• Nur tarqatishlar
  • Bulut texnologiyasi nima va nega kerak




    Download 1,22 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/37
    Sana15.05.2024
    Hajmi1,22 Mb.
    #236613
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37
    Bog'liq
    bulutli texnologiyalar hamda telekommunikatssiya tizimlari va tarmoqlarining ozaro integratsiyalari tahlili

    Harakatlar 
     
    AQSH mehnat statistikasi Byurosining ma’lumotlariga ko’ra, 1981-yilda 
    tayanch-harakat apparatining yuqori qismi, ya’ni qo’l-panja kasalliklari kasbiy 


    53 
    kasalliklar umumiy sonining atigi 18% ni tashkil etgan. Lekin 80-yillar davomida, 
    ya’ni kompyuterlashtirish g’oyat tez sur’atlarda o’sib borgan 10 yil ichida, bu 
    kasallik shu qadar ko’p aytib ketdi-ki, 1989-yilda butun kasbiy patologiya 
    strukturasining 52 % ini tashkil etdi. Bir necha ming AQSh aloqa xodimlari 
    uyushmasi a’zolarining salomatligini o’rganib borish natijasida ularning 20% ga 
    yaqini surunkali ravishda kasbiy qo’l-panja kasalliklaridan aziyat chekishlari 
    ma’lum bo’ldi. Amerika Qo’shma Shtatlarining bir qator kompaniyalari 
    tendovaginit, ligamentit (karpal kanal sindromi), shuningdek, qo’llarning 
    muntazam ravishda og’rishigina emas. Balki mehnat qobiliyatini yo’qotishgacha 
    olib keladigan boshqa paylar yallig’lanishi kasalliklariga duchor bo’lgan 
    bemorlarga tibbiy yordam ko’rsatish maqsadida bir necha million dollar zarar 
    ko’rmoqda”,(Gun G.E.–kompyuter: Sog’liqni saqlash yo’llari, Moskva. 2002-y). 
    Nur tarqatishlar 
     
    Nur tarqatish – bu kompyuter bilan ishlashda uchraydigan zararli faktordir. 
    Kompyuter texnikasining asosiy kamchiligi- nur tarqatishdir. Nur tarqatishning 
    kattagina qismi monitorga to’g’ri keladi, chunki monitor har tomonga 
    elektromagnit va elektrostatik maydon, ekrandan esa radiatsiya va ultrabinafsha 
    nurlarini tarqatadi. Kompyuterdan tashqari, lazerli printer, nusxa ko’chirish 
    apparatlari, ya’ni ichki qismi yuqori kuchlanishga ega bo’lgan texnikalardan ham 
    nur tarqaladi. Bundan tashqari , toner-kartrij ichidagi tarkibida og’ir metall bo’lgan 
    kukun ham g’oyat xavflidir. Shuningdek, uzoq vaqt kompyuter oldida ishlash ko’z 
    uchun nihoyatda zararlidir. Nima qilmoq kerak? Balki texnika mo’jizasidan 
    butunlay voz kechib, qo’lga kompyuter “sichqonchasi” o’rniga toshdan yasalgan 
    bolta olish afzalroqmikan? O’zingizni sivilizatsiya yutuqlaridan mahrum etishga 
    aslo shoshilmang, bu yutuqlardan aql bilan foydalanmoq darkor xolos!”.Aleksandr 
    Kirsanov, “Vobis”servis markazi rahbari. 
    Quyidagi maslahatlarga amal qilsangiz, bu dardlarni chetlab o’tishingiz 
    mumkin: 


    54 

    monitordan 40-50 sm masofada bo’ling;

    sifatli himoyasi bo’lgan yaxshi monitor sotib oling;

    monitoringizdagi tasvir yetarli darajada aniq bo’lsin;

    tez-tez nam latta bilan kompyuterni artib turing, chunki chang, ayniqsa 
    monitordagi chang nurni o’zida to’plash qobiliyatiga ega;

    havo ionizatorlaridan foydalaning. 
    Ko’p yillar davomida kaktus taralayotgan nurlarni o’ziga yutishi va ularni 
    kompyuter oldiga qo’yish zarurligi to’g’risidagi fikrlar mavjud edi. 15 yil ilgari 
    maktab kompyuter xonasidagi har bir kompyuter yoniga bittadan kaktus tuvagini 
    qo’yib chiqdim. Tajriba-sinov o’zini oqladi! Kaktuslarning barchasi qovjirab qurib 
    qoldi, monitorlar esa bus-butun edi. Aslida esa bu gullarga quyosh nuri kamlik 
    qildi, har qalay gullar sun’iy yoritilgan xona o’rtasida emas, balki deraza 
    tokchasida turishi kerak. 

    Download 1,22 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37




    Download 1,22 Mb.
    Pdf ko'rish