• Axborot Hafsizligi
  • Bunday shikastlanishlar texnik yoki atmosfera elektr quvvati ta'sirida yuzaga keladi




    Download 26.78 Kb.
    bet1/5
    Sana08.01.2024
    Hajmi26.78 Kb.
    #132611
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI1
    Mustaqil ish, EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI KURASH,O’ZBEKISTON TAJRIBASI, Funksiya uzluksizligi. Uzilish nuqtalari va ularning, Xalqaro konferensiya 2 2023, Resp Konferensiya 1 2023, 1-laboratoriya ishi rezervlash protokollari stp, rstp va agregat, 2-amaliy, Muhammad al, CamScanner 25.12.2023 18.40

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI


    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

    “Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi


    HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI


    fanidan


    Mustaqilish
    Mavzu : Elektr tokidan yoki boshqa jarohatlardan zararlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish
    Bajardi:
    Axborot Hafsizligi_ta’lim yo‘nalishi


    _________07020_________guruh
    Mamajonov Toxirjon
    talabaningF.I.Sh.

    Qabul qildi: ___________________________


    Toshkent 2023


    Reja
    1 Kirish
    2 Tayanch-Harakat a'zolarining Shikastlanishlari
    3 BOSH SUYAGINING SHIKASTLANISHLARI
    4 Miya lat yeyishining og'ir darajasi

    Kirish
    Bunday shikastlanishlar texnik yoki atmosfera elektr quvvati ta'sirida yuzaga keladi. Elektr asboblaridan texnikada va uy xo'jaligida uquvsizlik bilan foydalanish, shuningdek bu asboblarning nosozligi elektrdan jarohatlanish (elektrotravma)ga olib keladi. Elektr quvvatidan shikastlanishlar: termik; elektrolitik; organizmga mexanik ta'sirlarga bo'linadi. Elektr quvvatining ta'siri uning kuchi 3-5 mA ga teng bo'lganda sezila boshlanadi, 20-25 mA kuchga ega elektr quvvati mushaklarning beixtiyor qisqarishiga sababchi bo'ladi. Elektrotravmalarning sababi va ba'zan bu faktni aniqlash juda qiyin kechadi. Bundan tashqari, elektrotravmani boshqa shikastlanishlar (kontaktli termik kuyish, elektrotravmadan keyin balandlikdan yiqilib shikastlanishlar) bilan oson adashtirish mumkin. Elektrotravmalar terining namligi yuqori bo'ladigan bahor, yoz va kuz oylarida ko'proq kuzatiladi. Xavfli, o'limga olib keladigan elektrotravmalar 127-220 V li elektr toki ta'sirida yuzaga kelishi mumkin. Quvvati 10000 V dan yuqori bo'lgan elektr toki bilan shikastlanishlarda o'lim keng ko'lamdagi kuyish natijasida yuzaga keladi. Past kuchlanishli toklarni ham organizm uchun umuman zararsiz deb bo'lmaydi. Shu narsa aniqlanganki, bir xil kuchlanishdagi o'zgaruvchan tok o'zgarmas tokka nisbatan xavfliroq. Yuqori kuchlanishli toklar bilan shikastlanganda ko'plab elektr ta'siridagi kuyishlar kuzatiladi. Tok kuchi uning kuchlanishiga to'g'ri va teri hamda predmetlar qarshiligiga teskari proporsional bo'lib, ko'p jihatdan shikastlanuvchini yerdan ajratib turgan predmet qarshiligiga bog'liq.
    Organizmning elektrga qarshiligi terining qarshiligiga bog'liq. Teri qancha yumshoq va namligi yuqori bo'lsa, uning qarshiligi shuncha kam bo'ladi. Elektr tokining tanaga kiradigan va chiqadigan yo'li «tok halqasi» deb ataladi. Pastki, yuqorigi va to'liq halqalar tafovutlanadi. Pastki halqa - oyoqdan-oyoqqa xavfi kam. Yuqori halqa - qo'ldan- qo'lga xavfi yuqoriroq va to'liq halqa - bunda tok nafaqat oyoq- qo'llardan, balki yurakdan ham o'tadi. Tokning kirish va chiqish joylarida elektr kuyishlar hosil bo'ladi, ularga xos o'zgarishlar «tok belgisi» deb ataladi. Ular terining yumaloq, ellipssimon yoki chiziqchali quruq jonsizlanishi shaklida bo'lib, kulrang, och sariq yoki sut rangida, uning markazi to'qroq, chetlari ko'tarilgan ochroq rangda bo'ladi. «Tok belgisi» atrofidagi sochlar kuymagan, shtoporsimon buralgan bo'ladi.
    Ko'pincha, «tok belgisi» uning kirish joyida ko'proq shakllanadi, chiqish joyida u metall bilan kontaktda bo'lganda hosil bo'ladi. «Tok belgilari» elektr tokining yo'lida terining burishgan va bukiladigan joylarida ham hosil bo'ladi. Elektrotravmaning 4 ta darajasi farqlanadi. 1- daraja - shikastlangan kishida muskullarning beixtiyor titrab- qaqshashi kuzatilib, hushi o'zida bo'ladi. 2- daraja - muskullarning beixtiyor titrab qaqshashi bilan birga, bemor hushini yo'qotadi. 3- daraja - hush yo'qotish bilan birga, yurak va nafas olish funksiyalarining buzilishi ham kuzatiladi. 4- daraja - bemor klinik o'lim holatida bo'ladi. Elektr toki bilan shikastlanganda, uning klinik ko'rinishi umumiy va mahalliy belgilardan tashkil topadi. Umumiy simptomatika subyektiv belgilari - sekin turtki, achitib og'rish, mushaklarning beixtiyor qisqarishlari, qaltiroq tutishi; o'yektiv belgilari: teri qoplamalarining oqarishi, ba'zan ko'karish, so'lak ajralishining ko'payishi, qusish, yurak sohasidagi og'riqdan iborat. Elektr tokining bilvosita ta'siri yo'qotilgandan keyin shikastlangan kishi o'zini xuddi qattiq kaltaklangandek, charchoq, butun gavdasida og'irlik sezadi. Ba'zan juda loqayd, parishonxotir, ba'zan esa juda hayajonlangan holatda bo'ladi. Ularda puls tezlashib, beixtiyor siydik ajralishi kuzatilishi mumkin. Elektrotravma yuqoridan yiqilishi bilan davom etsa, suyaklarning turlicha sinishlari va bo'g'imlarning chiqishlari kuzatilishi mumkin. Mahalliy shikastlanish ko'zga ko'rinib turadigan kuyish bilan ifodalanadi.
    Odatda bu kuyishlar ikkinchi darajali bo'lib, ular termik kuyishlardan pufakchalar va qizarishning yo'qligi, aksincha, sariq- jigarrang dog'lar hosil bo'lishi va bu joyning og'riqni sezmasligi bilan farq qiladi; ba'zan kuygan joydan qon oqib turishi mumkin. Kuyish maydoni katta bo'lgan elektrotravmalarda ichki organlarning shikastlanishlari ancha kamroq bo'ladi. Chunki kuyib ko'mirga aylangan to'qimalar tokning ichki organlarga tarqalishiga to'siq bo'ladi. Kuyish maydoni kichik elektrtravmalar, tok ta'siridan keyin juda tez vaqt ichida aniq chegara hosil qilib, o'lgan kulrang to'qima atrofida tiniq aylana hosil qiladi. Kuygan joy atrofidagi to'qimalarda shish juda tez rivojlanadi. Elektrtravmada birinchi yordam Shikastlangan kishini juda tezlik bilan elektr toki manbaidan ajratish zarur. Bu ishni juda ehtiyotkorlik bilan, texnika xavfsizligiga amal qilgan holda bajarish zarur.
    Agar imkoniyati bo'lsa, tokni tezda maxsus o'chirish pultidan yoki tok o'chirgichdan uzish kerak. Agar ular nosoz bo'lsa, maxsus o'tkir jag'li ombirlar bilan (izolatsiyalovchi rezina naylar kiydiril- gan) elektr simini qirqib tashlash, bunda, albatta, har bir sim alohida qirqilishi, ya'ni qisqa tutashuv kelib chiqishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Shikastlangan kishini tok ta'siridan ozod qilmay turib, tanasining ochiq qismlarini ushlash mumkin emas. Agar bemorda klinik o'lim yuz bersa, tezlik bilan va uzluksiz, shuningdek, transportirovka vaqtida ham, sun'iy nafas berishni (og'izdan- og'izga yoki og'izdan-burunga) va yurakni bilvosita massaj qilishni amalga oshirish kerak. Voqea sodir bo'lgan joyda kuygan terini odekolon bilan artish, steril bog'lam qo'yish, transport shinalarini qo'llash kerak. Elektrtravma olgan kishilar, ularning holati qanday bo'lishidan qat'i nazar, kasalxonaga yotqizilishi shart. ATMOSFERA TOKIDAN SHIKASTLANISH Ko'pincha chaqmoq chaqishlari va momoqaldiroqlar vaqtida elektr zaradlarining atmosferada to'planishidan shikastlanishlar yuzaga keladi. Bunday hollarda chaqmoqning yerga yo'li ochiq joyda turgan, masalan, ochiq daladagi yolg'iz daraxt, o'rmondagi eng baland daraxt yoki eng yuqori metall konstruksiya orqali o'tishi mumkin. Shuning uchun ham chaqmoq chaqishi vaqtida bunday joylarda (daraxt ostida, metall konstruksiyali simyog'ochlar va shu kabilar yonida) bo'lish xavfsiz emas. Binolar ichida chaqmoqning shikastlovchi ta'siridan saqlanish uchun derazalarni yopish, hamma elektr asboblarini, shu jumladan radio va tele- vizorlarni o'chirib, antennalarini uzish kerak.
    Chaqmoq bilan shikast- langanda, kishining tanasida daraxtsimon ko'kish rangdagi rasm paydo bo'ladi. Bunday vaqtlarda «chaqmoq o'z shaklini qoldirdi» deyish odat bo'lgan. Aslida esa bu narsa teri ostidagi qon tomirlarining falajlanishi natijasida kelib chiqadi. Birinchi yordam: bunday hollarda tezlik bilan va uzluksiz tiriltirish chora-tadbirlarini boshlash kerak (sun'iy nafas oldirish, yurakni bilvosita massaj qilish). Bu chora-tadbirlar shikastlangan kishini saqlab qolishning birdan-bir yo'lidir.

    Download 26.78 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 26.78 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bunday shikastlanishlar texnik yoki atmosfera elektr quvvati ta'sirida yuzaga keladi

    Download 26.78 Kb.