|
Ikkinchi guruh toʻsiqlariga setkalar
|
bet | 18/25 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 2,05 Mb. | | #240497 |
Bog'liq AYXXavfsizligi.uslubiy ko\'rsatma.yangisi.1Ikkinchi guruh toʻsiqlariga setkalar, har xil panjaralar (balandligi 0,8–1.5 m) kiradi. Ulardan piyodalarning harakatini tartibga solish va hayvonlarning yoʻl qatnov qismiga chiqishining oldini olish maqsadida foydalaniladi.
Yoʻl toʻsiqlari YTH vujudga kelish ehtimolini kamaytirish va ogʻirlik darajalarini pasaytirish bilan birgalikda, toʻsiqlarni oʻziga kelib urilishi natijasida transport vositalarining ishdan chiqishiga, hatto odamlarning oʻlimiga ham sababchi boʻlishi mumkin. Shuning uchun iloji boricha yoʻl toʻsiqlari oʻrniga xavfsizlikni taʼminlashning boshqa yoʻllarini oʻylash kerak. Masalan, egrilik radiusini kattalashtirish, koʻtarma balandligini pasaytirish, yoʻl poyining yon qiyaliklarini yotiq qilish, piyodalar uchun er osti yoki usti yoʻlakchalarini qurish, yoʻl mintaqasidan har xil katta predmetlarni chetlashtirish.
Ishni bajarish tartibi.
Talabalar guruhlarga boʻlinadi. Toshkent shahar yoʻllariga yoki koʻchalariga chiqib yoʻl toʻsiqlari oʻrnatilgan yoʻl boʻlagini tanlab olishadi, yoʻl yoʻl toʻsiqlarining mavjud holatini vizual baholaydi, toʻgʻri qoʻllanilganligini metr yoki ruletkada oʻlchab aniqlik kiritadi. Talabalar OʻzDSt 3486:2022 “Yoʻl toʻsiqlari. Natural sinov usullari”dan va OʻzDSt----:2023 “Harakatni tashkil etish texnik vositalari” meʼyoriy hujjatlaridan foydalanib, yoʻl toʻsiqlarini toʻgʻri oʻrnatilganini aniqlashadi. Olingan har bir natijani qayd qilish daftariga yozib boradi. Oʻlchov natijalari asosida yoʻlning mavjud holati bilan tavsiya berilgan holatini koʻndalang kesimidagi va rejadagi koʻrinishini, chizishadi va xulosa yozishadi.
12-
Mavzu: Harakatni tashkil qilishda svetoforlarni qoʻllash.
Topshiriq. Talabalar yoʻlning turli xil boʻlaklarida qoʻllanilgan svetoforlarni meʼyoriy talablarga mos kelishi yoki mos kelmasligini aniqlashadi va xulosa yozishadi.
Nazariy qism.
Svetoforlar yorugʻlik signali beruvchi asbob boʻlib, ular yoʻlning maʼlum uchastkalaridan transport vositalari oʻtishini boshqarib turishda ishlatiladi.
Oʻzbekistonda ishlatiladigan svetofor signallarining almashish ketma-ketligi
OʻzDSt 3487:2020 “Yoʻl svetoforlari. Turlari va asosiy parametrlari. Umumiy texnik talablar. Sinov usullari”ga asosan qabul qilingan boʻlib, bu yoʻl belgilari va signallari xalqaro konvensiya talablariga mos keladi.
Signallar quyidagi ketma-ketlikda almashtiriladi: qizil -qizil-sariq bilan yashil -sariq-qizil. Signallarni quyidagicha almashtirishga ruxsat beriladi: qizil-yashil sariq-qizil yoki qizil-sariq, yashil-sariq. Baʼzida yashil signal almashtirilishi oldidan uni oʻchirib yoqish amalda uchrab turadi.
Funksional belgilanishi boʻyicha svetoforlar quyidagilarga boʻlinadi: Transportlar va piyodalar uchun.
Oʻzbekistonda transport vositalarini boshqarish uchun 10 turdagi va piyodalarning harakatini boshqarish uchun 2 turdagi svetoforlardan foydalaniladi (12.1-rasm). Bu turdagi svetoforlar barcha davlatlarda ishlatilib, vertikal joylashtirilgan svetoforlarda yuqorida qizil, oʻrtada sariq, pastda yashil signallar oʻrnatiladi. Gorizontal oʻrnatilgan svetoforlarda qizil signal chapda, sariq oʻrtada va yashil oʻng tomonda joylashtiriladi. Vertikal oʻrnatilgan svetoforlarda qoʻshimcha seksiya yashil signal seksiyasining yonida joylashtiriladi.
1-tur svetoforlarning signallari koʻrinish yomonlashgan hollarda (masalan, koʻp polosali yoʻllarda yoʻnalish boʻyicha oʻng tomonda «stop-chizigʻi» oldida toʻxtagan yuk avtomobillari) svetofor signalini qaytarish uchun 3-turdagi svetoforlar qoʻllaniladi. Ular velosipedchilar harakatini boshqarish uchun velosiped yoʻlakchasi kesib oʻtgan joyda oʻrnatilishi koʻzda tutiladi.
|
| |