|
Avtomobil yoʻllarida harakat xavfsizligini tashkil etish bugungi kundagi muhim muammolardan biriga aylanib bormoqda
|
bet | 22/25 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 2,05 Mb. | | #240497 |
Bog'liq AYXXavfsizligi.uslubiy ko\'rsatma.yangisi.1 14-Amaliy mashgʻulot
Mavzu: Rejadagi kichik radiusli egriliklarda xavfsiz harakatni tashkil etish sxemasini tuzish
Topshiriq. Talabalar rejadagi kichik radiusli egri yoʻlga chiqib, mavjud holatni oʻrganishadi va meʼyoriy hujjatlarga asosan xavfsiz harakatni tashkil etish sxemasini tuzishadi.
Nazariy qism Yoʻldagi egri boʻlakning radiusi qancha kichik boʻlsa, unda harakatlanish shuncha qiyinlashib, birinchi navbatda harakat tezligining pasayishiga, harakat yoʻnalishining oʻzgarishiga, transport oqimining zichlashishiga va YTHning ortishiga sababchi boʻladi. Shuning uchun avtomobil yoʻllaridagi egrilik radiuslarining ShNQ 2.07.01-03* ga asosan minimal qiymatlari cheklangan (14.1jadval).
14.1-jadval
ShNQ 2.07-01-03*ga asosan koʻcha-yoʻl tarmoqlarini asosiy koʻrsatkichlari
Koʻchaning darajasi va nomi
|
Harakat tasmasi
|
Trotuarni eng katta eni, m
|
Rejadagi egrilikning eng kichik radiusi, m
|
Eng katta boʻylanma
nishablik,
‰
|
eni, m
|
soni, dona
|
Asosiy
|
|
|
I. Umumshahar ahamiyatidagi magistral koʻchalar:
a) toʻxtamasdan harakatlanadigan
|
3,75
|
6-8
|
4,5
|
500
|
50
|
b) boshqarilib harakatlanadigan
|
3,75
|
4-8
|
4,5
|
400
|
50
|
II. Tuman ahamiyatidagi
koʻchalar
|
3,75
|
3-4
|
3,0
|
250
|
60
|
III. Mahalliy ahamiyatidagi magistral koʻchalar:
a) aholi yashash kvartallarida
|
3,5
|
2-3
|
2,25
|
125
|
80
|
b) ishlab-chiqarish va kommunalomborxona hududlarida
|
3,5
|
2-4
|
1,5
|
250
|
50
|
Murakkab relyef sharoitida
|
|
|
I. Umumshahar ahamiyatidagi magistral koʻchalar:
a) toʻxtamasdan harakatlanadigan
|
3,5
|
4-8
|
-
|
250
|
60
|
b) boshqarilib harakatlanadigan
|
3,5
|
4-8
|
-
|
125
|
60
|
II. Tuman ahamiyatidagi
koʻchalar
|
3,5
|
2-4
|
-
|
50
|
70
|
III. Mahalliy ahamiyatidagi magistral koʻchalar:
a) aholi yashash kvartallarida
|
3,5
|
2-3
|
-
|
125
|
80
|
b) ishlab-chiqarish va kommunalomborxona hududlarida
|
3,5
|
2-4
|
-
|
50
|
70
|
Bir va ikki polosali harakat bir tomonga yoʻnalgan gorizontal egri radiusi 750 m gacha boʻlgan koʻchaning qatnov qismini 14.2-jadvalda koʻrsatilgan qiymatlarga kengaytirish kerak.
14.2-jadval
Radius, m
|
Har bir harakat polosasini kengaytirish, m
|
551-750
|
0,2
|
401-550
|
0,25
|
301-400
|
0,3
|
201-300
|
0,35
|
151-200
|
0,6
|
91-150
|
0,7
|
51-90
|
0,8
|
Ikki polosali yoʻllarni boʻylama qiyaligi 40 ‰ da koʻtarilish uzunligi 300 m dan katta boʻlgan uchastkalarda qoʻshimcha harakat polosasi nazarda tutiladi. Ikki yoki uch polosalik yoʻlga oʻtish va qaytish uzunligi kami bilan 70 m belgilanadi.
Shunda 300 m li koʻtarilishda qoʻshimcha polosani uzunligi 440 m tashkil etadi. Ishni bajarish tartibi.
Talabalar guruhlarga boʻlinib rejadagi kichik radiusli egri yoʻlga chiqib, mavjud holatni oʻrganishadi. Egri uchastkalarda xavfsizlikni taʼminlash uchun radiusni kattalashtirish talab etilsayu, lekin uning iloji boʻlmasa, unda egri uchastkalarda harakat tezligini pasaytirish va xavfsizlikni oshirish uchun «shovqin chiqaruvchi», «silkituvchi» yoki «sunʼiy noravonlik» koʻndalang tasmalar qurilishi koʻzda tutilishi mumkin.
Avtomobil yoʻlining egri boʻlagida xavfsiz harakatni tashkil etishda yoʻl belgi chiziqlari haydovchilarga qanday yoʻnalishi bilan harakatlanishni aniq koʻrsatib beruvchi asosiy yoʻnaltiruvchi vosita boʻlib xizmat qiladi. Yoʻl belgi chizigʻini qay tarzda belgilash egrining burilish burchagiga, radiusiga, koʻrish masofasiga va tasmalar soniga bogʻliq. Talabalar meʼyoriy hujjatlarga asosan xavfsiz harakatni tashkil etish sxemasini tuzishadi va xulosa yozishadi.
|
| |