|
Bu Yerda Web Sahifa Nomi Bo‘ladi
|
bet | 1/9 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 3,83 Mb. | | #232965 |
Bog'liq Amaliyot hisoboti Raxmatov
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
BITIRUV OLDI AMALIYOTI
Hisoboti
Bajardi: Raxmatov Navro‘zbek
Tekshirdi: _____________
TOSHKENT 2024
MUNDARIJA
KIRISH ................................................................................................................ 3
1-BOB.KORXONA TEXNIK XAVFSIZLIGI, TALABLARI, STRUKTURASI VA ISH REJIMI……………………………….…............... 6
Texnik xavfsizligi ................................................................................................. 6
Korxona bilan tanishuv ......................................................................................... 6
2-BOB. AMALIYOT O‘TASH MUDDATI DAVOMIDA FOYDALANILGAN DASTURIY TA’MINOTLAR ...................................... 8
2.1 Web ilovani ishlabchiqishda foydalanilgan zamonoviy texnalogiyalar....................................................................................................... 8
2.2 Talabalarning bilimlarini boshqarish web ilovasining strukturasi................. 11
2.3 Talabalar bilimlarini boshqarish dasturidan foydalanish yo‘riqnomasi …….16
3-BOB. BITIRUV OLDI AMALIYOTI JARAYONIDA, BITIRUV
ISHI UCHUN ISHLAB CHIQILGAN MASALALAR ................................ 21
3.1 Amaliy qism .................................................................................................. 21
Xulosa .................................................................................................................. 23
Foydalanilgan adabiyotlar ................................................................................... 24
Kirish
Bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasi respublikamizning rivojlanishida muhim o‘rin tutib kelmoqda. O‘tgan yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan yurtimizda axborot texnologiyalarini keng joriy qilish va rivojlantirish borasida olib borgan siyosati hozirgi kunga kelib o‘z natijalarini ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisiga Murojaatnomasida 2020 yilni “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb e’lon qilinishi hamda shu bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgani ham axborot texnologiyalari sohasiga muhim ahamiyat berilayotganini ko‘rsatmoqda.
Prezidentimizning 2020 yil 2 martdagi farmoni bilan tasdiqlangan Harakatlar strategiyasining “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlashda eng ustuvor vazifalaridan biri, ijtimoiy soha ob’ektlari, jumladan, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini tezkor internetga ulash vazifasi qo‘yildi.
Bu, o‘z navbatida, yosh avlodning zamonaviy bilim olishi, bemorlarga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish salohiyatini oshirishi bilan ahamiyatlidir.
O‘quv markazlari bugungi kunda ta’limning muhim qismini tashkil etib, yosh avlodning bilim va ko‘nikmalarini oshirishda katta rol o‘ynaydi. Ular turli yoshdagi va turli yo‘nalishlardagi o‘quvchilarga ta’lim berib, zamonaviy talablarga mos malakali kadrlarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.
Masalan, “Elite school” o‘quv markazi 2016-yilda tashkil topgan bo‘lib, hozirda 15 mingdan ziyod yoshlar ta’lim olgan. Ushbu markaz Respublikamiz bo‘ylab 12 ta filialga ega va ta’lim sifatini doimiy ravishda oshirishga intilmoqda.
Shuningdek, IT sohasida “Codecraft”, “JuniorCode”, va “PDP Academy” kabi o‘quv markazlari ham katta mashhurlikka ega. Bu markazlarda dasturlash, kiberxavfsizlik, va dizayn kabi sohalarda chuqurlashtirilgan kurslar taklif etiladi. Masalan, “Codecraft” markazi 7 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilarga Python, Javascript, va boshqa dasturlash tillarini o‘rgatadi.
Umuman olganda, o‘quv markazlari nafaqat o‘quvchilarning bilimlarini oshirishda, balki ularning kasbiy rivojlanishida ham katta hissa qo‘shadi. Shu sababli, ularning faoliyati jamiyat uchun dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib, kelajak avlodning muvaffaqiyatli bo‘lishiga xizmat qiladi.
|
| |