Bozor mexanizmining asosiy xususiyatlari




Download 32.45 Kb.
bet4/10
Sana01.03.2024
Hajmi32.45 Kb.
#165047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Bozor va uning turlari-fayllar.org (1)
Course template, BAYONNO-BOSH (3), антиплагиат сертификат, “Investitsiya” fanidan yakuniy nazorat savollar, Korporativ moliya YN savollari BI 3-kurs (1), Инвестиция фанидан якуний назорат ишининг ҷавоблари., Ekonometrikaga kirish RI, Raqamli bank ishi fannidan YaN uchun Testlar Javoblar, ishlab chiqarish amaliyoti tmr, YILLIK HISOBOT MAGISTR, DVIGATELNI NAZORAT-QAROV VA DIAGNOSTIKALASH ISHLARI TEXNOLOGIYASI, BOSHLANG\'ICH TA\'LIM TABIIY FANLARINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI, QULSOHATOV ZOIRNING pedagogika, CREDO kompleks dasturi haqida umumiy ma’lumot
4. Bozor mexanizmining asosiy xususiyatlari
Bozor turli mulk shakllariga asoslangan ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish bilan iste’mol o’rtasida, raqobat asosida iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi.
Bozor mexanizmi bu ishlab chiqaruvchi sub’ektlar bilan iste’molchi sub’ektlar o’rtasida xom ashyo, ishlab chiqarish vositalari, texnologiyalari va tayyor iste’mol tovarlar narxlarini shakllanishi, daromadlarni olinishi, uni taqsimlanishida ifodalanadi.
Bozor sharoitida ishlab chiqarish sub’ektlari bilan iste’mol sub’ektlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tovar va pul shaklida to’g’ridan-to’g’ri amalga oshiriladi.
Bozor iqtisodiyoti turli mulk shakllariga asoslanganligi va ularni iqtisodiy mustaqil sub’ekt sifatida faoliyat ko’rsatishi bozor iqtisodiy mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Bu sub’ektlar iqtisodiy munosabatlarni mustaqil ravishda tanlab oladilar. Iste’molchi sub’ektlar bozor sharoitida asosiy iste’mol tovarlarini xarid qiluvchi sub’ektlar sifatida ishlab chiqaruvchilarni nima, qanday va qancha miqdorda mahsult ishlab chiqarishni belgilaydi. Chunki bozor erkin raqobati shuni talab etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor mexanizmi o’zini-o’zi tartibga soladi. Bu tartibga solish ishlab chiqarish hajmi, sifati, turlari va narxlarida ifodalanadi.
Ingliz iqtisodchisi A.Smit talab va taklif asosida bozor narxlarining shakllanishi iste’molchilar talablari asosida ko’zga ko’rinmas qullar orqali ishlab chiqarish hajmini va ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanishni belgilaydi deb uqtiradi.
Ishlab chiqaruvchi sub’ekt mahsulotlariga iste’mol talablari bo’lgan taqdirdagina u foyda olishi mumkin.
Bozor iqtisodiyotining xo’jalik faoliyatida vositachilik, narxlarni shakllantirish, ishlab chiqaruvchi va iste’molchiga axborotlar etkazish, boshqarish, rag’batlantirish va ishlab chiqarish sub’ektlarini sog’lomlashtirish vazifalarini ham bajaradi.
Bozor tizimi murakkab tizim bo’lib, unda mustaqil, o’zining xususiyatlariga ega bo’lgan turli maqsadlar uchun xizmat qiladigan bozor yo’nalishlarini umumlashgan shaklidir.


Download 32.45 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 32.45 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bozor mexanizmining asosiy xususiyatlari

Download 32.45 Kb.