• Nazariy qism.
  • Ishni bajarish tartibi.
  • Avtomobil yoʻllarida harakat xavfsizligini tashkil etish bugungi kundagi muhim muammolardan biriga aylanib bormoqda




    Download 2,05 Mb.
    bet13/25
    Sana17.05.2024
    Hajmi2,05 Mb.
    #240497
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
    Bog'liq
    AYXXavfsizligi.uslubiy ko\'rsatma.yangisi.1

    8-Amaliy mashgʻulot


    Mavzu: Transport oqimi tezligining yoʻl sharoitiga bogʻliqligini tahlil qilish.
    Topshiriq. Talabalar transport oqimi tezligiga taʼsir qiluvchi tutashmalarda, gorizontal egriliklarda, piyodalar oʻtish joylarida avtomobillarni tezligini aniqlaydi va baholaydi.
    Nazariy qism.
    Transport vositalarining va oqimning harakat tezligi «A-H-Y-P-M» tizimiga koʻpdan bogʻliq boʻlib, tezlikni tanlash ikkita mezon orqali amalga oshiriladi: 1) eng kam vaqt sarflash; 2) harakat xavfsizligini taʼminlash. Bunda albatta haydovchining mahorati, ish staji, psixofizik holati, harakatlanish maqsadi tezlikni tanlashga taʼsir koʻrsatadi. Shuningdek, tezlikning oʻzgarishiga avtomobilning texnik holati, yoʻl sharoiti, atrof-muhit holati va piyodalar harakati katta taʼsir koʻrsatadi. Amalda yoʻl sharoiti koʻtarilish, tushish, rejada kichik egriliklardan, koʻrinish masofasi normadan past, vertikal egriliklardan tashkil topadi, shuningdek, harakat miqdori va tarkibi har xil boʻlishi oniy tezlikning qiymatiga taʼsir koʻrsatadi. Real yoʻl sharoitlarida yakka holda harakatlanayotgan avtomobillarning tezligi 150–120 km/soatdan 40–30 km/soatgacha oʻzgarishi mumkin.
    Shahar yoʻllari va koʻchalarida tezlikni oddiy sekundomer, «Fara», «Baryer», «Toʻpponcha» kabi tezlik oʻlchovchi asboblar hamda har xil avtomatik datchiklar yordamida, shuningdek, kinosyomka usuli bilan oʻlchanadi.
    Harakatni tashkil qilish maqsadida eng sodda va qulay boʻlgan sekundomerdan tezlik oʻlchashda keng foydalaniladi.
    Ishni bajarish tartibi.
    Transport oqimi tezligiga taʼsir qiluvchi yoʻl obyektlarida (kesishmalar, tutashmalar, gorizontal egriliklar, piyodalar oʻtish joyi, avtobus bekatlari va boshqalar) talabalar avtomobillarni tezligini aniqlashadi. Talabalar tutashmalarda
    — tutashmagacha 20 m oraliqda, tutashmadan oʻtayotganda 10 m oraliqda va tutashmadan keyin 20 m oraliqda yengil avtomobillar necha tezlikda (50 tadan avtomobil tezligi olinadi) harakatlanayotganligini aniqlashadi. Gorizontal egriliklarda esa egrigacha 50 m oraliqda, egridan oʻtayotganda egri uzunligiga teng masofada va egridan keyin 50 m oraliqda yengil avtomobillar necha tezlikda (50 tadan avtomobil tezligi olinadi) harakatlanayotganligini aniqlashadi. Piyodalar oʻtish joyiga yaqinlashishda piyodalar oʻtish joyigacha 50 m oraliqda, piyodalar oʻtish joyidan oʻtayotgandagi tezligi 10 m masofada va piyodalar oʻtish joyidan keyin 50 m oraliqda yengil avtomobillar necha tezlikda (50 tadan avtomobil tezligi olinadi) harakatlanayotganligini aniqlashadi.
    Transport vositalarining harakat tezligini Sekundomer bilan oʻlchash uchun yoʻlning chorraha va toʻgʻri qismlarida maʼlum bir masofa belgilab olinadi. Asosan oʻlchov masofasining uzunligi 50 metrdan (harakat tezligi kichik boʻlgan joylarda) — 150 metrgacha (harakat tezligi yuqori boʻlgan joylarda) belgilanadi. Transport vositalarining kirish va chiqish vaqtini aniq belgilash uchun yoʻl yoqasiga oq-qora rangli boʻyoq bilan boʻyalgan ishora tayogʻi oʻrnatiladi yoki yoʻlning qatnov qismiga koʻndalang belgi chiziqlari tushiriladi.
    Kuzatuvchi transport vositasining oldi bamperi oʻlchov chizigʻiga kirganda daqiqa oʻlchagichni ishga tushiradi va oʻlchov masofasidan chiqishda uni toʻxtatadi.
    Tezlikni oʻlchashdan olingan qiymatlar 8.1-jadvalga yoziladi. Harakat tezligi toʻgʻrisidagi natijalar matematik statistika usuli yordamida qayta ishlanadi. Olingan natijalarni statistik qayta ishlash misoli 8.2-jadvalda koʻrsatilgan. Statistik tahlilning birinchi bosqichi bir-biriga eng yaqin qiymatlarni turkumlarga birlashtirishdan iborat. 8.2-jadval qiymatlaridan foydalanib taqsimot egriligi va jamlangan taqsimot egrilik grafiklari quriladi.
    8.1-jadval Avtomobillarning harakat tezligini aniqlash

    Transport vositalarining soni, dona

    Oʼtish vaqti,

    Harakat tezligi

    t, sek

    V, m/sek

    V, km/soat.

    1




    2




    3




    ...




    ...




    ...




    ...




    150





    Download 2,05 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




    Download 2,05 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomobil yoʻllarida harakat xavfsizligini tashkil etish bugungi kundagi muhim muammolardan biriga aylanib bormoqda

    Download 2,05 Mb.