|
Mavzu: “Elementar matematik ko`nikmalar” bo`yicha
|
bet | 109/185 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 7,07 Mb. | | #99720 |
Bog'liq Bolalarning matematik tasavvurlarini shakilantirish O\'qitish materiallariMavzu: “Elementar matematik ko`nikmalar” bo`yicha
rivojlanish xaritasi.
Reja
1. Mashg‘ulotlarda ishni tashkil qilish.
2. Mashg‘ulotlarni olib borish metodlari.
Mashg‘ulotlarda ishni tashkil qilish.
Kichik guruhlarda boshlangan elementar matematika tushunchalarini rivojlantirish ishi o‘rta guruhda davom ettiriladi. 4-5 yoshdagi bolalaming matematik bilimlari ancha kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi.
Matematika mashg‘ulotlari sentabr oyidan boshlab har haftada, haftaning ma’lum bir kunida o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar 20 rninut davom etadi. Har bir mashg‘ulotda yangi mavzu yuzasidan va o‘tilgan mavzulami takrorlash bo‘yicha bir vaqtda ish olib boriladi.
O‘rta guruhda faqat 2 mavzu ustida ishlash bilan cheklanish zarur. Agar boshqa mavzularni takrorlash yangi material ustida ishlashning tarkibiy qismini tashkil etsa, uni yaxshiroq o‘zlashtirishga yordam bersa, ayrim hollarda yo‘l-yo‘lakay boshqa mavzularga oid bilimlami ham mustahkamlash mumkin.
O‘rta guruh bolalarining diqqati juda o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Bilimlarni puxta o‘zlashtirishlari uchun ulami albatta ish bilan qiziqtirish zarur. Bolalar bilan shoshilmasdan olib boriladigan bamaylixotir suhbat, ko‘rsatmali ko‘rgazmalarning qiziqarliligi,
o‘yinli mashqlardan va didaktik o‘yinlardan keng foydalanish —bularning hammasi bolalarda yaxshi kayfiyat paydo qiladi. O‘yin harakatlari ayni bir vaqtda elementar matematik harakat ham bo‘ladigan «Yana shunchani top!», «Tartib bilan terib qo‘y!» va boshqa o‘yinlardan foydalaniladi.
Mashg‘ulot oxirida ko‘pincha yurish va yugurishni o‘z ichiga oladigan harakatli o‘yinlar: «Nima o‘zgardi?», «Avtomobillar va ular saqlanadigan joy» o‘yinlari o‘tkaziladi. Bu o‘yinlar bolalarga harakatlanish imkonini beradi.
Mashg‘ulotlarni olib borish metodlari.
Matematika mashg‘ulotlarida o‘qitishning ko‘rsatma harakot usullaridan: tarbiyachi harakatlarning namuna va usullarini ko‘rsatishidan, bolalarning elementar matematik faoliyat (ko‘plik, sonlar o‘rtasidagi mutanosiblikni belgilash, hisoblash va boshqalar)ini o‘z ichiga oluvchi amaliy topshiriqlarni bajarishidan
foydalaniladi.
Besh yoshga qadam qo‘ygan bolalarda tekshirib ko‘rish qobiliyatlari (masalan, sezish, harakat tekshiruvlari va boshqalar) tez o‘sib boradi. Shu munosabat bilan bolalami matematik obyektlarning xususiyatlari va munosabatlarini ozmi-ko‘pmi mustaqil ravishda aniqlashga o‘rgatiladi.
Pedagog (tarbiyachi) bolalar oldiga izlanishni talab qiladigan savollami qo‘yadi: «Nima uchun doira yumalaydi-yu, kvadrat yumalamaydi?» U bu savollarga javob topish uchun nima qilish kerakligini aytib beradi, agar lozim bo‘lsa ko‘rsatib ham beradi:
«Kvadrat bo‘ylab barmog‘ingizni yurgizib chiqing. Qarang, bu figurada nima bor?» — deydi.
Bolalar bevosita kuzatgan narsalarini o‘z nutqlarida aks ettirib, tajriba yo‘Ii bilan bilimga ega bo‘ladilar. Shu bilan fikrni og‘zaki bayon qilish shaklning unda ifodalangan mazmundan ajralib
qolishiga, ya’ni bilimlami yuzaki o‘zlashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bu, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Bu yoshdagi bolalar ba’zan so‘z va iboralarni aniq narsalarga, ularning xususiyatlariga bog‘lamasdan osongina eslab qoladilar. Birinchi mashg‘ulotlardan boshlaboq mazkur guruh bolalari oldiga ularning harakatlarini muayyan maqsadga yo‘naltiradigan bo‘lish vazifalari qo‘yiladi.
O‘qitishning ko‘rsatmali (namuna, ko‘rsatish) va og‘zaki (ko‘rsatmalar, tushuntirishlar, savollar va boshqalar) usullaridan qayerda va qanday qilib foydalanish kerakligi bolalaming o‘rganilayotgan materialni o‘zlashtirish darajalari bilan belgilanadi. Bolalar faoliyatning yangi turlari (hisoblash, sanab ajratish, narsalarni katta-kichikligiga qarab taqqoslash) bilan tanishayotganlarida harakatlaming barcha usullarini, ularning xarakteri va izchilligini tola, keng ko‘rsatish hamda tushuntirish, namunani sinchiklab
va batafsil ko‘rib chiqish zarur. Ko‘rsatmalar bolalarni narsaning yoki stol yoniga chaqirilgan bolaning harakatlarini kuzatib borishga undaydi, ulami mazkur harakatlaming aniq og‘zaki ifodasi bilan tanishtiradi. Tushuntirishlar qisqa va aniqligi bilan ajralib turishi kerak.
Yangi material tushuntirilayotganda bolalami pedagog bilan birga harakat qilishga, ayrim ishlarni birga bajarishga jalb etiladi.
Ular, masalan, narsaning uzunligi, qandayligini ko‘rsatishlari, hammalari birgalikda (xo‘r bo‘lib) narsalarni sanashlari mumkin va hokazo.
Yangi bilimlar mazkur yoshdagi bolalar uchun faqat astasekin o‘zining umumiy ma’nosiga ega bo‘ladi. O‘rta guruhda ham kichik guruhda bo‘lgani kabi, bolalar uchun yangi bo‘lgan harakatlami bir necha marta ko‘rsatish zarur, bunda ko‘rsatma qurollar almashtiriladi, topshiriqlar, ish usullari birmuncha o‘zgartiriladi, harakatlaming yangi usullarini o‘zlashtirishda bolalarning aktivlik va mustaqillik ko‘rsatishiga ana shunday erishiladi. Bolalarning ko‘rsatma qurollar bilan ishlashlari qanchalik xilma-xil bo‘lsa, ular bilimlarni shunchalik ongli o‘zlashtiradilar.
Pedagog (tarbiyachi) savollarni shunday berishi kerakki, bunda yangi bilimlar aniq so‘zda o‘z ifodasini topsin. Bolalami o‘z harakatlarini tushuntirib berishga, ular raqamli ish bajarganliklari,
natijada nima hosil bolganligi haqida so‘zlab berishga doimo o‘rgatib boriladi. Tarbiyachi bolalarning javoblarini sabr bilan tinglaydi, ularga aytib berishga shoshilmaydi, ularning fikrlarini o‘zi oxiriga
yetkazishga intilmaydi. Zarur bo‘lib qolsa, javob namunasini keltirib, qo‘shimcha savollar beradi, ayrim hollardajumlani boshlab beradi, bola esa uni tugatadi.
Pedagog (tarbiyachi) bolalar nutqidagi xatoni to‘gcrilab, ularga so‘zlarni, iboralarni takrorlashni taklif qiladi, bolalarni ko‘rsatma qurollardan foydalanishga undaydi («qarachi, qaysi doska qisqaroq!»). Tegishli lug‘atning o‘zlashtirilishiga qarab so‘zlarning ma’no ahamiyati ochib borilgan sari, bolalar so‘zning to‘liq, keng yoyib ko‘rsatilishiga muhtoj bo‘lmay qoladilar.
Ular keyingi mashg‘ulotlarda, asosan og‘zaki yo‘l-yo‘riqqa qarab harakat qiladilar. Pedagog faqat ayrim usullamigina ko‘rsatib beradi. Savollarga javob berish yo‘li bilan bola yo‘l-yo‘riqni
takrorlaydi, masalan, avval qaysi o‘lchamdagi doskani qo‘yish kerakligini aytadi.
Bolalar bajarilgan topshiriq haqida ravon so‘zlab berishga o‘rganadilar. Keyinchalik ular faqat og‘zaki ko‘rsatmalar asosidagina harakat qiladilar. Agar bolalar topshiriqni bajarishga qiynalsalar,
pedagog namuna keltirishi, namoyish qilishi hamda qo‘shimcha savollar berishi ham mumkin. Barcha xatolar didaktik material bilan ishlash jarayonida tuzatiladi.
Topshiriqlar hajmi asta-sekin kengaytirib boriladi, ular 2-3 qismdan iborat bo‘la boshlaydi. Masalan, kartochkada tasvirlangan doirachalami hisoblash va xuddi shuncha o‘yinchoqlami hisoblab ajratib olish kerak.
|
| |