Miya lat yeyishining og'ir darajasi




Download 26,78 Kb.
bet4/5
Sana08.01.2024
Hajmi26,78 Kb.
#132611
1   2   3   4   5
Bog'liq
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI1
Mustaqil ish, EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI KURASH,O’ZBEKISTON TAJRIBASI, Funksiya uzluksizligi. Uzilish nuqtalari va ularning, Xalqaro konferensiya 2 2023, Resp Konferensiya 1 2023, 1-laboratoriya ishi rezervlash protokollari stp, rstp va agregat, 2-amaliy, Muhammad al, CamScanner 25.12.2023 18.40
Miya lat yeyishining og'ir darajasi
Miya lat yeyishining og'ir darajasi ko'pincha antegrad amneziya bilan tavsiflanib, jarohatdan keyingi hodisalarni ham xotirasida saqlay olmaydi, nafas organlari va yurak-tomir tizimida funksiyalarning buzilishi aniq ifodalangan bo'ladi. Miya shikastlanishi qanchalik ifodalangan bo'lsa, bu funksiyalar buzilishi ham shunga mos bo'ladi. Nafas olish soni keskin qis- qarib, nafas olish harakatlari ko'krak qafasida va diafragmada arang seziladi, gipoksiya va sianoz rivojlangan bo'ladi. Uzoq vaqt davomida qusish saqlanib turadi. Tana harorati ko'tariladi. O'choqli simptomlar periferik belgilar ko'rinishida miyaning zararlanish o'chog'i joylashishiga qarab ifodalanadi. Bosh miyaning ezilishi ko'pincha bosh suyagi ichida qon quyilishi natijasida, miya shishishi yoki miyada juda tez o'suvchi o'smalar paydo bo'lishidan yuzaga keladi. Bosh suyagi ichiga qon to'planishi ko'pincha tezda o'zini namoyon qilmaydi, bunga sabab ba'zi bir kompensator mexanizmlarning mavjudligidir. Masalan, orqa miya suyuqligining bosh suyagi bo'sh- lig'idan subaraxnoidal bo'shliqqa o'tishi natijasida bemorning umumiy holati bir qadar yaxshilanadi va «porloq oraliq» deb nomlangan holat yuzaga keladi. Miya ezilishining tobora ortib borishiga xos belgilardan biri - bosh og'rig'ining kuchayishi, qayta qusishlar, hayajonlanish, ba'zan mushaklarning g'ayriixtiyoriy qisqarishlari, hushni yo'qotishga o'tib ke- tadigan uyquga moyillik kuzatiladi. Kasalxonaga yotqizilgunga qadar ko'rsatiladigan yordam Bosh miyasi shikastlangan bemorning taqdiri ko'p jihatdan kasalxonaga yotqizilgunga qadar ko'rsatiladigan yordamning sifatiga va maxsus davolash kasalxonalariga tezda yetkazib borilishiga, yuqori malakali tibbiy yordamning o'z vaqtida ko'rsatilishiga bog'liq. Bunday shikastlanishlardagi davolashning achinarli natijalari, ayniqsa uyg'unlashgan shikastlanishlarda ko'pincha jarohatning darajasi va og'irligiga emas, balki kasalxonaga kelgunga qadar birinchi tibbiy yordamning ko'rsatilganligi yoki uning yetarli darajada amalga oshirma- ganlik natijasida bosh miyadagi qaytmas o'zgarishlar yoki uning og'ir asoratlari yuz berishiga sabab bo'ladi.
Yuqoridagi fikrning isboti sifatida kasalxonaga yotqizishdagi tezlik va bungacha ko'rsatilgan yordamning bemorlar o'limiga ta'sirini keltirish mumkin. Tahlil uchun shaharlararo yo'l-transport hodisalari va yirik shaharlar ichidagi shunday hodisalardagi o'lim statistikasi tanlab olinadi. Shaharlararo yo'l-transport hodisalarida bosh miyasi shikastlanganlar orasidagi o'lim ko'rsatkichi 17 % bo'lgani holda, bu ko'rsatkich yirik shaharda 8 % ga teng. Shaharlararo yo'l transport hodisalarida halok bo'lgan jabrlanuvchilarning 80 % falokat joyida yoki kasalxonaga ketayotganda yo'lda o'lgan. Yirik shahar ichidagi bu ko'rsatkich 28 % ga teng bo'lgan. Bu narsa shahar ichidagi falokatga uchragan kishilarning kasalxonaga tezroq yetkazilishi bilan izohlanadi. Shahar ichidagi yo'lga qo'yilgan telefon aloqasi, tez yordamning shahar bo'yicha bo'limlari mavjudligi, radioaloqa va shu kabilar tez yordamning nisbatan tezroq kelishiga va bemorga shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatilishiga, shuningdek uning zudlik bilan kasalxonaga yetkazilishiga omil bo'ladi. Aksincha, shahar tashqarisida yo'llarning tor va uzunligi, tez yordam bo'limlarining faqat yirik shaharlarda bo'lishi, tabiiyki, kasalni kasalxonaga yetkazishga ketadigan vaqtning uzayishiga sababchi bo'ladi. Kasalxonaga yotqizilgunga qadar bo'ladigan o'lim ko'rsatkichlari chastotasi yana bir muhim omil - falokat sodir bo'lgan joyda malakali birinchi yordamning ko'rsatilishiga bog'liq. Sud tibbiyot ekspertizasi hay'atining ma'lumotlariga ko'ra, kasalxonaga yotqizilgunga qadar o'lganlarning 17 % da o'limga sabab qon ketishi, shok yoki asfiksiya bo'lib, bu narsalar voqea sodir bo'lgan joyda tezlikda bartaraf etilishi kerak. O'z vaqtida va malakali ko'rsatilgan birinchi yordam kasalning hayotini saqlab qolishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu muhim omil jarohat olingandan keyin o'tgan vaqt bo'lib, bu vaqt davomida organizmdagi o'zgarishlarni o'z o'rniga qaytarish imkoniyati mavjuddir. Shuning uchun ham voqea sodir bo'lgan joyda o'z vaqtida o'tkazilgan chora-tadbirlar jabrlanuvchining hayot-mamotini hal qiladi, keyinchalik o'tkaziladigan davolash ishlarining muvaffaqiyatini ta'minlaydi, nogironlikning darajasi va muddatiga, ayniqsa, kasalning tuzalib ketish muddatiga katta ta'sir ko'rsatadi. Bosh miya jarohatlarida bir qator og'ir asoratlarning yuzaga kelishiga sabab bo'ladigan asosiy patologik omil miya gipoksiyasidir. Miyaning qon bilan yetarli ta'minlanishi o'zini o'zi boshqaruvchi murakkab mexanizmlar yordamida ushlab turiladi. Lekin kompensatsiya mexanizmlarining imkoniyatlari yuqori bo'lsa ham, u chegaralangan. Arterial bosimning 60 va 70 mm simob ustunigacha pasayishi kritik chegara bo'lib hisoblanadi. Arteriya bosimining ko'rsatilgan darajadan pasayishi avval funksional o'zgarishlarga, so'ngra bosh miyada qaytmas morfologik o'zgarishlar kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Shundan miya ishemiyasi (miyaning qonsizlanishi)ning oldini olishga qaratilgan, ayniqsa kasalxonaga yotqizishgacha bo'lgan davrda, chora-tadbirlarning qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligi ko'rinib turibdi.
Demak, birinchi yordam ko'rsatayotgan kishilarga qo'yiladigan talablar: voqea sodir bo'lgan joyda o'z vaqtida, to'g'ri va kerakli hajmda birinchi yordam ko'rsatish, bemorni maxsus davolash muassasalariga iloji boricha tezroq yetkazish. Shikastlanishlardagi birinchi yordam - nafas yo'llaridan shilimshiqni, qusiq massalarini aspiratsiya yo'li bilan tozalash, bemorni yonboshiga yoki chalqancha yotqizib, boshini yon tomonga o'girib qo'yishdan iborat. Agar og'iz bo'shlig'ida shilimshiq moddalar va qusiq massalari sezilarli to'plangan bo'lsa, ularni tampon, iloji bo'lsa, suruvchi moslama bilan to- zalash kerak. Sun'iy nafas oldirish uchun ko'krak qafasini qo'l bilan bosish usuli yaxshi natija bermaydi, aksincha, bosh miyaning qo'shma jarohatlarida bunday chorani qo'llash hatto xavfli hamdir. Yuz-jag' jarohatlari Yuz-jag' jarohatlari ichida yuzning yumshoq to'qimalari va yuz skeletining shikastlanishlari hamda yumshoq to'qima va yuz skeletining birgalikdagi shikastlanishlari farqlanadi. Yuz sohasidagi jarohatlarning o'ziga xosliklariga uning xunuklashishi, tashqi ko'rinish bilan olingan jarohatning ko'p hollarda bir-biriga mos kelmasliklari kiradi. Yuzdagi yumshoq to'qimalarning ancha ko'p shikastlanishlarida, u juda xunuklashib, qon quyilishlari yuza qismida ivib qotgan qonlar bo'ladi, buning ustiga jabrlangan behush bo'lsa, ko'rgan ki- shida umidsizlik, hatto o'lib qolgan degan xulosa paydo bo'lishi mumkin. Shuni ham nazarda tutish kerakki, yuzi jarohatlangan har uch kishidan birida u yoki bu darajada ifodalangan miyaning lat yeyishi kuzatiladi. Yuz jarohatining o'ziga xos namoyon bo'lishi uning katta-kichikligida emas, balki mimika muskullarining qisqarishi natijasida joyidan ancha- muncha siljishida hamdir. Yuz-jag' jarohati olgan kishilarda hiqildoq, og'iz bo'shlig'i organlari, burun, ayniqsa pastki jag'ning shikastlanishlarida tashqi nafas olishning buzilishlari, hattoki asfiksiya kuzatilishi mumkin. Lab va unga yaqin joylar shikastlanganda har doim juda tez va katta shishlar paydo bo'ladi. Lab jarohatining yana bir o'ziga xos jihati jarohat chekkalarining ochilib qolib, ba'zan to'qima kamchiligi bor, degan noto'g'ri taassurot berishi mumkin. Yuzning yonbosh qismlari jarohatlanishi ko'pincha quloq oldi so'lak bezi jarohatiga va yuz nervi stvolining shikastlanishiga, bu esa o'z navbatida, og'ir klinik asoratlarga - yuzning xunuklashishiga, yuzning mimika muskullari falajiga, so'lak oqadigan jarohat teshiklarining paydo bo'lishiga va boshqalarga olib keladi. Jag'osti atrofining jarohatlari ko'pincha bu joyda joylashgan qon tomirlari, nerv tolalari, jag'osti so'lak bezi, shuningdek kekirdak va tomoqning shikastlanishiga olib keladi. Natijada, mexanik jarohatdan tashqari, yuqori va pastki jag', burun suyaklari va yonoq-ko'z sohasi shikastlanadi. Yuqori jag' shikastlanishlari Yuqori jag'ning sinishiga ko'pincha yuzga qattiq predmet bilan urish sabab bo'ladi. Ma'lumki, yuqori jag'ning boshqa yuz suyaklari bilan birlashgan joylari kuchsiz anatomik jag'lar hisoblanib, ayni ana shu joylarda sinishlar kuzatiladi. Maydoni uncha katta bo'lmagan predmet bilan yuzaga kelgan jarohatda yuqori jag'da teshib o'tuvchi shikastlanish kuzatilib, bu holda suyak siniqlari o'z o'rnida qoladi.
Yuqori jag' suyagi tana qismining bilvosita sinishi (masalan, pastki jag'ga tiralib yiqilishi)da suyak siniqlari bosh suyagining asos qismi tomonga siljiydi. Yuqori jag' suyagining bir tomoni singanda, singan tomondagi suyak siniqlari, ya'ni kaltak tekkan tomondan miya asosiga qarab siljiydi. Har ikkala tomondan kaltak tekkanda, butun jag' odatda past tomonga shunday tushadiki, u ochiq yoki yarim ochiq og'izning pastki jag' tishlariga tiralib, bir oz orqaga siljigan bo'ladi. Bunday hollarda yuqori jag'ning old qismi, uning orqa qismiga qaraganda pastga kamroq siljiydi, hatto subnazal yoki kalla-yuz suyagi to'liq ajralib ketganda ham shu narsa kuzatiladi. Bu narsa qanotsimon muskullarning medial va laterial tortish kuchi bilan tushuntiriladi.
Bu muskullar bir tomondan yuqori jag' bo'rtiqlariga, ikkinchi tomondan asosiy suyakning qanotsimon o'simtalariga yopishgan bo'ladi. Shuningdek, yuqori jag'ning pastga siljishiga uning o'z massasi ham sabab bo'ladi. Yuzning ikki qattiq jism orasida siqilishida, yuz bilan yuqoridan pastga yiqilganda va boshqa jarohatlarda yuqori jag' suyagining boshqa yuz suyaklari bilan birga siljishi yonoq va burun suyaklarining siljishi bilan birgalashib, yuzning yumshoq to'qimalari yirtilib, suyaklari sinadi. Ba'zan yuqori jag'ning bir yoki ikkala tomoni ikki tomonga ketib, bu narsa yuqori jag' siniqlarining bosh suyagi asosi bilan aloqasi to'liq buzil- ganligidan, shuningdek tanglay choki chizig'i bo'yicha shikastlanish bo'lganligidan dalolat beradi. Bunday hollarda yumshoq to'qimalar yuqori jag'ning umuman ajrab ketishidan saqlab qoladi. Ba'zan esa yuqori jag' suyagining boshqa qo'shni suyaklarga pona kabi qoqilib kirib qolishi kuzatiladi (ko'pincha bir tomondan). Bunday ikki xil yuqori jag' suyakla- rining siljishlaridan tashqari, o'rtacha siljish ham kuzatilib, bunda suyak siniqlari yoki jag'ning o'zi oldi-orqasiga, yonboshga yoki vertikal yo'nalishda siljishi mumkin. Pastki jag' suyagining shikastlanishi boshqa skelet suyaklariga nisbatan ko'proq uchraydi, bu narsa pastki jag'ning oldinga chiqib turishi va uning o'lchovlari nisbatan kattaligi bilan izohlanadi. Pastki jag' suyagining sinishlari ko'pincha o'rta chok, so'yloq tish va iyak sohasida kuzatiladi. 76 °% atrofidagi sinishlar tish qatorlari atrofida joylashib, ular ochiq sinishlarga kiradi. Pastki jag'ning sinishi tashxisida uning anatomik o'rnini aniq ko'rsatish kerak, ya'ni pastki jag' tanasi, markaziy, mental yoki laterial qismi, pastki jag' burchagi singan deb ko'rsatilishi lozim

Download 26,78 Kb.
1   2   3   4   5




Download 26,78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Miya lat yeyishining og'ir darajasi

Download 26,78 Kb.