|
Avtomobil yoʻllarida harakat xavfsizligini tashkil etish bugungi kundagi muhim muammolardan biriga aylanib bormoqda
|
bet | 1/25 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 2,05 Mb. | | #240497 |
Bog'liq AYXXavfsizligi.uslubiy ko\'rsatma.yangisi.1
KIRISH
Avtomobil yoʻllarida harakat xavfsizligini tashkil etish bugungi kundagi muhim muammolardan biriga aylanib bormoqda. Avtomobilning atrof-muhitga yetkazadigan zararlari miqdori kundan-kunga oshib bormoqda, eng asosiysi esa, yoʻllarda sodir etilayotgan yoʻl-transport hodisalari natijasida koʻplab odamlarning jabr koʻrishlari va hayotdan koʻz yumishlaridir. Yoʻl-transport hodisalarining oldini olish uchun koʻrilayotgan qator tadbirlarga qaramasdan, ularning miqdori kamayishiga erishib boʻlmayapti. Bu esa, yoʻl harakati xavfsizligi muammolariga oʻta jiddiy yondashish zarur ekanligini mutaxassislar oldiga vazifa qilib qoʻymoqda. Harakat xavfsizligini taʼminlash uchun unga ilmiy yondashish, uning barcha serqirra jarayonlarini tahlil etish zarur. Buning uchun yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassislar yoʻl harakatining asosiy koʻrsatkichlarini, yoʻllardagi sharoitlarning transport oqimlari harakatlariga qanday taʼsir koʻrsatishlarini, transport oqimlarini boshqarishning texnik vositalari orqali yoʻl harakatini boshqarish boʻyicha bilimlarga ega boʻlishlari zarur. Iqtisodiyotining rivojlanishi va taraqqiy etishida avtomobil yoʻl tarmogʻining ahamiyati juda katta boʻlib, bugungi kunda davlat darajasiga koʻtarilgan asosiy vazifalardan biridir. Respublikamiz boʻyicha tashilayotgan yuklarning asosiy qismini transport vositalaridan foydalanib avtomobil yoʻllari orqali oʻz manzillariga yetkazilishi, iqtisodiyotning rivojlanishida avtomobil yoʻllarining xalq xoʻjaligida tutgan oʻrnini belgilab beradi.
Jahon bozoriga olib chiqadigan transport kommunikatsiyalarini barpo qilish va shu maqsadda xalqaro standartlarga mos keladigan avtomobil yoʻllari va shahar koʻchalarini qurish, ekspluatatsiya qilish va unda harakat xavfsizligini taʼminlash yoʻl siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib, hozirda dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bugungi kunda avtomobil yoʻllarida harakat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha yoʻl harakatini tashkil etishning asosiy tamoyillari va ularni muayyan sharoitda amalga oshirish usullari qoʻllash davr talabi ekan. Intellektual salohiyatli xalqaro talablarga javob beradigan kadrlar tayyorlash davr talabidir.
|
| |