BOSH SUYAGINING SHIKASTLANISHLARI




Download 26,78 Kb.
bet3/5
Sana08.01.2024
Hajmi26,78 Kb.
#132611
1   2   3   4   5
Bog'liq
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI1
Mustaqil ish, EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI KURASH,O’ZBEKISTON TAJRIBASI, Funksiya uzluksizligi. Uzilish nuqtalari va ularning, Xalqaro konferensiya 2 2023, Resp Konferensiya 1 2023, 1-laboratoriya ishi rezervlash protokollari stp, rstp va agregat, 2-amaliy, Muhammad al, CamScanner 25.12.2023 18.40
BOSH SUYAGINING SHIKASTLANISHLARI

Oxirgi holatda jarohatlovchi snaryad bosh suyagining chegaralangan qismida teshikli siniq hosil qilib, suyakdan sapchib, yara kanalidan kirgan teshikdan orqaga - yumshoq to'qimaga qaytadi yoki yana yangi hosil bo'lgan teshiqdan ketadi. Metall parchasining urilish kuchi yetarli bo'lganda, u o'qqa nisbatan ancha qo'pol gidrodinamik ta'sir ko'rsatadi. Jarohatlovchi metall parchasi bosh suyagiga kirib borganda odatda tezda kinetik energiyasini yo'qotib, ko'p hollarda teshib o'tuvchi jarohat hosil qilmaydi. Metall parchasi bosh suyagining singan joyida suyak parchalari orasida to'xtab qoladi yoki miya to'qimasiga kirib boradi, ko'pincha uncha chuqur ketmaydi. Ba'zan sapchib qaytib chiqib ketadi. Bunday hollarda birinchi o'rinda miyaning jarohatlanishi turadi, ikkinchi o'rinda suyak parchalarining miya to'qimasiga metall parchasiga qaraganda ko'proq buzuvchi ta'siri kuzatiladi. Maydalangan suyak parchalari, agar ularning oxirgi kinetik energiyasi katta bo'lmasa, ba'zan qattiq miya pardasida ushlanib qoladi, ba'zan miya to'qimasiga kirib borib, uning ezilgan qismida 2-4 sm chuqurlikda to'planib qoladi. Ba'zan suyak parchalari ancha chuqur kirib borib, miya qorinchalariga zarar yetkazishi mumkin. Bosh suyagi ochiq jarohatlanishining ikki turi bor: 1) miyaning qattiq qobig'ini teshib o'tmagan - jarohat infeksiyasining miya suyuqligida va miya to'qimasida tarqalish imkoniyati juda kam; 2) miyaning qattiq qobig'ini teshib o'tadigan - qattiq parda defekti miya to'qimasida va orqa miya suyuqligida infeksiyaning tarqalishiga imkoniyat beradi. Bosh suyagini teshib o'tmagan, qattiq miya pardasining butunligi saqlangan jarohatlanishlarda bosh miyaning jarohatga yaqin joylarida lat yeyish yuzaga keladi. Ba'zi hollarda lat yeyish jarohatdan uzoqroqda qarama-qarshi zarba ko'rinishida yuzaga keladi. Miya qobig'ining qon tomirlari jarohatlanganda, ba'zan subdural (qobiq ostiga) va epidural (qobiq ustiga) qon quyilishi kuzatiladi. Teshib o'tuvchi jarohatlanishlarda qattiq miya pardasi butunligi buzilishi bilan birga, deyarli doimo lat yeyish va miya to'qimasining ezilishi kuzatiladi. Bosh miyaning chayqalishi, lat yeyishi va ezilishi Bosh miyaning chayqalishi diffuz shikastlanish simptomlari bilan tavsiflanadi. Bosh miya chayqalishini shartli ravishda 3 ta darajaga bo'lamiz: yengil, o'rtacha va og'ir. Bosh miya chayqalishining klinikasida hushdan ketish, bosh og'rig'i, bosh aylanishi, ko'ngil aynishi, shilliq qavatlar va terining rangsizlanishi, reflekslarning susayishi yoki umuman bo'lmasligi kuzatiladi. Ko'pincha xotira buzilib, jabrlanuvchi qanday holatda jarohat olganligini eslay olmaydi. Miya chayqalishining yengil darajasida hushdan ketish bir necha sekunddan bir necha minutgacha davom etib, kuchsiz mushak gipo- toniyasini aniqlash mumkin. Puls sekinlashishi yoki tezlashishi mumkin. Tez kunlar ichida bemorning holati normallashib, birinchi haftaning oxirida shikoyatlar asta-sekin yo'qoladi. Miya chayqalishining o'rtacha darajasi klinikasi ancha aniq ifodalanadi. Hushdan ketish sanoqli sekundlardan bir necha minutgacha davom etsa-da, bir necha kungacha bemorning hushi noaniq holatda bo'ladi. U o'zi bilan nima hodisa yuz berganini, jarohatdan oldingi hodisalarni ham, jarohat olgan holatini ham eslay olmaydi (retrograd amneziya). Ko'rik vaqtida anizokoriya, nistagm, anizorefleksiya, yengil meningeal belgilar, terining rangsizlanishini aniqlash mumkin. Asta-sekin bemorning holati normallasha borib, 3-4 haftadan so'ng yaxshilanadi. Nistagm jarohatdan keyin ham bir necha oylargacha qolib ketadi. Bosh miyaning og'ir darajada chayqalishi uzoq muddatli hushdan ketish bilan tavsiflanib, u bir necha soatdan bir necha kungacha davom etishi mumkin. Hayotiy zarur organlarning, jumladan yurak-tomir va nafas tizimi funksiyalari buziladi. Uzoq muddat - bir yil va undan ko'p vaqt mobaynida tahlil qilish va xotira sustligi, vaqtni bilish doirasining yetarli bo'lmasligi kuzatiladi. Vaqti-vaqti bilan psixomotor hayajonlanish, vazo- mator buzilishlar, ko'p terlash kuzatiladi. Bosh miyaning lat yeyishi - miya chayqalishiga nisbatan ancha og'irroq darajadagi travmatik jarohatlanishi bo'lib, u ko'pincha o'tmas og'ir predmetlarning bosh miyaga kuchli zarbasidan kelib chiqadi va miya to'qimasida qon quyilishining mikroskopik aniq ifodalangan shikastlanishlarning klinik belgilari bilan kechadi. Nevrologik ahvoli asosida o'choqning joylashishini hisobga olib, miya lat yeyishining uchta darajasi farqlanadi: yengil, o'rtacha va og'ir. Lat yeyish o'chog'i shikastlovchi kuch tushgan joyda, va aksincha, undan yiroqroq joylarda bo'lishi mumkin. Miya o'zagi va qorinchalariga yaqin joylashgan kontuzion va gemorragik o'choqlar boshqalariga nisbatan ancha xavfli. Miya lat yeyishining klinik ko'rinishlari birdaniga kelib chiqadigan turli simptomlar bilan tavsiflanadi. Bunday o'choqli simptomlar falajlik, yarim falajlik, ko'rish kengligining o'zgarishlari, patologik reflekslar ko'rinishida namoyon bo'ladi. Miya lat yeyishining avvalida qisqa muddatli hushdan ketish kuzatiladi. Miya lat yeyishining yengil darajasida hushdan ketish bo'lmasligi yoki u 10-15 minut davom etishi mumkin. Bemor tezda hushiga qaytadi, lekin yengil parez, assimetriya kabi o'choqli belgilar qoladi. Miya lat yeyishining o'rtacha darajasida uzoq muddatli hushni yo'qotish (7 dan 16 sutkagacha) - koma rivojlanishi, nafas olishning buzilishi, yurak-tomir faoliyatida buzilishlar va boshqa simptomlar rivojlanishi kuzatiladi. Bemorning hushiga kelishi sekin (soatlar, sutkalar) kechib, uzoq vaqtgacha xotirasi xiraligicha qoladi. Hushi o'ziga kelgach esa bemor uzoq vaqtgacha lanj, uyquchan bo'lib, ularda atrofdagilarga qiziqish susaygan bo'ladi. Retrograd amneziya ko'rinishidagi xotiradagi buzilishlar ham miyaning lat yeyishiga xos.

Download 26,78 Kb.
1   2   3   4   5




Download 26,78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BOSH SUYAGINING SHIKASTLANISHLARI

Download 26,78 Kb.