|
Katta guruh yoshidagi bolalarning kattalik haqidagi matematik tasavvurlarini shakllantirish
|
bet | 111/185 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 7,07 Mb. | | #99720 |
Bog'liq Bolalarning matematik tasavvurlarini shakilantirish O\'qitish materiallariKatta guruh yoshidagi bolalarning kattalik haqidagi matematik tasavvurlarini shakllantirish.
Maktabga tayyorlov guruhiga o‘tish vaqtida bolalar o‘lchov- lami (uzunlik, kenglik, balandlik) bilishlari va narsalar o‘lchovini 2-3 o‘lchov nuqtayi nazaridan baholay bilishlari zarur. Berilgan kattaliklami aniqlashdan narsalami taqqoslash mashqlari qo‘lla- niladi. Bitta o‘lchovi bilan farq qiluvchi narsalami taqqoslashdan bolalar 2-3 o‘lchov bilan farq qiluvchi narsalami taqqoslashga o‘tadilar («Qaysi taxtacha uzunroq (qisqaroq)? Qaysi biri kengroq (torroq)? Qaysinisi yo‘g‘onroq (ingichkaroq?»).
Taqqoslanadigan narsalar doirasi ortib boradi. Bolalar o‘z faoliyatlarida muntazam uchratib turadigan har xil narsalar
(tasmalar, sharflar, arg'amchiqlar, shnur iplar, kamarlar, quti- chalar va hokazolar)dan foydalanadilar.
Kattaliklarni taqqoslash ayrim olingan holda amalga oshiril- maydi, balki narsalarning boshqa xossalarini (bajaradigan vazifasi, qismi, rangi. materiali va boshqalarni) ko‘rib chiqish bilan birgalik- da bajariladi. Bu bolalar aqliy qobiliyatining o‘sishida muhim ahami- yatga egadir.
Bolalar ko‘rsatilgan narsalarning o‘rtasidagi o‘lchov muno- sabatlarini aniqlabgina qolmay, balki tasavvurlari bo‘yicha shularga o‘xshash munosabatlarni ham yaratadilar. Tarbiyachi ularga o‘xshash munosabatlarni ham yaratadilar. Tarbiyachi ularga, masa- lan, shunday topshiriqlar beradi: «Biri ikkinchisidan uzunroq bo‘lgan ikkita yo‘lka rasmini chizing; uzunligi bir xil, kengligi har xil yoki uzunligi ham, kengligi ham bir xil 2 ta tasmaning rasmini chizing», — va hokazo.
Bolalarga ikkita boshqa narsadan namunaga teng narsa tuzishni taklif ctish foydalidir. Masalan, bolalarga ikkalasining birgalikdagi uzunligi o‘lchov uzunligiga, u esa o‘z navbatida uy tomining uzunligiga teng ikkita taxtacha tanlab olinishini taklif ctish va hokazo.
Bolalarga ikkita boshqa narsadan namunaga teng narsa tuzishni taklif ctish foydalidir. Masalan, bolalarga ikkalasining birgalikdagi uzunligi o‘lchov uzunligiga, u esa o‘z navbatida uy tomining uzunligiga teng ikkita taxtacha tanlab olinishini taklif ctish va hokazo.
Agar narsalarni bevosita taqqoslash mumkin bo‘lmasa, unday holda vosita — o‘lchov kiritiladi. Shartli o‘lchov sistemasi va shu kabilardan foydalaniladi. Bu davrda o‘lchanayotgan narsalarga nisbatan katta o‘lchovdan foydalaniladi. Belgilar o‘rtasidagi oraliq bir narsa boshqasiga qaraganda qanchalik uzun (keng, baland) ekanligini ko‘rsatadi. Harbir narsa alohida-alohida o‘lchovlarbilan o‘lchanishi mumkin. O‘lchovlarni taqqoslash narsalar o‘lchami orasidagi farqni aniqlash imkonini beradi. Masalan, narsalaming uzunligi va kengligi uning uzunligi va kengligiga mos keladigan 2 ta arqon yordamida solishtirilishi mumkin.
O‘lchov — vositadan foydalanishni o‘rganib olgach, bolalar bevosita bir-biri bilan taqqoslash mumkin bo‘lmagan narsalaming o‘lchamlarini solishtira oladilar.
Bolalarda ko‘z bilan chamalash qobiliyatini o‘stirishga katta e’tibor beriladi. Bolalar narsalar o‘lchamlarini bevosita taqqoslash, ustiga qo‘yish. yoniga qo‘yish, o‘lchov yordamida o‘lchash usul- larini egallashlari asosida ko‘z bilan yanada aniqroq chamalanishni talab etuvchi masalalami yechadilar. Avvalo bolalarga o‘lchamlari namunadan katta va kichik narsalarni chamalab topish topshirig'i beriladi, shu bilan birga, narsalar qidiriladigan joy asta-sekin kengaytirib boriladi.
Topshiriqlami bajarish jarayonida pedagog o‘lchov qoidasini aniqlashda bolalarga yordamlashadi: eng qisqa masofa bo‘lishi uchun to‘g'ri chiziq bo‘ylab oMchash zarur; bir maromda katta qadam tashlab yurgan ma’qul; qadam-o‘lchov. Barcha masofada o‘Ichov bir xil bolishi kerak. Bolalar daraxtgacha, qum solingan yashikkacha va boshqa narsalargacha necha qadam ekanligini ishtiyoq bilan aniqlaydilar. Aynan bir masofani har bir bola va pedagog qadamida o‘lchanganida har xil chiqishi bilan oladilar.
1.Kattalik.
2.Katta guruh yoshidagi bolalarni o’lchashga o’rgatishning o’ziga xosligi
|
| |