|
Avtomobil yoʻllarida harakat xavfsizligini tashkil etish bugungi kundagi muhim muammolardan biriga aylanib bormoqda
|
bet | 24/25 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 2,05 Mb. | | #240497 |
Bog'liq AYXXavfsizligi.uslubiy ko\'rsatma.yangisi.1Ikkinchi tamoyil boshqariladigan chorrahalarda uchraydi. Bunda piyodalar harakatini svetofor yoki tartibga soluvchi shaxs yordamida qatnov qismi ustida amalga oshiriladi. Buning uchun chorraha yoki tutashma mintaqasida yoʻl belgi chizigʻi yordamida (1.14.3 belgisi) piyodalar oʻtish joyi belgilanib, ularning harakatini tartibga solish uchun boshqa yoʻl belgilari (1.20; 5.16.1 va 5.16.2) va piyodalar svetofori yoki transport svetoforlaridan foydalaniladi. Hozirgi kunda Oʻzbekistonning koʻpchilik shaharlarida piyodalar harakati shu tamoyil boʻyicha tashkil etilgan.
Uchinchi tamoyil avtomobil yoʻllari aholi yashash joylaridan oʻtganda va shaharlardagi mahalliy ahamiyatdagi koʻchalarda qoʻllaniladi. Bu turdagi piyodalarning harakatini tashkil etishda boshqarilmaydigan chorraha va tutashmalarda piyodalarning oʻtish joylari 1.14.1 yoki 1.14.2 yoʻl belgi chizigʻi va 1.20; 5.16.2 yoʻl belgilari bilan jihozlanadi. Chorrahalar va tutashmalar oraligʻida piyodalar trotuar boʻylab yoki avtomobil yoʻlining yoqasidan bir yoki ikki taraflama harakatlanishlari mumkin. Bunday harakat tashkil qilingan chorrahalarda va yoʻl boʻlaklarida piyodalar transport vositalarining harakatlanishiga har taraflama salbiy taʼsir koʻrsatib, koʻplab YTHlar vujudga kelishiga, shuningdek, transport vositalari tezligi pasayishiga sababchi boʻladilar.
Avtomobil yoʻllarining aholi punktlaridan oʻtgan uchastkalarida harakatlanish uchun birmuncha noqulayliklar vujudga keladi. Ular asosan mahalliy harakatning koʻpligi, piyodalarning harakati, jamoat transportlarining toʻxtash joylari mavjudligi, yoʻl yaqinida joylashgan har xil binolar borligi «tranzit» avtomobillarning oʻtishiga katta xalal beradi.
Oʻzbekiston yoʻl tarmoqlarining 55–95%i aholi yashaydigan punktlardan oʻtgan boʻlib, Rossiya va Ukraina yoʻl tarmoqlaridagi xuddi shunday koʻrsatkichga nisbatan 2–2,5 barobar koʻp demakdir.
Harakat miqdori aholi yashaydigan joydan oʻtgan uchastkalarda 8–15, ayrim hollarda esa 20 ming avt/sut. boʻlishi mumkin. Jamlovchi halokatlik koeffitsiyentlar yigʻindisi baʼzi bir hollarda 180–350 miqdorga etadi yoki bu meʼyordagi koʻrsatkichdan 4,5–7 marta koʻpdir. Yana shuni aytib oʻtish kerakki, Toshkent viloyatida avtomobil yoʻllari yoqasida aholi punktlarining joylashib borishini 1960–
2020 y. ichida tahlil qilganimizda aholi punktining yoʻl yoqasida yildan-yilga oʻsib borishi yoʻlning ahamiyatiga qarab 4,5–12,0 % tashkil qilar ekan.
|
| |