|
-
Mavzu: Har xil yoʻl sharoitlarida yoʻl belgilarini qoʻllash
|
bet | 15/25 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 2,05 Mb. | | #240497 |
Bog'liq AYXXavfsizligi.uslubiy ko\'rsatma.yangisi.19-
Mavzu: Har xil yoʻl sharoitlarida yoʻl belgilarini qoʻllash.
Topshiriq. Talabalar mavjud yoʻlga chiqib, har xil yoʻl sharoitlarida yoʻl belgilarini toʻgʻri qoʻllanilganligini aniqlashadi, rejadagi koʻrinishini chizishadi va xulosa yozishadi.
Nazariy qism.
Aholi yashamaydigan joylarda ogohlantiruvchi belgilar (1.3.1-1.4.6; 1.31.11.31.3 belgilardan tashqari) xavfli uchastkagacha 150–300 m masofada, aholi yashaydigan uchastkalarda esa 50–100 m masofada oʻrnatishi kerak. Ammo mana shu koʻrsatilgan oraliqda yoʻl belgisini oʻrnatilish masofasi koʻp omillarga, shu jumladan, tezlikka bogʻliq boʻladi. Shuning uchun yoʻl darajalarini hisobga olish zarur.
Imtiyoz belgilari chorrahalardan, qatnov qismlari kesishmalaridan yoki yoʻlning tor uchastkalaridan oʻtish navbatini belgilashda ishlatiladi.
Taqiqlovchi belgilardan harakatga muayyan cheklovlar kiritishda yoki ularni bekor qilishda foydalaniladi.
Buyuruvchi belgilar transport vositalarining biron bir yoʻnalishda mavhum tartibda va rejimda oʻtishini belgilaydi. Ular yoʻnalish va rejim oʻzgarishi kerak boʻlgan uchastkalar oldida oʻrnatiladi.
Harakatni tashkil qilish vaqtida taqiqlovchi yoki buyuruvchi belgi ishlatishga toʻgʻri kelsa, har doim buyruq belgini ishlatish maqsadga muvofiq boʻladi.
Axborot-koʻrsatuvchi belgilar harakatga muayyan rejimlar kiritishda yoki bekor qilishda, shuningdek, aholi yashaydigan joylar va boshqa obyektlarning joylashishi haqida axborot berishda ishlatiladi.
Servis belgilaridan tegishli obyektlar qayerda joylashganligi haqida axborot berishda foydalaniladi.
Aholi yashamaydigan punktlarda servis belgilari oldindan 60–80 km; 15– 20 km va 400–800 m masofada obyektgacha oʻrnatiladi. Masalan: «Yonilgʻi shahobchasi» 6.3 oʻrnatilishi 7.10-rasmda koʻrsa-tilgan.
Agarda yonilgʻi shahobchalar oraligʻi 60–80 km masofadan kichik boʻlsa, u holda birinchi belgi qoʻyilmaydi.
Aholi yashaydigan joyda servis belgilari obyektgacha 100–150 m masofada oldindan oʻrnatilishi kerak.
|
| |