|
Avtomobil yoʻllarida harakat xavfsizligini tashkil etish bugungi kundagi muhim muammolardan biriga aylanib bormoqda
|
bet | 8/25 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 2,05 Mb. | | #240497 |
Bog'liq AYXXavfsizligi.uslubiy ko\'rsatma.yangisi.1 5-Amaliy mashgʻulot
Mavzu: Yoʻl – transport hodisalarini hisobga olish hujjatlarini tahlil qilish.
Topshiriq: Talabalar berilgan topshiriqqa asosan YTHni hisobga olishning hujjatlari bilan tanishadi va YTH kartochkasini toʻldirishadi.
Ishni bajarish tartibi
Bu amaliy ishida oʻqituvchining topshirigʻiga asosan YTH kartochkasiga hodisaning yozma ravishdagi bayonini yozish va millimetrovka qogʻozida M: 1:200 masshtabda YTH chizmasini chizish kerak.
Misol: YTH bayoni.
5-yanvar 2024 yil soat 1750. Sarakulka koʻchasida «Nexia 3» yengil avtomobili haydovchisi tomonidan piyodani bosib ketish hodisasi sodir qilingan. Piyodaning yoshi 23 da.
Avtomobil toʻgʻri yoʻnalishda, asfaltbeton qoplamali gorizontal tekis yoʻlda harakatlangan. Yoʻlning qatnov qismini kengligi 7-7.5 metr. Piyodani bosib ketish sutkaning qorongʻi vaqtida sodir boʻlgan.
Bulutli, yogʻingarchilik bor, yoʻl yoritilgan. Toliqqan holda haydovchi xavfli sharoitda harakat tezligini oshirgan.
Belgilangan joyda yaqin harakatlanayotgan transportning oldidan piyoda yoʻlni kesib oʻtgan. III-toifa haydovchisi, mehnat faoliyati 10 yildan oshiq, yoshi 42 da, hodisa 12 ish soatida sodir boʻlgan.
YTHni hisobga olish varaqasini toʻldirish. YTHning sxemasini tuzish.
YTHni hisobga olish kartochkasini toʻldirish uchun jadval.
1. Umumiy maʼlumotlar
a. Kartochka turi
1-birinchi bor aniqlangan
2-soʻroqqa javob
3-oʻzgartirilgan kartochka 4-bekor qilingan kartochka b. Hodisa turi
1-toʻqnashuv;
2-agʻdarilish; bosib ketish: 3. Turgan TV
Toʻsiq
Piyoda
Velosipedchi
Kajavali transport
Hayvonlar
Boshqa hodisalar.
|
|
| |