|
Avtomobil yoʻllarida harakat xavfsizligini tashkil etish bugungi kundagi muhim muammolardan biriga aylanib bormoqda
|
bet | 23/25 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 2,05 Mb. | | #240497 |
Bog'liq AYXXavfsizligi.uslubiy ko\'rsatma.yangisi.1 15-Amaliy mashgʻulot
Mavzu: Aholi punktlarida piyodalarning harakatini tashkil etish
Topshiriq. Talabalar mavjud piyodalar oʻtish joyini holatini oʻrganishadi, tahlil qilishadi. Piyodalarning harakatini tashkil etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishadi va xulosa yozishadi.
Nazariy qism.
Piyodalar harakatini tashkil etish avtomobil yoʻllarini va shahar koʻchalarini ikkita boʻlakka boʻlib olib borilishi lozim. Birinchi boʻlak chorraha va tutashma joylar, ikkinchi boʻlak chorraha va tutashmalar oraligʻidagi yoʻl boʻyidagi mintaqa.
Piyodalar harakatini tashkil etish quyidagi tamoyillar boʻyicha amalga oshiriladi:
Piyodalar transport vositalarining harakatiga taʼsir koʻrsatmaydilar.
Piyodalar transport vositalarining harakatiga qisman (vaqti-vaqti bilan) taʼsir koʻrsatadilar.
Piyodalar transport vositalarining harakatiga taʼsir koʻrsatadilar. Birinchi tamoyil talabini bajarish uchun piyodalar harakatini tashkil etishda chorraha va tutashmalar mintaqasida piyodalar yoʻlning (koʻchaning) bir tarafidan ikkinchi tarafiga oʻtishi uchun er osti tonneli yoki qatnov qismining ustidan yoʻl oʻtkazgich inshootlari quriladi. Shuningdek, ikki chorraha oraligʻida piyodalar harakatlanishi uchun yoʻlning ikki tarafidan yoki bir tarafidan yoʻlka belgilanib, piyodalar yoʻlning qatnov qismiga chiqishini bartaraf etishi uchun toʻsiqlar oʻrnatiladi. Bu tamoyil boʻyicha piyodalar harakatining tashkil etilishi avtomagistrallarda, yuqori darajali yoʻllarda va asosan tezyurar shahar koʻchalarida koʻzda tutiladi. Chorrahada yoki tutashmada bunday harakatning tashkil etilishi natijasida piyodalar va transport vositalari orasida ziddiyatli vaziyat vujudga kelmaydi. Rivojlangan mamlakatlarning shahar koʻchalarida va avtomagistrallarida shu tamoyil boʻyicha harakat tashkil etilgan boʻlib, piyodalar oʻtish joylarida YTH kuzatilmaydi. Oxirgi yillarda Oʻzbekiston Respublikasining katta shaharlarida, ayniqsa, Toshkentda piyodalar uchun er osti yoʻllari qurilishi keng rivoj oldi. Masalan, Markaziy va Bosh universal, «Bolalar dunyosi» magazinlari, Oloy, Eski joʻva bozorlari, shimoliy va janubiy vokzallar hududida er osti yoʻllari barpo etilib, shu mintaqadagi harakat xavfsizligi taʼminlanishi bilan birgalikda, transport vositalari oʻrtacha tezligining oshishiga erishildi. Afsuski, koʻpchilik hollarda piyodalar bunday mintaqalarda yoʻl harakati qoidalarini buzib, qatnov qismida harakatlanishi natijasida er osti yoʻlaklarining samaradorligi pasayishi, ayniqsa, bu sutkaning qorongʻi vaqtida kuzatiladi.
|
| |