TAYANCH-HARAKAT A'ZOLARINING SHIKASTLANISHLARI




Download 26,78 Kb.
bet2/5
Sana08.01.2024
Hajmi26,78 Kb.
#132611
1   2   3   4   5
Bog'liq
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI1
Mustaqil ish, EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI KURASH,O’ZBEKISTON TAJRIBASI, Funksiya uzluksizligi. Uzilish nuqtalari va ularning, Xalqaro konferensiya 2 2023, Resp Konferensiya 1 2023, 1-laboratoriya ishi rezervlash protokollari stp, rstp va agregat, 2-amaliy, Muhammad al, CamScanner 25.12.2023 18.40
TAYANCH-HARAKAT A'ZOLARINING SHIKASTLANISHLARI
Bosh suyagi qoplamalarining yopiq va ochiq shikastlanishlari. Bosh suyagining yopiq shikastlanishlarida yumshoq to'qimalarning anatomik butunligi buzilmaydi. Bunday yopiq shikastlanishlar bevosita tashqi ta'sir kuchining tez va qisqa muddatli ta'sir etishi natijasida yuzaga keladi. Lat yeyishdagi shikastlanish darajasi shikastlovchi agentning o'lchamlari va massasiga, urilish kuchiga, ta'sirining davomiyligiga, shuningdek ko'pincha jabrlanuvchining holatiga bog'liq bo'ladi. Bunda ko'p hollarda, mayda qon tomirlari shikastlanadi. Yumshoq to'qimalar, shu jumladan bosh suyagi qoplamalari lat yeganda, ularning klinik ko'rinishlarida jarohatlovchi agent ta'sir etgan joyda og'riq, qontalash bo'lishi yoki qon to'planishi (gematoma) kuzatiladi. Bosh suyagi qoplamalarining ochiq shikastlanishlarida terining butunligi buziladi va jarohatlar paydo bo'ladi.
Bosh suyagi gumbazi va asosining sinishi. Bosh suyagi kallaning asosiy skeleti bo'lib, uning miya va yuz qismlari farqlanadi. Bir-biri bilan choklar orqali birlashgan bir nechta alohida suyakdan tashkil topgan bosh suyagi bo'shlig'ida bosh miya joylashgan. Bosh suyagi bo'shlig'ini chegaralab turuvchi suyaklar - ensa, 2 ta tepa, peshona, asos, 2 ta chakka, g'alvirsimon suyaklar. Bosh va miya shikastlanishlarining quyidagi asosiy turlari tafovutlanadi: 1) bosh suyagi va bosh miyaning yopiq shikastlanishlari - bunda terining butunligi saqlanib (terida jarohatlar ham bo'lishi mumkin) suyaklarning shikastlanishi kuzatilmaydi; 2) ochiq shikastlanishlar ikki xil - miyaning qattiq pardasiga o'tmagan va miyaning qattiq pardasiga o'tib, uning butunligi buzilgan ko'rinishda bo'lishi mumkin. Bosh suyagining sinishi unga bevosita urish yoki pastdan yuqoriga qattiq turtki bo'lganda, boshning qattiq jismlarning qirralariga urilishi, qattiq yuzalarga yiqilish oqibatida, turli transport halokatlarida kuzatilishi mumkin. Bosh suyagi qubbasi, asosi va chakka qismining sinishlari farqlanadi. Bosh suyagi yuz qismining suyaklarida darz ketish va ezilish na- tijasidagi sinishlar kuzatiladi. Ezilish natijasidagi sinishlarda tashqi plastinka u yoki bu ko'lamda sinadi va ichkari tomonga qarab botiq hosil qiladi. Bosh suyagining darz ketishi bitta yoki bir nechta joyda bo'lishi mumkin. Bosh suyagi gumbazi sinishi uning asosi sinishiga nisbatan ikki barobar ko'p kuzatiladi. Bosh suyagi asosining sinishi uning gumbazi sinishining davomi bo'lishi yoki bilvosita jarohatlanish ta'sirida (ko'pincha balandliklardan yiqilishda) suyakning eng yupqa va nozik joylarida (teshik va yoriqlar atrofida) yuzaga keladi. Bunday shikastlanishlar og'ir kechadi, chunki bunda doimo miya moddasi zararlanib qattiq miya pardasida defektlar yuzaga keladi, bosh miya nervlari jarohatlanadi. Bosh miya qattiq pardasi butunligining buzilishi bilan kechadigan shikastlanishlarda qobiqosti muhiti va doimo patogen mikroflora bo'lgan boshqa bo'shliqlarda bog'lanish yuzaga kelib, kasallikning kechishi yanada og'irlashadi. Masalan, bosh suyagining old chuqurchasi singanda g'alvirsimon suyak teshikchalari orqali burun bo'shlig'i bilan bog'lanish yuzaga keladi; o'rta chuqurchada sinish bo'lganda darz ketish quloq pardasi bo'shlig'iga yoki ponasimon suyak bo'shlig'iga kirib borishi mumkin. Miyaning qattiq pardasi ostidagi sohaning burun bo'shliqlari bilan bog'lanib qolishi u yerga mikroblar kirib borishiga va bosh miya ichida infeksiyaning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi. Bosh miya asosi sinishlarida quloqdan, burun va og'izdan qon kelishi, orqa miya suyuqligi oqishini ko'rish mumkin. Qonning yumshoq to'qimalar ostiga quyilishi natijasida ko'z atrofida («ko'zoynak simptomi»), chakka osti chuqurligida, quloq orqalarida qontalashlar yuzaga kelishi, bosh miya nervlari falaji va yarim falajlari kuzatilishi mumkin. Bosh suyagi va bosh miyaning o'qotar qurollardan jarohatlanishi Bosh suyagi va miyaning yaralanishi va shikastlanishining ikkita asosiy guruhi farqlanadi: a) alohida o'qotar quroldan yaralanish; b) birgalikdagi (kombinatsion) shikastlanish. O'qotar qurol-lardan yaralanish jarohatlovchi qurolning turiga qarab o'qdan va parchalanib zarar yetkazadigan (snaryad, mina, aviabomba parchalari va b.), jarohat yetkazish xususiyatiga qarab esa urinma, teshib o'tuvchi, ko'r va rikoshet (yo'nalishini o'zgartirib) tegadigan guruhlarga bo'linadi.


Download 26,78 Kb.
1   2   3   4   5




Download 26,78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TAYANCH-HARAKAT A'ZOLARINING SHIKASTLANISHLARI

Download 26,78 Kb.