilg‘i quyish tarmog‘i, sanoat tovarlari do‘koni, tijoratchilarning savdo shaxobchalari, turli xil supermarketlar, yirik savdo markazlar va savdo yarmarkalari, umumiy ovqatlanish korxonalari, auksionlar, birjalar bularning barchasi bozorning odatdagi ko‘rinishlari hisoblanadi. Fond, don birjalari, chet el valyutalari bozori, auksionlar yuqori darajada rivojlangan bozorlar bo‘lib, ularda sotuvchi va xaridorlar bir-biri bilan aksiya, obligatsiya, milliy valyuta va qishloq xo‘jalik mahsulotlari orqali bog‘lanadi. Bozorning ayrim turlari sotuvchi va xaridorlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa bilan farqlansa, boshqalarida ular 84 hech qachon bir-birini ko‘rmaydi yoki bilmaydi. Shunga muvofiq bozor aloqalari bevosita va bilvosita aloqalarga bo‘linadi. Bozorning har qanday turidan qat’iy nazar uning ishtirokchilari uy xo‘jaliklari, turli xil korxonalar va davlat tashkilotlaridir. Bozor subyektlari ikki toifaga – sotuvchi va xaridorlarga bo‘linib, ular bozorda turlicha mavqega ega bo‘ladi. Sotuvchilar bozorga tovar va xizmatlarni taklif etadi, xaridorlar esa ularga talab bildiradi. Bozor o‘z subyektlari manfaatini bir-biriga bog‘lab, ularni muvofiqlashtiradi. Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlarni iste’molchilarga, iqtisodiy resurslarni ishlab chiqaruvchilarga etkazib berishdan iboratdir. Bu yerda bozor ishlab chiqarish bilan iste’molni bir-biriga bog‘laydi, ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmat o‘z iste’molchisini topadi. Bunda bozor vositachi bo‘lib xizmat qiladi. Bozorda qiymat shakllari almashadi. U qiymatni tovar shaklidan pul shakliga aylantiradi. Bozor ishlab chiqarishning uzluksiz takrorlanib turishiga yordam beradi. Ishlab chiqarish yangidan boshlanishi uchun yaratilgan tovarlar sotilib pulga aylanishi, unga esa kerakli iqtisodiy resurslar xarid qilinishi zarur bo‘ladi. Bozor vositasida tovarni sotishdan tushgan mablag‘lar hisobiga, ishlab chiqaruvchilar resurslar sotib olish yo‘li bilan sarflangan ishlab chiqarish vositalari o‘rnini qoplaydigan va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun kerakli moddiy va mehnat resurslariga ega bo‘ladilar. Bozor orqali resurslarning erkin harakati ta’minlanadi va ularning tarmoqlar o‘rtasida taqsimlanishi ro‘y beradi. Iste’molchilar bozorda u yoki bu tovarga bo‘lgan talabini namoyon qiladi. Bozor bu talabni ishlab chiqaruvchilar va resurslarni etkazib beruvchilarga uzatadi. Resurslar talab bildirilgan tarmoqlar va sohalar o‘rtasida taqsimlanib turadi. Bozorning iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif, raqobat va narxlar yordamida bajariladi. U o‘zida talab va taklifni jamlab, bu bilan nimani, qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi. Bozor narx vositasida iqtisodiy resurslarni tovarlarga talab kamaygan tarmoqlardan talab ortgan tarmoqlarga oqib kelishini ta’minlaydi. Bozor tovarlarga narx shakllantirish 85 va ishlab chiqaruvchilarni tabaqalashtirish vazifasini ham bajaradi. Bozor turli xil vazifalari o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo qiladi. Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo‘lganligi sababli uni turkumlashga har xil mezonlar asos qilib olinadi. Bular bozorning etuklik darajasi, sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi, bozor subyektlari xususiyatlari, uning ko‘lami, iqtisodiy aloqalar xarakteri va boshqalar. Bozor etuklik darajasiga qarab rivojlanmagan klassik (erkin) va hozirgi zamon rivojlangan turlarga bo‘linadi. Rivojlanmagan, yoki shakllanayotgan bozor ko‘proq, tasodifiy xarakterga ega bo‘lib, unda barter ayriboshlash usuli ko‘proq qo‘llaniladi. Bozorning bu turi tarixan hali pul kelib chiqmagan davrga to‘g‘ri keladi. Erkin bozorda tovar va xizmatlarning har bir turi bo‘yicha juda ko‘p ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar mavjud bo‘lib, ayriboshlash jarayonida ular o‘rtasida erkin raqobat kelib chiqadi, narxlar talab va taklif o‘rtasidagi nisbat asosida erkin shakllanadi, raqobatning turli usullari qo‘llaniladi, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalashadi. Hozirgi zamon rivojlangan bozori — bunda davlat ham bozor ishtirokchisi bo‘lib, u ancha tartiblashtiriladi va boshqariladi, turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar rivojlanadi, raqobat kurashlari, aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ularning daromadlari darajasi o‘rtasidagi farqlar kamayadi. Bozor hududiy jihatdan mahalliy, milliy, mintaqaviy va nihoyat jahon bozoriga ajratiladi. Sotiladigan va sotib olinadigan obyekt turiga ko‘ra bozorlar: iste’mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi (resurslar) bozori, valyuta bozori va fond birjalari, ilmiy texnik kashfiyot va ishlanmalar bozoriga ajratiladi. Muomalaga chiqadigan subyektlarning xususiyatiga ko‘ra ulgurji va chakana savdo to‘g‘risida gap yuritiladi. CHakana savdoda asosan sotib oluvchilar fuqarolar hisoblanadi. Tashkilot va muassasalar esa sotuvchi hisoblanadi. Ulgurji savdoda davlat tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini xarid qilish alohida o‘rin tutadi. Bunda asosiy xaridor davlat, sotuvchilar esa fermerlar, shaxsiy, kooperativ va davlat xo‘jaliklaridir. Shuningdek, mulk shakli bo‘yicha davlat va kooperativ 86 savdo, dehqon bozori ham farqlanadi. Davlat savdosini davlat, kooperativ savdoni kooperatsiyalar amalga oshiradi. Dehqon bozorida savdoni alohida fuqarolar, jamoa va fermer xo‘jaliklari hamda boshqa kooperativlar amalga oshiradi. Tovar va xizmatlar bozori bozorning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu bozorda xo‘jalik subyektlarining barcha uchta turi: fuqarolar (uy xo‘jaliklari) davlat va korxonalar qatnashadi. Iste’mol tovarlari va xizmatlari bozorining alohida turi intellektual tovarlar bozoridir. Bu bozorda aqliy mehnat mahsuli bo‘lgan tovarlar - ilmiy g‘oyalar, texnikaviy yangiliklar, san’at va adabiyot asarlari, har xil axborotlar oldi-sotdi qilinadi. Intellektual bozor tarkibida ilmiytexnikaviy ishlanmalarni ayirboshlash katta o‘rin tutadi. U amalda patent, litsenziya va nou-xau sotishdan iborat bo‘lib, bu bozorda asosan innovatsiya firmalari ish ko‘radi. Mazkur firmalar yangiliklarni topish, bozorda sotish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish vositalari (resurslar) bozorida tovar sifatidagi mehnat vositalari va materiallar oldi-sotdi qilinadi. Bu bozorda mashina, asbob-uskuna, xom ashyo, yoqilg‘i va materiallar kabi ishlab chiqarish vositalari yirik hajmda ulgurji sotiladi. Resurslar bozoridagi tovarlar shaxsiy iste’molga emas, ishlab chiqarish iste’moliga xizmat qiladi, ya’ni ishlab chiqarish talabini qondiradi. Ishlab chiqarish tarmoqlari bo‘yicha don, avtomobil, yoqilg‘i va shu kabi bozorlar farqlanadi. Bozorning barcha subyektlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar iste’mol tovarlari va resurslar bozori orqali ancha to‘liq va yorqin namoyon bo‘ladi. 87 3.2-rasm. Iste’mol tovarlari va resurslar bozori (bozor sub’ektlari o‘rtasida resurslar, mahsulot va daromadlar harakati) Bu doiraviy aylanishlar modeli ko‘rinishini oladi. Doiraviy aylanishlar modeli bu – iqtisodiy resurslar, mahsulotlar va pul mablag‘lari (daromadlar va xarajatlar)ning yangilanib turadigan va tartiblashtirilgan harakatidir. Doiraviy aylanishlar modelida uy xo‘jaligi, korxona va davlat resurslar hamda mahsulotlar bozori orqali ayriboshlashni amalga oshiradi. Doiraviy aylanishlar modelidan real va nominal oqimlar aks etadi. Real oqimlar foydalaniladigan ishlab chiqarish omillari, tovar va xizmatlar harakatini tavsiflaydi. Nominal oqimlar – bu pul mablag‘lari harakatidir. Uy xo‘jaliklari resurslar bozori orqali korxonalarga iqtisodiy resurslarni etkazib beradi va mahsulotlar bozori orqali korxonalardan tovar va xizmatlarni sotib oladi. Ne’matlarning pul ekvivalenti harakati qarama-qarshi yo‘nalishga ega. Ayni vaqtda uy xo‘jaliklari davlatga to‘g‘ri soliqlarni to‘lab, undan ish haqi va turlicha to‘lovlarni oladi. Korxonalar ham davlatga soliqlarni to‘laydi va undan belgilangan to‘lov va subsidiyalarni oladi. Doiraviy aylanishlarning takomillashgan modelida bozor sub’ektlarining chet elliklar bilan tashqi iqtisodiy aloqalari ham aks etadi. Давлат Фирма (корхона) Истеъмол таварлари бозори Ресурслар бозори Уй хўжаликлари harajatlar ресурслар товарлар ва хизматлар истеъмолчилик сарфлар товарлар ва хизматлар сотишдан олинган тушум пул даромадлари иқтисодий ресурслар товарлар ва хизматлар товарлар ва хизматлар товарлар ва хизматлар ресурслар Firma (korxona) Resurslar bozori resurslar Tovarlar va xizmatlar Tovarlar va xizmatlar Tovarlar va hizmatlar resurslar Iqtisodiy resurslar Pul daromadlari Tovarlar va hizmatlar Sotishdan olingan tushum Iste’molchilik sarflari Tovarlar va hizmatlar Iste’mol tovarlari Uy xo‘jaliklari bozori 88 Iqtisodiy resurslar bozorining tarkibiy qismini ishchi kuchi bozori tashkil qiladi. Ishchi kuchi bozorida – o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan iqtisodiy resursning oldi-sotdi bitimi amalga oshiriladi. Bu bozorda biznes tomonidan ishchi kuchiga bo‘lgan talab, uy xo‘jaliklari tomonidan bildirilgan ishchi kuchi taklifi bilan to‘qnash keladi. Shunday ekan, ishchi kuchi bozorida iqtisodiy subyektlarning ikki turi – tadbirkorlar va yollanma ishchilar harakat qiladi. Ishchi kuchi bozorining aniq namoyon bo‘lish shakli – mehnat birjasidir. Mehnat birjasi – ishchilar va tadbirkorlar o‘rtasidagi ishchi kuchini oldi-sotdi bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruvchi va ishsizlarni ro‘yxatga oluvchi muassasadir. Mehnat birjasi quyidagi vazifalarni bajaradi: - ishsizlarni ro‘yxatga olish; - ishsizlarni mos ish o‘rinlari bilan ta’minlash; - ish bilan ta’minlanmaganlarni qayta o‘qitish va yangi kasbga tayyorlash; - ishsizlarni ijtimoiy himoyalash. Moliya bozori turli-tuman va ko‘p jihatli bo‘lsa-da, oldi-sotdi obyekti yagona, ya’ni pul va (unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar) hisoblanadi. Ortiqcha mablag‘larga ega bo‘lgan xo‘jalik subyektlari, bu moliyaviy resurslarni, mablag‘lar kamyobligini sezgan subyektlarga taklif qiladi. Moliyaviy bitimlarning harakatiga qarab, moliya bozorini turkumlash mumkin. Bunda moliyaviy bozor ikkiga ajraladi: qarz majburiyatlari (iste’molni qondiradigan pul) va kapital (mulk) bozori. Qarz majburiyatlari bozorida pul vaqtincha qarz hisoblanadi va olingan pul shaxsiy iste’mol uchun ishlatiladi. Mulk bozorida qo‘yilgan puldan daromad olish huquqi sotiladi va sotib olinadi. Bu bozorda mablag‘lar kapital sifatida ishga solinib, foyda keltiradi. Shuni hisobga olib, kapital bozorini ikkita bo‘g‘inga ajratish mumkin: ssuda kapitali bozori va qimmatli qog‘ozlar bozori. Ssuda kapitali bozori – pul shaklidagi kapitalning foiz to‘lash sharti bilan qarzga berilishidir. Bu bozorda qisqa muddatli majburiyatlar muomalada bo‘ladi. Bular asosan davlat va banklarning majburiyatlari hisoblanadi. 89 Qimmatli qog‘ozlar bozorida aksiya, obligatsiya, veksel, chek, depozit kabilar oldi-sotdi qilinadi. Bular davlat tomonidan chiqarilgan uzoq muddatli majburiyatlar hamda korporatsiyalarning aksiya va obligatsiyalaridan iboratdir. Bu bozorda broker va dillerlar vositachilik qiladi. Mazkur bozor amalda fond birjalari, auksionlar va banklardan iborat bo‘ladi. Qimmatli qog‘ozlarning harakati xususiyati bo‘yicha moliya bozori birlamchi va ikkilamchi (hosila) bozorlarga bo‘linadi. Birlamchi bozorda yangi nusxadagi qimmatli qog‘ozlar sotiladi va sotib olinadi, ikkilamchi bozorda oldin chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar harakat qiladi. Birlamchi bozorda qimmatli qog‘ozlar sotilsa, ikkilamchi bozorda qayta sotiladi. Iqtisodiyot uchun qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozori favqulodda muhim ahamiyatga ega. U xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida moliyaviy vositalarning erkin harakat qilishini ta’minlaydi. Bozor segmenti – bu bozorni alohida belgilariga qarab bo‘g‘inlarga ajratishdir. Unga ikkita sabab asos bo‘ladi: - Iste’molchilarning ijtimoiy-iqtisodiy jihatidan tabaqalanishi natijasida ular talabining o‘zaro farqlanishi; - Alohida tovar ishlab chiqaruvchilar tabaqalashishi. Bozorni segmentlarga ajratish ikkita mezonga asoslanadi. I. Aholining xarid qilish layoqati darajasi, ya’ni to‘lovga layoqatliligi. II.Hududiy va ijtimoiy, demografik mezonlar (aholining soni, uning yosh tarkibi, jinsi, zichligi, tabiiy iqlim sharoiti va h.k.) Bozor infratuzilmasi – bu bozor aloqalarini o‘rnatish va ularning bir maromda amal qilishiga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar tizimidir. Unga ombor xo‘jaligi, transport, aloqa xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar, tovar va xizmatlar muomalasiga (birjalar, auksionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari kabilar), moliya-kredit munosabatlariga (bank muassasalari, kreditlash idoralari, sug‘urta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari) va ijtimoiy sohaga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari) kiradi. Axborot xizmati idoralari ham bozor infratuzil- 90 masining alohida bo‘g‘inini tashkil qilib, ularga ma’lumotlarni to‘plash, umumlashtirish va sotish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya va firmalar kiradi. Bozor infratuzilmasining bu barcha unsurlari ishlab chiqaruvchilarning savdo-sotiq, moliya-kredit ishlariga, sherik topishiga, ish kuchini yollashiga ko‘maklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi, ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida iqtisodiy aloqa o‘rnatishga yordam beradi. Ularning bir qismi davlat mulkchiligida joylashsa, boshqalari mustaqil muassasa va uyushmalardan iborat bo‘lib, ko‘rsatgan xizmatlari uchun haq oladi. Bozor infratuzilmasi tovar va moliyaviy bozorga xizmat ko‘rsatuvchi turlarga ajratiladi. Tovar birjalari, savdo korxonalari, auksionlar, yarmarkalar, vositachi firmalar tovarlar bozoriga, fond va valyuta birjalari, banklar, sug‘urta kompaniyalari va fondlar, mehnat birjalari, migratsiya xizmatlari kabilar moliyaviy bozorga xizmat ko‘rsatadi. Hozirgi zamon bozorini reklama, axborot va maslahat xizmati, konsalting va auditor xizmatisiz ham tasavvur qilish qiyin. Bozor infratuzilmasida tovar (xizmat)lar muomalasiga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar muhim o‘rin tutishi sababli ularning asosiylarining qisqacha tavsifini beramiz. Birja – namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlarning muntazam savdosotiq ishlarini o‘tkazuvchi tijorat muassasalaridir. Tovar birjalaridan farq qilib, fond birjasida qimmatbaho qog‘ozlar va chet el valyutalarining oldi-sotdisi amalga oshsa, mehnat birjasi ishchi kuchi egasi bilan uni yollovchi korxona o‘rtasida turib, unga bo‘lgan talab va taklifni bir-biriga bog‘laydi. Birjada tovar egasi va xaridorlar nomidan ishni brokerlar yuritadi. Broker (makler)lar – bu tovar, fond va valyuta birjalarida oldi-sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik qiladigan shaxs yoki maxsus firma. Ular odatda mijozlar topshirig‘iga ko‘ra va uning nomidan ish yuritadi, kafolat beruvchi hisobiga o‘z nomidan savdo bitimlari tuzishi ham mumkin. Birjalarda hali ishlab chiqarilmagan, lekin tayyorlanishi aniq bo‘lgan, oldin sotib olinib, egasi ixtiyoriga kelib tushmagan tovarlar ham sotiladi. Birjalar ixtisoslashgan yoki universal bo‘lishi mumkin. Ixtisoslashgan birjalarda ayrim 91 turdagi yoki bir guruh tovarlar, universal birjalarda har xil tovarlar sotiladi. Birjada savdo bitimlari tuziladi hamda talab va taklif asosida narxlar shakllanadi. Birjalar davlatga tegishli va xususiy shaklda tashkil qilinishi, hamda ko‘proq aksionerlik jamiyati shaklida bo‘lishi mumkin. Ularning daromadi sotilgan tovar, valyuta, qimmatli qog‘ozlar qiymatidan foiz hamda brokerlik o‘rinlarini sotishdan tushumlar va ta’sischilar badalidan tarkib topadi. Birjaning barcha turlari bir tomondan bozor infratuzilmasi tarkibiga kirsa, boshqa tomondan ular mustaqil tadbirkorlik shakli hisoblanadi. Birjalar faoliyati nizomga asoslanadi va uning boshida boshqaruvchilar kengashi turadi. Auksionlar – alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan tovarlarni sotish uchun muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi. Auksionda savdo tovarlarning nisbatan cheklangan ro‘yxati bo‘yicha, ommaviy sotuvga qo‘yish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Auksion e’lon qilingan vaqtda va ma’lum davrda o‘tkaziladi. Bunda tovarlarning bozorga kelib tushish mavsumi va hajmi hisobga olinadi. Auksion savdosida namuna tovarlar ro‘yxatda ko‘rsatilgan tartibda savdoga qo‘yiladi, xaridorlar orasida eng yuqori narxni taklif qilgan kishi tovarni sotib oladi. Auksionlarda san’at asarlari, noyob buyumlar, kolleksiyalar ham sotilishi mumkin. Savdo yarmarkalari ma’lum vaqtda o‘tkazilib, bu yerda tovarlar ulgurji ravishda oldi-sotdi qilinadi. Tovar savdosi uning egasi bilan savdo firmasi o‘rtasida yuz berib, unda bevosita iste’molchi qatnashmaydi. Savdo uylari –ixtisoslashgan yoki universal bo‘lishi mumkin. Ixtisoslashgan savdo uyi ayrim tovarlar bilan (kiyim-kechak, oyoq kiyim, gazlama va h.k.) universal savdo uyi har xil tovarlar bilan savdo qiladi. Savdo uylari tarkibida savdo firmalari muhim o‘rin tutadi. Ular tijorat ishini yurituvchi va ixtisoslashgan savdosotiq korxonalaridir. Firmalar mustaqil yoki yirik sanoat korporatsiyalari tarkibida ish yuritib, ulgurji va chakana savdo bilan shug‘ullanadigan turlarga bo‘linadi. Ulgurji savdo firmalari tovarlarni o‘z mulkiga sotib olib, keyin iste’molchilarga sotadi. CHakana savdo firmalari har xil shaklni olib, ular mustaqil do‘konlar, maxsus do‘konlar va supermarketlardan iborat bo‘ladi. 92 Supermarket – bu xaridorning o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishiga asoslangan keng tarmoqli savdo korxonasi. U tovarlarning deyarli hamma turlari bilan, savdo qiladi. Supermarket xaridorlarga bepul maslahatlar beradi, tovarlarni buyurtma bo‘yicha xaridor uyiga etkazadi, ularga madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatadi. Ko‘p tarmoqli tashqi savdo firmalari ham savdo uyi deb ataladi. Ular o‘z nomidan va ko‘pincha o‘zlari hisobidan eksport-import hamda boshqa savdo aloqalarini olib boradi. Tashqi savdo uylari savdo korxonalarini sotib olish, jihoz va uskunalarni ijaraga topshirish, kreditlar berish, sug‘urta xizmati ko‘rsatish, moliya va ishlab chiqarish xizmatida ham qatnashadi. Infratuzilma tizimida moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar alohida o‘ringa ega. Ular moliya bozori, uning asosi bo‘lgan kapital bozorini shakllantiradi va amal qilish tartib – qoidalarini o‘rnatadi. Moliyaviy muassasalardan ko‘pchiligi o‘ziga xos belgilarga ega bo‘lsa-da, ularning barchasi bitta umumiy jihatga ega. Ular o‘zlarining majburiyatlarini bildiradi, ya’ni mablag‘lari ortiqcha bo‘lgan subyektlardan pul qarz oladi va o‘z nomidan mablag‘lari etishmagan sub’ektlarga pul qarz beradi. Bozor infratuzilmasining banklar, sug‘urta kompaniyalari, soliq va bojxona idoralari kabi muassasalari moliya-kredit munosabatlarida alohida o‘ziga xos o‘ringa ega. Bozor iqtisodiyoti sub’ektlarini moliyaviy axborotlar bilan ta’minlash bozor infratuzilmasining axborot xizmati idoralari shu jumladan auditorlik firmalari zimmasiga tushadi. Auditor firmalar – korxona, firma, kompaniyalar moliyaviy xo‘jalik faoliyatini tekshirib boruvchi, ular hisobotini mustaqil ekspertizadan o‘tkazuvchi idora. Ular odatda aksioner jamiyat yoki kooperativ shaklda faoliyat ko‘rsatadi va to‘liq mustaqillikka ega bo‘ladi. Auditor firmalar o‘z ishini har bir mamlakatda yoki xalqaro miqyosda qabul qilingan hisob-kitob va taftish qoidalariga binoan olib boradi. Auditor firma ishida qatnashuvchi taftishchilar auditorlar deb ataladi. Shunday qilib, bozor infratuzilmasi va uning qarab chiqilgan unsurlari barcha bozor turlarining samarali faoliyat ko‘rsatishini, hamda davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishni ta’minlaydi.

Bozorning samarali amal qilishi ko‘p jihatdan uning infratuzilmasining rivojlanganlik darajasiga bogiiqdir. Bozor infratuzilmasi - bu bozor aloqalarini o‘rnatish va ularning bir maromda amal qilishiga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar tizim idir. Bozor infratuzilmasi tarkibiga kiruvchi muassasalami quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlash mumkin: 1) tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar (ombor xo‘jaligi, transport va aloqa xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar, birjalar, auksionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari va h.k.); 2) moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar (bank, kredit muassasalari, sug‘urta va moliya kompaniyalari, sbliq idoralari va h.k.); 3) ijtimoiy sohaga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari va h.k.); 4) axborot xizmati idoralari (ma’lumotlami to‘plash, umumlashtirish va sotish bilan shug‘ullanuvchi muassasalar)


Bozor infratuzilmasi muassasalari tovar ishlab chiqariivchilaming savdo-sotiq, moliya-kredit faoliyatiga, asosiy hamkorlami topishiga, ishchi kuchini yollashiga ko'maklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga solish bo‘yicha tadbirlarini amalga oshiradi, tijorat aloqalarini o‘matishga yordam beradi. Ulaming bir qismi davlat mulki doirasida faoliyat yuritib, bepul xizmat ko‘rsatsa, boshqalari mustaqil tijorat muassasasi va uyushmalaridan iborat boiib, ko‘rsatgan xizmatlari uchun haq oladi. Bozor infratuzilmasi tarkibida tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar muhim o‘rin tutishi sababli ulardan asosiylarining qisqacha tavsifiga to‘xtalib o'tamiz. Birja - namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlarning muntazam savdo-sotiq ishlarini o‘tkazuvchi tijorat muassasasi. Uning tovar birjasi, fond birjasi, valyuta birjasi, mehnat birjasi singari turlari keng tarqalgan. Tovar birjasi - oldindan belgilangan qoidalar asosida ulgurji savdoni tashkil etish shakli. Fond birjasi - qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bo‘vicha rasmiy jihatdan tashkil etilgan va muntazam amal qiluvchi bozor shakli. Valyuta birjasi - milliy valyutalar kurslari bo‘yicha ularning erkin oldi-sotdisi amalga oshiriladigan, rasmiy jihatdan tashkil etilgan bozori shakli. Mehnat birjasi - ishchilar va tadbirkorlar o‘rtasidagi ishchi kuchini oldi-sotdi bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruvchi va ishsizlarni ro‘yxatga oluvchi muassasa. Birjada ishtirokchilar tomonidan tovar ayirboshlash to‘g‘risidagi bitimlar tuziladi, lekin tovami yetkazib berish va uning haqini toiash birjadan tashqarida yuz beradi. Bunda tovaming egasi va xaridorlari qatnashishi shart emas. Ular nomidan ishni brokyerlar (dallollar) yuritadi. Broker (makler) - bu tovar, fond va valyuta birjalarida oldi-sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik qiladigan shaxs yoki maxsus firma. Ular odatda mijozlar topshirigiga ko‘ra va uning hisobiga ish yuritadi, kafolat bemvchi hisobiga o‘z nomidan savdo bitimlari tuzishi ham mumkin. 168 Birjaning yana bir xususiyati shundaki, bu yerda hali ishlab chiqarilmagan, lekin tayyorlanishi aniq bo‘lgan, oldin sotib olinib, egasi ixtiyoriga kelib tushmagan tovarlar ham sotiladi. Birjalar ixtisoslashgan yoki universal bo‘lishi mumkin. Ixtisoslashgan birjalarda ayrim turdagi yoki bir guruh tovarlar, universal birjalarda har xil tovarlar sotiladi. Auksion - alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan tovarlarni sotish uchun muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi. Auksionda savdo tovarlaming nisbatan cheklangan ro‘yxati bo‘yicha, ommaviy sotuvga qo‘yish yo‘li bilan o'tkaziladi. Auksion e’lon qilingan vaqtda va ma’lum davrda o‘tkaziladi. Bunda tovarlaming bozorga kelib tushish mavsumi va hajmi hisobga olinadi. Auksion savdosida namuna tovarlar ro‘yxatda ko'rsatilgan tartibda savdoga qo‘yiladi, xaridorlar orasida eng yuqori narxni taklif qilgan kishi tovami sotib oladi. Auksionlarda san’at asarlari, noyob buyumlar, kolleksiyalar ham sotilishi mumkin. Savdo yarmarkasi - muayyan belgilangan vaqtda va joyda o‘tkaziluvchi hamda o‘tkazilish jarayonida ulgurji savdo bitimlari tuziluvchi tovar namunalari ko‘rgazmasi. Savdo bitimlari tovar ishlab chiqaruvchi bilan savdo firmalari o‘rtasida tuzilib, unda bevosita iste’molchi qatnashmaydi. Savdo uyi - o‘z ichiga tashqi savdo kompaniyasi bilan bir qatorda ishlab chiqarish, bank, sug‘urta, transport, ulgurji-chakana va boshqa turdagi firmalarni oluvchi keng tarmoqli savdo kompaniyasi. U ixtisoslashgan yoki universal bo‘lishi mumkin. Ixtisoslashgan savdo uyi ayrim tovarlar bilan (kiyim-kechak, oyoq kiyim, gazlama va h.k.), universal savdo uyi har xil tovarlar bilan savdo qiladi. Savdo uylari tarkibida savdo firmalari muhim o‘rin tutadi. Ular tijorat ishini yurituvchi va ixtisoslashgan savdo-sotiq korxonalaridir. Firmalar mustaqil yoki yirik sanoat korporatsiyalari tarkibida ish yuritib, ulgurji va chakana savdo bilan shug'ullanadigan turlarga bo‘linadi. Ayrim firmalar har ikkala savdo turi bilan ham shug‘ullanadi. Savdo uylari o‘z nomidan va ko'pincha o‘z hisobidan eksport-import hamda boshqa savdo aloqalarini olib boradi. Tashqi 169 savdo uylari savdo korxonalarini sotib olish, jihoz va uskunalami ijaraga topshirish, kreditlar berish, sug‘urta xizmati ko‘rsatish orqali moliyaviy va ishlab chiqarish xizmatida ham qatnashadi. UIgurji savdo firmalari tovarlami o‘z mulki va mablagiari hisobidan sotib olib, keyin iste’molchilarga sotadi. Chakana savdo firmalari turlicha faoliyat yuritib, ular mustaqil do‘konlar, maxsus do ‘konlar va supermarketlardan iborat bo ‘ ladi. Supermarket - bu xaridorning o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishiga asoslangan keng tarmoqli savdo korxonasi. U tovarlaming deyarli barcha turlari bilan, jumladan import tovarlar bilan ham savdo qiladi. Supermarket xaridorlarga bepul maslahatlar beradi, tovarlami buyurtmabo‘yicha xaridor uyiga etkazadi, ularga madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatadi. Hozirgi kunda keng rivoj lanib borayotgan zamonaviy bozorlardan biri bu elektron savdo bozorlari bo‘lib hisoblanadi. U 0 ‘zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi 2015-yil 9 dekabrdagi son Qonunining yangi tahriri bilan belgilanadi va amalga oshiriladi. Unda internet tarmog‘idagi tijorat sohasiga oid faollikni, unda oldi-sotdini amalga oshirilishini ifodalash uchun qoilaniladi; kompyuter tarmog‘idan foydalangan holda xarid qilish, sotish, servis xizmati ko‘rsatishni amalga oshirish, marketing tadbirlarini o‘tkazish imkoniyatini ta’minlaydi. Elektron tijoratning an’anaviy savdo turlaridan farqi quyidagilardan iborat: - xaridor o‘ziga qulay vaqt, joy va tezlikda mahsulotni tanlash va sotib olish imkoniyatiga ega; - savdo-sotiq faoliyatini ish faoliyati bilan birga parallel ravishda, ya’ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati; - ko‘p sonli xaridorlaming bir vaqtning o‘zida bir nechta firmalarga murojaat qila olish imkoniyati; - kerakli mahsulotlami tezlikda izlab topish va ushbu mahsulotlar mavjud boigan korxonalarga murojaat qilishda texnik va transport vositalaridan samarali foydalanish imkoniyati; - xaridorlaming yashash joyi, so g iig i va moddiy ta’minlanish darajasidan qat’iy nazar hamma qatori teng huquqli mahsulot sotib olish imkoniyati; 170 - hozirgi kundagi mavjud jahon standartlariga javob beradigan mahsulotlami tanlash va sotish imkoniyati; - elektron tijoratda savdoni tashkil etish korxonalaming raqobatini kuchaytiradi, monopoliyadan chiqaradi va mahsulotlaming sifatini oshirish imkoniyatini beradi. Qo‘lga kiritilgan yutuqlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, avvalambor, tizimli demokratik bozor islohotlarini joriy etish, iqtisodiy liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish, sanoat tarmoqlarida tarkibiy o‘zgarishlami amalga oshirish, modemizatsiyalash va diversifikatsiyalash jarayonlarini izchil davom ettirish -bulaming bari muvaffaqiyatlaming asosiy omilidir. E’tiborli jihati, yalpi ichki mahsulotning muttasil o‘sishi an’anaviy xom ashyo tarmoqlari yoki bo‘lmasa, jahon bozoridagi qulay kon’yunktura va ayrim xom-ashyo hamda materiallar narxining yuqoriligi hisobidan emas, aksincha, raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, zamonaviy xizmat ko‘rsatish sohalarini jadal rivojlantirish evaziga ta’minlanmoqda. Ushbu vazifalarni amalga oshirish natijasi o‘laroq, iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan o‘zgartirish, qayta ishlangan hamda yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan tayyor mahsulotlami ko‘paytirish barcha tarmoq va sanoat korxonalarining tashqi bozordagi pozitsiyasini mustahkamlash imkonini bermoqda. Infratuzilma tizimida moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar alohida o‘ringa ega. Ular moliya bozori, uning asosi bo‘lgan kapital bozorini shakllantiradi va amal qilish tartib-qoidalarini o‘matadi. Moliyaviy muassasalaming aksariyati o‘ziga xos belgilar bilan bir qatorda yagona umumiy belgiga ham ega. Bu ular faoliyatining doimo moliyaviy majburiyatlar bilan bog‘liqligidir. Ya’ni, moliyaviy muassasalar subyektlaming ortiqcha pul mablag‘larini jalb etib, o‘z nomidan moliyaviy mablag‘larga ehtiyoj sezgan subyektlarga pul qarz beradi. Bozor infratuzilmasining banklar, sug‘urta kompaniyalari, soliq va bojxona idoralari kabi muassasalari moliya-kredit munosabatlarida alohida o‘ziga xos o‘ringa ega. Ulaming iqtisodiy faoliyati va moliyaviy munosabatlarda tutgan о‘mi bilan keyingi boblarda batafsil tanishamiz. 171 Bozor iqtisodiyoti subyektlarini moliyaviy axborotlar bilan ta’minlash bozor infratuzilmasining axborot xizmati idoralari, shu jumladan auditorlik firmalari zimmasiga tushadi. Auditor firma - korxona, firma, kompaniyalar moliyaviy xo‘jalik faoliyatini tekshirib boruvchi, ular hisobotini ekspertizadan o‘tkazuvchi muassasa. Ular odatda aksiyadorlik jamiyati yoki kooperativ shaklda faoliyat ko‘rsatadi va to iiq mustaqillikka ega bo‘ladi. Auditor firmalar o‘z ishini har bir mamlakatda yoki xalqaro miqyosda qabul qilingan hisob-kitob va taftish qoidalariga binoan olib boradi. Auditor firma ishida qatnashuvchi taftishchilar auditorlar deb ataladi. Shunday qilib, bozor infratuzilmasi va uning ko‘rib chiqilgan muassasalari barcha bozor turiarining faoliyat ko‘rsatishi hamda davlatlararo iqtisodiy munosabatlami tartibga solishni ta’minlaydi.
Download 39.64 Kb.




Download 39.64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bozor tushunchasi ko‘pincha tovarlar sotiladigan va xarid qilinadigan joy sifatida talqin qilinadi

Download 39.64 Kb.