• 2-modda. Elektron hukumat to‘g‘risidagi qonunchilik
  • 3-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: elektron hukumat
  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI




    Download 67.5 Kb.
    bet2/4
    Sana28.03.2023
    Hajmi67.5 Kb.
    #47185
    1   2   3   4
    Bog'liq
    maqola1.

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
    QONUNI

    ELEKTRON HUKUMAT TO‘G‘RISIDA
    Qonunchilik palatasi tomonidan 2015-yil 18-noyabrda qabul qilingan
    Senat tomonidan 2015-yil 3-dekabrda ma’qullangan
    1-bob. Umumiy qoidalar
    1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
    Ushbu Qonunning maqsadi elektron hukumat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
    Oldingi tahrirga qarang.
    2-modda. Elektron hukumat to‘g‘risidagi qonunchilik
    Elektron hukumat to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
    Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining elektron hukumat to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.[1]
    3-modda. Asosiy tushunchalar
    Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
    elektron hukumat — davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi;
    Oldingi tahrirga qarang.
    davlat xizmati — ariza beruvchilarning so‘rovlariga ko‘ra amalga oshiriladigan, davlat organlarining vazifalarini bajarish bo‘yicha ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat. Agar qonunchilikka muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatish funksiyalari boshqa tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa, ular ham davlat xizmatini ko‘rsatishlari mumkin;[2]
    so‘rov — ariza beruvchining davlat xizmati ko‘rsatilishi to‘g‘risida davlat organlariga yuboriladigan talabi;
    ariza beruvchi — davlat organiga so‘rov bilan murojaat etgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
    idoralararo elektron hamkorlik qilish — davlat organlari o‘rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida ma’lumotlar almashish;

    Download 67.5 Kb.
    1   2   3   4




    Download 67.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

    Download 67.5 Kb.