Bugungi kunga kelib oldimizga qo‘yilgan asosiy vazifa xalqimizning moddiy va ma’naviy hamda madaniy saviyasini oshirishdan iborat




Download 0.58 Mb.
bet1/7
Sana19.12.2022
Hajmi0.58 Mb.
#36086
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kvars generatorlari


KIRISH
Bugungi kunga kelib oldimizga qo‘yilgan asosiy vazifa xalqimizning moddiy va ma’naviy hamda madaniy saviyasini oshirishdan iborat. Bu muhim vazifani hal qilish uchun ishlab chiqariliyotgan mahsulotlar sifatini ko‘tarish, ishlab chiqarish korxonalarining mahsuldorligini oshirish, ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilish lozim. Og‘ir sanoat, radiotexnika sanoati va radiomexanika tizimida yangi texnologiyalar, shu jumladan, kompyuter texnologiyalarining joriy qilinishi yangi element bazalari, mexanizatsiya va avtomatizatsiya hamda mahsulot sifatini nazorat qilish tizimini yangilashni talab qiladi. Radiotexnikaning rivojlanishi bevosita uning asosiy bazasi bo‘lgan elektronika va mikroelektronikaning rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Mikroelektronikaning yaratilishi radiotexnika sohasida ham katta o‘zgarishlarga olib keldi. Shundan so‘ng elektronika aniq ikki qismga, ya’ni katta quvvatli radioelektronika va mikroelektronikaga ajraldi. Mikroelektronikaning vazifasi ko‘pgina yarim o‘tkazgichli asboblarni hamda bo‘linmaydigan, ma’lum darajada radiosxemalarni o‘z ichiga olgan, kam quvvatli qurilmalarni yaratishdan iborat. Keyingi paytlarda radiotexnikaning rivojlanishi bilan yangi sohalar ham vujudga keldi. Bularga optoelektronika va akustoelektronika, robototexnika sohalarini misol qilib keltirish mumkin. Optoelektronika elektromagnit to‘lqinlar shkalasidan joy olgan optik diapazondan axborotni uzatish va qabul qilishda foylanish imkoniyati borligi bilan bog‘liqdir. Akustoelektronika sohasida ishlaydigan qurilmalarda elektromagnit to‘lqinlar bilan birgalikda elastik, ya’ni tovush to‘lqinlaridan keng foydalanilmoqda. Ma’lumki, ko‘p yillardan buyon maktab va kollejlarda yoshlarga bilim asoslarini o‘rgatish ularga umumiy texnik ta’lim berish bilan birgalikda olib borilmoqda. Endilikda ishlab chiqarishda qo‘l mehnati kamayib, mexanizatsiya va avtomatlashtirishning roli ortib ketdi. Bu esa ba’zi kasblarning yo‘qolib borishiga va ayrim yangi kasblarning paydo bo‘lishiga olib kelmoqda. Hozirgi zamon sanoatini, xalq xo‘jaligini, maishiy xizmatni radioelektron apparatlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda soha mutaxassislarini tayyorlashda radiotexnika va elektronika tushunchasiga ega bo‘lish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchilarni kasbga yo‘naltirishda, sinfdan tashqari ishlarni bajarishda (masalan, to‘garaklar), fanlarni o‘qitishda turli xil texnik vositalardan foydalanish va ularni samarali texnik qarovdan o‘tkazishda, kollej yoki maktab ustaxonalarida turli xil mexanizmlar bilan ishlashda, uy-ro‘zg‘ordagi elektron asboblarni ishlatishda va shunga o‘xshash ko‘pgina sohalarda radioelektron apparaturalarni yig‘ish, montaj qilish va ta’mirlash fanidan olingan bilimlarining roli kattadir. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2016-yil 27-yanvardagi «Radioelektron ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi buyrug‘i ahamiyatlidir. Zamon talablariga javob beruvchi, ilm-fan yutuqlaridan boxabar yosh kadrlar Vatanimiz ravnaqi yo‘lida oldimizga qo‘yilgan vazifalarni hal qilishda, shubhasiz, yetakchi kuch sanaladi. Yuqorida aytib o‘tilgan dolzarb masalalar yechimlarini o‘z ichiga imkon qadar qamrab olgan ushbu o‘quv qo‘llanma sohaga talab etilayotgan kadrlarni shakllantirishga yordam beradi, degan umiddamiz. O‘quv qo‘llanmada o‘quvchilar radiotexnik va radioelektron apparaturalarni ishlatish, ta’mirlash va ulardan foydalanish, zamonaviy radiotexnik vositalarga servis xizmat ko‘rsatish hamda radiotexnik tizim tarkibiga kiruvchi qurilmalarning tuzilishi bo‘yicha yetarli nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar. Sohani mukammal egallagan o‘quvchi-talabalar respublikamiz xalq xo‘jaligining «O‘zaeronavigatsiya», «O‘zteleradio» va shu kabi sohalarida, maxsus aloqa tarmoqlari va kasb-hunar kollejlarida faoliyat yuritishlari mumkin.


KIRISH
Avtogenerator aloqa qurilmalarida radio uzatish, televideniya, o‘lchov asboblari, hisoblash texnikasi qurilmalarida va hakozo sohalarda keng qo‘llaniladi. Har qanday avtogenerator bu ta’minlash manbayi energiyasini radio chastotali tebranishlar energiyasiga aylantirib beruvchi qurilmadir.
Avtogenerator – bu ta’minlash manbayi kuchaytiruvchi asbob (aktiv element tranzistor) tebranuvchi tizim (tebranuvchi konturi) va teskari bog‘lanish zanjiri (musbat bog‘lanish) qismlaridan tashkil topgan bo‘ladi. Aktiv element sifatida avtogeneratorlarda elektron lampalar, bipolyar maydonli tranzistorlar va boshqa asboblar qo‘llaniladi. Odatda sunmas tebranishlarni hosil qilish jarayoni va uni ushlab turish avtogenerator tarkibidagi musbat teskari bog‘lanish zanjiri hisobiga amalga oshiriladi. Avtogeneratorlarni tunnel diodlari, uta yuqori chastotali varikaplar va boshqa asboblar vositasida ham tuzish mumkin.
Ushbu bitiruv malakaviy ishi bipolyar tranzistorlar asosida tuzilgan sinusoidal tebranishlar generatorlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan.
Avtogeneratorlarga qo‘yiladigan asosiy talab bu generatsiyalanayotgan tebranishlar chastotasining yuqori stabilligi va chiqish tebranishlari chastota sperktri yuqori bo‘lishi (fazali shovqinlar quvvatining spektral zichligining kichik bo‘lishi) talab qilinadi.


Download 0.58 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 0.58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bugungi kunga kelib oldimizga qo‘yilgan asosiy vazifa xalqimizning moddiy va ma’naviy hamda madaniy saviyasini oshirishdan iborat

Download 0.58 Mb.