• Ushbu amaliy ishda
  • Avtomobil yoʻllarida harakat xavfsizligini tashkil etish bugungi kundagi muhim muammolardan biriga aylanib bormoqda




    Download 2,05 Mb.
    bet4/25
    Sana17.05.2024
    Hajmi2,05 Mb.
    #240497
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
    Bog'liq
    AYXXavfsizligi.uslubiy ko\'rsatma.yangisi.1

    SHNQ 2.05.02-07 tavsiyalariga koʻra, avtomobil yoʻllarining turli sathda kesishishi va tutashishini asosan quyidagi hollarda qabul qilish zarur:

    • Іa darajali yoʻllarda — barcha darajali yoʻllar bilan, Іb va Іa darajali yoʻllarda II va III darajali yoʻllar bilan;

    • III darajali yoʻllarning oʻzaro kesishish joylarida kelajakdagi jami harakat miqdori bir sutkada (ikkala kesishuvchi yoki qoʻshiluvchi yoʻllarda) 8000 yengil avtomobilga keltirilgan qiymatdan oshsa.

    Avtomobil yoʻllarida koʻpchilik hollarda tartibsiz ravishda bir sathdagi chorrahalar va tutashmalar uchraydi.
    Harakatni tashkil etishda birinchi navbatda yoʻl boʻylab joylashgan chorrahalarni (u oddiymi, qisman kanallashtirilganmi yoki boshqacha turdagi boʻlishidan qatʼiy nazar) quyidagi meʼyoriy koʻrsatkichlarga keltirish darkor. Іa va Іb toifali avtomobil yoʻllarida kesishishlar yoki tutashishlar soni juda kam boʻlishi kerak.

    Ishni bajarish tartibi


    Ushbu amaliy ishda bir sathli chorrahalarda transport vositalarining harakat miqdorini yoʻnalishlar boʻyicha aniqlash topshirigʻi berilgan. Talabalar topshiriqni bajarishdan oldin guruhlarga boʻlinishadi. Har bir guruhga bittadan chorraha tanlanadi. Har bir yoʻnalishda harakatlanayotgan transport vositalarining miqdori va tarkibini aniqlab tahlil qilib chiqiladi.
    2.1 va 2.2-rasmda bir sathli chorrahadagi transport vositalarining harakat miqdori va tarkibini yoʻnalishlar boʻyicha nomlash va grafigini ishlab chiqishga namuna keltirilgan. Talabalar ushbu namunadan foydalangan holda oʻzlariga berilgan chorrahalarni mavjud holatini chizib, nomlab, harakat miqdori va tarkibini yoʻnalishlar boʻyicha sonini yozishadi. Shundan soʻng xulosa yozishadi.

    2.1-rasm. Bir sathda kesishgan chorrahadagi yoʻnalishlar.

    2.2-rasm. Amir Temur – Osiyo koʻchalari kesishmasidagi harakat miqdorini yoʻnalishlar boʻyicha nomlashga namuna. N1, N2, …. N15, N16 — avtomobillarni harakat miqdori yoʻnalishlari.

    Download 2,05 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




    Download 2,05 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomobil yoʻllarida harakat xavfsizligini tashkil etish bugungi kundagi muhim muammolardan biriga aylanib bormoqda

    Download 2,05 Mb.