Bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasi respublikamizning rivojlanishida muhim o‘rin tutib kelmoqda




Download 58.5 Kb.
bet2/2
Sana29.03.2023
Hajmi58.5 Kb.
#47384
1   2
Bog'liq
10-Maruza
Ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilarning shaxslari, 63218 ОН (1), 63218 ОН, 7, срс сыртлары, Lec 7 Understanding and Interpreting Bod, 3-mavzu Konsultatsiya bosqichlari Reja, 0bbc7731eaf74a069941de71b8f18224cd61b755 (4), 8-amaliy mashg’ulot, Kurs jumisi, 7 sinf 8 mavzu Loyiha xususiyatini ishlab chiqish, 23 tema, 1. xDsl abonent kirish tarmog‘i texnologiyasi. Iad integrallasht-hozir.org, bahadir
UZILISHLAR
Uzilishga ishlov beruvchi  modul  OS  tarkibiga  kiritilgan asosiy modullardan biri hisoblanadi. U foydalanuvchi dasturi bilan aloqani ta'minlaydi. Uzilishga ishlov beruvchi modul operativ xotiraga yuklanadi va u yerda kompyuter bilan ishlash seansi vaqtida saqlanib turadi. Bu modul komponentalari qism dasturlardan iborat bo`lib fayl sistemasi ishlashini, disk bilan berilganlarni almashishni va shu bilan birga maxsus holatlarni tahlil qilishni ta'minlaydi. Amaliy dasturdan bu qism dasturlarga murojaat qilinganda uzilishga ishlov beruvchi modul bajariladigan amallar parametrini oladi, uni tahlil qiladi va holatni ko`rinishiga qarab kerakli modullarga bir yoki bir necha murojatni hosil qiladi.
Amaliy dasturlarni ishga tushirish tashqi buyruqqa murojaat qilgandek amalga oshiriladi. Buyruq protsessori funksiyasiga buyruq fayllarini ishlatish ham yuklatilgan. Buyruq faylning birontasi OS ni yuklagandan so`ng avtomatik tarzda bajariladi va foydanuvchiga faoliyat muhiti sozlanganligi haqida dalolat beradi. Avtomatik tarzda bajariladigan buyruq foylalanuvchi ehtiyojiga qarab sistemali dasturchi tomonidan yaratiladi. Buyruq  protsessori  berilgan satrda yozilgan berilganlarni ketma-ket o`qiydi va tahlil qiladi. Berilganlar buyruq, tamg`a yoki izohdan iborat bo`lishi mumkin. Agar navbatdagi  satrda  biron  bir  dasturga  murojat qiluvchi buyruq bo`lsa, buyruq fayl ishini to`xtatib turiladi va chaqirilgan dastur bajariladi.  Dastur  o`z  ishini yakunlagandan so`ng buyruq fayl o`z ishini davom ettiradi.
Buyruq protsessori xotiraga yuklanganda ikkita, doimo xotirada saqlanadigan rezedent va xotiraning foydalanuvchi uchun ochiq bo`lgan norezedent  qismga  bo`linadi.  Bunda ixtiyoriy dastur buyruq protsessorining norezedent qismini  o`chirib  yuborishi  mumkin.  Bu dastur o`z ishini yakunlaganda boshqaruv har doim buyruq protsessorining rezedent qismiga uzatiladi va u sistema diskidan yuklash orqali buyruq faylining norezedent qismini tiklaydi.  OS aynan shu ko`rinishda tashkil qilinganligi  sababli  qattiq  disk  resurslari yetarli  bo`lmasa yoki u umuman bo`lmasa sistemali yumshoq disk bo`lishi shart va u ishga tayyor holatda bo`lishi kerak.  OS normal  ishlashini  ta'minlash  uchun  qattiq yoki  yumshoq disk o`rniga operativ xotirada tashkil qilingan virtual diskdan foydalanish mumkin.
OS tashqi  buyruqlari diskda alohida saqlangan dasturlar yordamida bajariladi. Ixtiyoriy OS ga turli amallarni bajarishga mo`ljallangan o`nlab dasturlar kiritilgan. Masalan, barcha OS larga kiritilgan qurilma drayveri deb nomlanadigan maxsus rezedent dasturlar kiritish-chiqarish sistemasini to`ldirish uchun qo`llaniladi. Drayverlar qo`shimcha tashqi qurilmalarni yoki mavjud qurilmalarni nostandart ishlatilishini ta'minlab beradi.  Real OS loyihalanganda fizik qurilmalar imkoniyatlari foydalanuvchi talabiga to`liq javob bera olmasa maxsus rezedent dasturlar yaratib kompyuter imkoniyatlarini kuchaytirish mumkin.
Mavjud OS ning bir-biridan farqi «sistema darajasi» bilan aniqlanadi.  Ya'ni konkret tipdagi kompyuter uchun mos OS qurish (ko`chirish) bilan aniqlanadi.  Bunda OS tannarxi kompyuter arxitekturasi, unga kirgan qurilmalar, berilganlarning ichki ko`rinishi bilan birga OS tarkibiga kiritilgan imkoniyatlarga bog`liq bo`ladi. Qaralayotgan  OS larning farqini faqat professional (sistemali) dasturchigina  farqlay oladi.  Odatda oddiy foydalanuvchiga bunday farqlar sezilmaydi. Bunday farqlar xotira hajmi,  berilganlarga ishlov  berish  vaqti,  sistema imkoniyatlari va ishonchliligi bilan aniqlanadi.
Sistemada bajariluvchi dastur jarayonni tashkil qiladi. Jarayon-bu holatlarning yagona ketma-ketligidir. Jarayon bilan kompyuter resurslari va fayllar bilan bog`liq bo`ladi. Fayl-berilganlar va dasturiy bo`lishi mumkin. Jarayonda qatnashgan har bir fizik resurs albatta mavjud bo`lishi shart. Yangi jarayonni tashkil  qilishda  eski jarayondan nusxa olish yo`li bilan ham tashkil qilish mumkin, bu xolatda yangi jarayonning tugallanishi eski jarayon orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Har bir jarayon o`z jarayonini yangi jarayon bilan almashtirib boshqaruvni yangi jarayonga berishi ham mumkin.
Ritchi va Tompson (1978) terminologiyasiga asosan dastur bajariladigan muhit- holat(obraz) deyiladi. Holat tarkibiga dastur va unga bog`liq bo`lgan berilganlar,  ochiq fayllar holati va joriy mundarija kiradi. Holat atributiga foydalanuvchi tomonidan kiritilgan ayrim identifikatorlar foydalanuvchi uchun ochiq deb  hisoblanadi.  Jarayonning  bunday tashkil qilinishi foydalanuvchiga qo`shimcha mamumot berish va jarayonga aralashish imkoniyatini beradi. Shuni aytish  kerakki barcha jarayonlar uchun ham foydalanuvchi atributi mavjud emas. Bunday holat jarayon yaratgan jarayonlarda vujudga keladi.  Bunday  jarayonlarga foydalanuvchi aralashuvi maxsus sistemali buyruqlar asosida amalga oshirilishi mumkin.  Jarayon-bu loyihaning bajarilishi.  Sistemada jarayonga ko`makchi jarayonlar mavjud bo`ladi.
Sistemadagi ko`pgina jarayonlar kutish holatiga o`tishi berilganlarni kiritish va chiqarish yoki biron bir bir sistemali funksiyani bajarilishini kutish bilan bog`liq bo`ladi. Har bir real sistemada bir vaqtda mavjud bo`lgan jarayonlar chegaralangan.  Bu holat ko`proq kompyuterning real fizik imkoniyatlaridan kelib chiqadi.
Download 58.5 Kb.
1   2




Download 58.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasi respublikamizning rivojlanishida muhim o‘rin tutib kelmoqda

Download 58.5 Kb.