|
Avtomobil yoʻllarida harakat xavfsizligini tashkil etish bugungi kundagi muhim muammolardan biriga aylanib bormoqda
|
bet | 19/25 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 2,05 Mb. | | #240497 |
Bog'liq AYXXavfsizligi.uslubiy ko\'rsatma.yangisi.1Svetoforlarning 4-turi reversiv polosalarning boshlanish joyida harakatni maʼlum vaqtlarda boshqarib turishda qoʻllanadi.
Svetoforlarning 5-turini tramvay, shuningdek, faqat maxsus ajratilgan polosalardan harakatlanayotgan avtobus va trolleybuslar harakatini ziddiyatsiz boshqarishda ishlatiladi. Temir yoʻldan oʻtish joylarida ochiladigan (siljiydigan) koʻpriklarda, parom bilan oʻtish joylarida va maxsus transport vositalari yoʻllarga chiqadigan joylarda 6-tur svetoforlar oʻrnatiladi.
1 тур 2-тур 3 тур
4-тур 5-тур
6-тур
7-тур 8-тур
12.1-rasm. Svetofor turlari.
7-tur svetoforlari boshqarilmaydigan chorrahalarda yoki piyodalar oʻtish joylarida ishlatiladi.
Svetoforlarning 8-turi korxona va tashkilotlar hududida harakatni boshqarishda va yoʻllarda qatnov qismining toraygan joylarida oʻrnatiladi.
LED svetoforlar
T.9 – velosipedchilarning velosiped yoʻlining kesishgan qismida yoki harakatlanuvchi piyodalar oʻtish joyida harakatlanishini tartibga solish uchun,
T.10 – temir yoʻl kesishmalarida harakatni tartibga solish uchun foydalaniladi.
Piyodalarning ziddiyatsiz harakatini boshqarish uchun 1 va 2-tur piyodalar svetoforlari oʻrnatiladi.
Transport svetoforlarining 1 va 2-turlari hamda piyodalar svetoforlari quyidagi 4 shartdan hech boʻlmasa bittasi bajarilgan holda oʻrnatiladi.
|
| |