Avtomobil yoʻllarida harakat xavfsizligini tashkil etish bugungi kundagi muhim muammolardan biriga aylanib bormoqda
AYXXavfsizligi.uslubiy ko\'rsatma.yangisi.1
16
17 Yoʻl xoʻjaliklari oʻz tasarrufida boʻlgan avtomobil yoʻllarida yuz bergan (asosan yoʻl sharoiti kamchiligi bilan) YTX hisobga olib, uni YTX-1 shaklida 5.1jadval koʻrinishida qayd etiladi. 5.1-jadval Korxona rahbari __________________ HXB boshligʻi _______________ F.I.Sh. F.I.Sh. Kimga __________________________________________________________________ (oluvchining nomi va manzilgohi) YTH-1 formasi Korxona nomi ___________________________________________________________ Korxona manzilgohi ____________________________________________________________ YTH boʻyicha hisobot ______________________________________________________ YTHning hammasi ____________________________________________________________ (yoʻlning xizmat koʻrsatilayotgan joyidagi hamma YTHlar koʻrsatiladi) Shu jumladan, yoʻl sharoitiga bogʻliq boʻlgan YTH _________________________________ (yoʻl sharoitiga bogʻliq hamma YTH) YTH rasshifrovkasi, yoʻlning _______________________________________________bogʻliq.
Viloyat yoʻl boshqarmasi boshligʻi Viloyat YHXB dan vakil 6-Amaliy mashgʻulotMavzu: Yoʻl-transport hodisalari natijasida vujudga keladigan iqtisodiy zararni hisoblash. Topshiriq. Talabalar mavjud yo‘llarda sodir bo‘layotganyoʻl-transport hodisalari natijasida vujudga keladigan iqtisodiy zararni hisoblashadi va xulosa yozishadi. Nazariy qismHarakat xavfsizligini oshirish uchun bajariladigan ishlar koʻlamini va YTH natijasida xalq xoʻjaligiga yetkaziladigan zararni aniqlash SQM 3-81 «Avtomobil yoʻllarini loyihalashda yoʻl-transport hodisalaridan xalq xoʻjaligiga keladigan zararni hisobga olish yoʻriqnomasi»ga asosan olib borilishi maqsadga muvofiq. Quyida bu yoʻriqnomaga binoan YTHda yetkazilgan zararni hisoblashni keltiramiz. YTH natijasida boʻladigan zararni aniqlash. Harakat xavfsizligini yaxshilash uchun bajariladigan ishlarning koʻlamini aniqlashda YTH natijasida xalq xoʻjaligiga keltirilgan zararni baholash zarur. Ishni bajarish tartibi Davlat statistikasiga kiritilmaydigan bitta YTHdan keladigan zararni quyidagi formula orqali hisoblash mumkin: П = 𝑆 + П1 + П2 (6.1) bu yerda, S – transport vositasining, yoʻl sharoitlarining yoki ortilgan yuklarning buzilishidan boʻladigan zarar; П1 – YTH boʻlgan joyda boshqa oʻtayotgan transportlar yoʻqotadigan vaqtdan va yoʻlning harakat qismini tozalashga sarflanadigan xarajatlar; П2 – YHXB tomonidan ketadigan xarajatlar. Davlat statistikasiga kiritiladigan bitta YTH boʻladigan oʻrtacha zararni quyidagi formulaga asosan aniqlash mumkin: П1 = Пепе + Попо + Пхпх + 𝑆1 + П11 + П12 ; soʻm (6.2) bu yerda: Пе, П0, П𝑥 – YTHda odam ishtirok etgan vaqtda yengil, ogʻir jarohatlardan va halok boʻlishi natijasida xalq xoʻjaligi koʻradigan zararlar; 𝑛е, 𝑛0, 𝑛𝑥– bitta YTH oʻrtacha yengil, ogʻir jarohat koʻrganlar yoki halok boʻlganlar sonini hisobga oluvchi koeffitsiyentlar, bu koeffitsiyentlar shahardan tashqaridagi yoʻllar uchun 𝑛0 = 0,06, 𝑛0 = 0,758, 𝑛𝑥 = 0,182; 𝑆1, П11, П12 – mos ravishda S,П1,П2–oldingi maʼnodagi koʻrsatkichlar. Iqtisodiy hisoblarda xalq xoʻjaligi koʻradigan jami zararni quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi: П (6.3) bu yerda: 𝑚𝑡 – jarohatlanish ogʻirligini hisobga oluvchi jamlovchi koeffitsiyent; 𝑁 – oʻrtacha yillik harakat miqdori, avt/sut; 𝐿 – yoʻl uzunligi, km; 𝐶𝑛𝑡7,5 – 7,5 m qatnov qismiga toʻgʻri keladigan zararning hisobiy miqdori, tiyin/avtkm; ЕНП – har xil vaqtlarga toʻgʻri keladigan xarajatlarni keltirish meʼyori, 0,08. Yuqorida keltirilgan 𝑚𝑡, 𝐶𝑛𝑡, ЕНП qiymatlarini t yillar oʻzgarishi boʻyicha «MShN» 25-05 meʼyoriy hujjatdan yangi narxlarni hisobga olgan holda qabul qilish mumkin. 7-Amaliy mashgʻulotMavzu: Yoʻl-koʻcha sharoitida oʻrnatilgan texnik vositalarni meʼyoriy talablarga mosligini oʻrganish Topshiriq: Talaba berilgan topshiriqqa asosan yoʻl-koʻcha sharoitida oʻrnatilgan texnik vositalarni meʼyoriy talablarga mosligini oʻrganib xulosa yozishadi. Nazariy qismOʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanishdagi yetti guruhdagi: ogohlantiruvchi, imtiyoz, taqiqlovchi, buyuruvchi, axborot-koʻrsatuvchi, servis, qoʻshimcha axborot yoʻl belgilari Venada 1968 yil qabul qilingan yoʻl belgilari Konvensiyasiga va bu Konvensiyani toʻldiruvchi Jenevadagi 1971 yil Yevropa kelishuvi talablariga toʻliq mos keladi. Avtomobil yoʻllarida va shahar koʻchalarida yoʻl belgilarini oʻrnatish OʻzDSt----- :2023, ularning oʻlchamlari esa OʻzDSt 3283:2022 talablariga javob berishi kerak. Avtomobil yoʻllarida yoʻl belgilari quyidagi ketma-ketlikda oʻrnatilishi kerak: koʻrsatuvchi (axborot-koʻrsatuvchi); imtiyoz; servis va tablichkalar; ogohlantiruvchi; buyuruvchi; taqiqlovchi. Ishni bajarish tartibi. Talabalar guruhlarga boʻlinib Toshkent shahar koʻchalariga chiqishadi. Koʻcha yoki yoʻlning 1 km qismini(ikki chorraha orasidagi masofani olsa ham boʻladi) tanlab olishadi. Ushbu yoʻlda oʻrnatilgan, mavjud boʻlgan barcha texnik vositalarni (yoʻl belgilarini, yoʻl svetoforlarini, avtobus bekatlarini, sunʼiy notekisliklarni, yoʻl chiziqlarini, yoʻl toʻsiqlari va yoʻnaltiruvchi qurilmalarni) oʻrnatilishi OʻzDSt----- :2023 “Yoʻl harakatini tashkil etish texnik vositalari” meʼyoriy hujjat talablariga mosligini oʻrganishadi. Yoʻlning koʻndalang kesimida va rejadagi koʻrinishida mavjud oʻlchamlar qoʻyiladi va talaba meʼyoriy hujjat boʻyicha tavsiya qilgan yoʻlning koʻndalang kesimi va rejadagi koʻrinishini chizib, xulosa yozishadi. а) б) в) 7.1-rasm. Aholi yashash joylarida yoʻl belgilarini koʻndalang kesimda joylashtirishga misol. 7.2-rasm. Oʻrnatilgan texnik vositalarni rejada joylashtirishga misol Download 2,05 Mb.
|
Bosh sahifa
Aloqalar Bosh sahifa Avtomobil yoʻllarida harakat xavfsizligini tashkil etish bugungi kundagi muhim muammolardan biriga aylanib bormoqda
|