|
Avtomobil yoʻllarida harakat xavfsizligini tashkil etish bugungi kundagi muhim muammolardan biriga aylanib bormoqda
|
bet | 5/25 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 2,05 Mb. | | #240497 |
Bog'liq AYXXavfsizligi.uslubiy ko\'rsatma.yangisi.1 3-amaliy mashgʻulot
Mavzu: Yoʻlning harakatlanish uchun xavfli boʻlaklarini aniqlash
Topshiriq: Talaba berilgan topshiriqqa asosan yoʻlning harakatlanish uchun xavfli boʻlaklarini aniqlashda ziddiyatli vaziyat usulidan foydalanib, bir sathli chorrahadagi ziddiyatli nuqtalarni aniqlaydi, chorrahaning harakatlanish murakkablik darajasini topadi. Chorrahadagi ziddiyatli nuqtalar grafigini chizadi.
Nazariy qism.
Harakat qatnashchilari orasida maʼlum yoʻl sharoitida YTX vujudga kelayotgan xavfli vaziyatda ular oʻz harakatlarini davom ettirishlari ziddiyatli vaziyat deb tushuniladi.
Ziddiyatli vaziyat usuli koʻproq bir sathdagi chorrahalarni, yoʻlning rejadagi va boʻylama qirqimdagi egri boʻlaklarini, shuningdek, toʻsatdan tormoz berish joylarining xavflilik darajasini aniqlashda qoʻllaniladi.
Misol sifatida ikki tasmali yoʻllarning kesishishidan hosil boʻlgan chorrahadagi transport vositalarining harakatini koʻradigan boʻlsak (3.1-rasm), unda transport vositalarining harakat oqimidan ajralish, harakat oqimiga qoʻshilish va harakat oqimini kesib oʻtish nuqtalarini koʻrsatib oʻtish mumkin.
Keltirilgan misoldagi chorrahada jami 32 ta ziddiyatli nuqta mavjud boʻlib, ular 8 ta ajralish, 8 ta qoʻshilish va 16 ta kesishish nuqtalaridan iborat.
Chorrahaning harakatlanish murakkablik darajasi quyidagicha baholanadi:
agarda M40 boʻlsa, chorraha oddiy, M=4080 oʻrta murakkab, M=80150 murakkab va M150 juda murakkab. Chorrahada harakatlanish murakkablik darajasini baholashda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
𝑀 = 𝑃𝑎 + 3𝑃𝑞 + 5𝑃𝑘 ; (3.1)
bu yerda: 𝑃𝑎– ajralish ziddiyatli nuqtalar soni; 𝑃𝑞 – qoʻshilish ziddiyatli nuqtalar soni; 𝑃𝑘 – kesishish ziddiyatli nuqtalar soni.
3.1-rasm. Ziddiyatli vaziyat sxemasi. – ajralish; – qoʻshilish; – kesishish.
|
| |