|
Avtomobil yoʻllarida harakat xavfsizligini tashkil etish bugungi kundagi muhim muammolardan biriga aylanib bormoqda
|
bet | 16/25 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 2,05 Mb. | | #240497 |
Bog'liq AYXXavfsizligi.uslubiy ko\'rsatma.yangisi.1Qoʻshimcha axborot belgilari (tablichkalar) asosan ular bilan qoʻllanilgan belgilarning taʼsirini aniqlashda yoki cheklashda ishlatiladi.
Talabalar guruhlarga boʻlinishadi, mavjud yoʻlga chiqib, har xil yoʻl sharoitlarida yoʻl belgilarini toʻgʻri qoʻllanilganmi yoki yoʻqmi Oʻz DSt 3283:2022 “Yoʻl belgilari. Umumiy texnikaviy shartlar” va OʻzDSt----- :2023 “Yoʻl harakatini tashkil etish texnik vositalari” meʼyoriy hujjat talablariga mosligini tekshirishadi.
Olingan natijalar asosida yoʻlning mavjud va tavsiya qilingan holatini rejadagi koʻrinishini chizishadi va xulosa yozishadi.
9-1rasm. Ogohlantiruvchi belgilarni oʻrnatishga misol: a – asosiy belgi va xavfli qismning boshlanishi oʻrtasida kesishma mavjud boʻlgan holat uchun; b – chorraha va xavfli hudud orasidagi masofa 20 m dan kam boʻlgan holatlar uchun.
10-
Mavzu: Belgi chiziqlar yordamida harakatni tashkil etish.
Topshiriq. Talabalar berilgan topshiriqqa asosan, mavjud yoʻlga chiqib, yoʻl chiziqlari yordamida harakatni toʻgʻri tashkil etilganligini oʻrganishadi va xulosa yozishadi.
Nazariy qism.
Yoʻl belgi chiziqlarini yoʻl sharoitlarining oʻzgarishiga qarab ishlatish qoidalari OʻzDSt----- :2023 “Yoʻl harakatini tashkil etish texnik vositalari”, ularning elementlariga qoʻyiladigan talablar esa Oʻz DSt 3419:2022 “Yoʻl chiziqlari. Tasniflash. Texnik talablar”da keltirilgan.
Harakatning tartibini belgilovchi yoʻl belgi chiziqlariga yoʻlning qatnov qismiga, toʻsiqlarga va boshqa yoʻl inshootlariga tushiriladigan chiziqlar, yozuvlar va har xil belgilar kiradi.
Avtomobil yoʻllarida harakatni tashkil qilishning samarali usullaridan biri yoʻl belgi chiziqlarini ishlatishdir. Yoʻl belgi chiziqlarini ishlatish yoʻl-transport hodisalari sonining 30–50% kamayishiga olib keladi.
Ishlatilish vazifasi boʻyicha yoʻl belgi chiziqlari yoʻl belgilariga koʻpincha mos keladi. Lekin koʻpchilik hollarda yoʻl belgi chiziqlari bir qator afzalliklarga ega. Yoʻl belgi chiziqlari haydovchilarni yon atrofga qaratib chalgʻitmasdan, nigohini yoʻlning qatnov qismiga qaratgan holda koʻrsatmalar beradi, shuning bilan birgalikda, ular haydovchiga yoʻl belgilariga nisbatan uzoq muddat mobaynida taʼsir qiladi. Yoʻl belgi chiziqlarining kamchiligiga tez yedirilish, iflos va qor tagidan koʻrinmaslikni koʻrsatish mumkin.
Yoʻl belgi chiziqlari ikki guruhga boʻlinadi: gorizontal va vertikal.
|
| |