Mamlakatimiz umumta’lim maktablari uchun tuzilgan dastur tabiiy zonalarni o’rganishni shimoldan janubga qarab emas, balki janubdan shimolga tomon olib borishni




Download 203.13 Kb.
bet9/13
Sana04.06.2023
Hajmi203.13 Kb.
#69713
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Tuyliyeva Dilnoza
4 ozb akme, ma\'lumotnoma, Saralangan insholar, 217943265.pptx (1), navbatchilik, pedagogika va psixologiya kafedrasi, DAXIRY SISTEMASINING VIII-B GURUH ELEMENTLARI PO’LAT VA CHO’YAN, Abdisattorova Ozoda Shuhratovna, DIFFERENSIAL TENGLAMALARNI TAQRIBIY YECHISH USULLARI.(EYLER, RUNGE-KUTTA, KETMA-KET YAQINLASHISH, ADAMS METODI, TEYLOR FORMULASI). DIFFERENSIAL TENGLAMALARNING AMALIY MASALALAR, 2 5224474317084950557, Jizzax viloyati, Dasturlash. 1-Amaliy ish, Kundalik, BB MUSTAQIL TA'LIM топшириғи (1), G.Sel’ening stress va distress xakidagi ta`limoti.
Mamlakatimiz umumta’lim maktablari uchun tuzilgan dastur tabiiy zonalarni o’rganishni shimoldan janubga qarab emas, balki janubdan shimolga tomon olib borishni tavsiya qiladi. Bu o’qitishning muhim tamoyili–“Yaqindan uzoqqa boorish”tamoyili bilan taqozo qilinadi. O’z o’lkasini o’rgana turib, avval o’zining tabiiy, ya‘ni eng janubiy zona to’g’risidagi bilimlarni umumlashtiriladi, keyin esa bolalarni o’z atrofidan chetdagi boshqa tabiiy zonalarga olib boriladi. Daftarlarda har bir tabiiy zonani xarakterlovchi yozuvlar qilish, bezak tanlash yoki rasm chizish, o’simlik va hayvonlarning nomlarini yozish va shu kabilarni qilish kerak bo’ladi.
Vatanimiz bo’ylab sayohat” mavzusini o’rgana turib, o’qituvchi tabiat muhofazasi bo’yicha qonuniy hujjatlar, ularni har biri fuqaro tomonidan bajarilishi zarurligi to’g’risida gapirib berishi kerak. Mavzuda alohida e‘tibor inson tomonidan tabiat boyliklaridan oqilona foydalanishiga qaratiladi. Tabiat muhofazasiga oid
masalalar tabiatshunoslikning deyarli barcha bo’limlariga daxllidir. Mavzuning asosiy masalasi - tabiat muhofazasi to’g’risidagi ilgarigi darslarda bayon qilingan ayrim ma‘lumotlarni bildirish, tabiat muhofazasi bo’yicha qanday tadbirlar o’tkazilayotganligini ko’rsatishdir.
Tabiat muhofazasining ma‘nosi va ahamiyatini o’quvchilarga ocha borib, o’qituvchi bu mavzuning katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini e‘tiborda tutishi kerak. Tabiat faqat jamiyatning moddiy hayoti uchun boylik olish manbaigina bo’lib qolmasdan, balki xalq ma‘naviy boyligining asosi hamdir.
O’qituvchi tabiat muhofazasi va tabiiy boyliklardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish to’g’risida qanday g’amxo’rlik qilayotganligini gapirib berishi, o’quvchilarni O’zbekiston Konstitutsiyasida aks ettirilgan tabiat muhofazasi to’g’risidagi qonunlar bilan, O’zbekiston tabiatni muhofaza qilish jamiyatining Ustavi bilan tanishtirib borishi kerak. Bu kichik yoshdagi maktab o’quvchilarining ma‘naviy tarbiyasi sistemasida katta ahamiyatga ega. Tabiat muhofazasi to’g’risida g’amxo’rlik bolalarda kompleks tarbiyaning muhim qismi sifatida, vatanparvarlik hissini shakllantirishda, inson va tabiat o’rtasida oqilona o’zaro munosabat o’rnatishda g’oyat katta ahamiyat kasb etadi.
Tabiat muhofazasi bo’yicha amaliy faoliyat bolalarda tabiat boyliklarini himoya qilish hamda ko’paytirishga intilishni rivojlantiradi. Shunga ko’ra ularni qushlar uchun oziqa tayyorlashda qatnashishga, kech kuz, qish va erta bahorda qushlarni boqishga, gul manzarali o’simliklar urug’larini yig’ishga, ularni aholi o’rtasida tarqatishga, ko’kalamzorlarni parvarish qilishga, tuproqni yemirilishdan saqlovchi o’simliklarni o’stirishga jalb qilish kerak.
Tabiatshunoslikni o’qitishda fanlararo aloqadorlikning o’rni va ahamiyati. Mamlakatimiz ta’lim tizimida ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, maktabda ta’lim-tarbiyani takomillashtirishda pedagoglar diqqatini fanlar aro aloqadorlik masalalariga qaratishni talab qilmoqda. Buning boisi shuki, fan- texnikaning jadal rivojlanishi o’quvchilarda yuksak ma’naviyat, erkin fikrlash, g’oyaviy-siyosiy yetuklik, ilmiy dunyoqarashga asoslangan e’tiqodni shakllantirishni dolzarb muammoga aylantirdi. O’quvchilarda bu sifatlarni shakllantirishda fanlar aro aloqadorlik katta imkoniyatlarga ega.

Download 203.13 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 203.13 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mamlakatimiz umumta’lim maktablari uchun tuzilgan dastur tabiiy zonalarni o’rganishni shimoldan janubga qarab emas, balki janubdan shimolga tomon olib borishni

Download 203.13 Kb.