• Quyida o‘yinlarga taalluqli nazariy fikrlarni keltiramiz.
  • Maktabgacha ta’lim muassasalarda kompyuterli ta’limiy va




    Download 7,07 Mb.
    bet105/185
    Sana16.11.2023
    Hajmi7,07 Mb.
    #99720
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   185
    Bog'liq
    Bolalarning matematik tasavvurlarini shakilantirish O\'qitish materiallari

    Maktabgacha ta’lim muassasalarda kompyuterli ta’limiy va
    rivojlantiruvchi o‘yinlar o‘tkazish uslubiyoti.
    Kundalik xalqimizga hamda kishilar faoliyatining ko‘p sohalari kirib kelayotgan va ularning rivojlanishiga ta’sir qilayotgan axborot va kompyuter texnologiyalarini tezlikda rivojlanishi, ularni o‘yin, o‘yinli faoliyat, maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va rivojlantirishga ham ta’sir etmokda.
    Hozirgi vaqtda maktabgacha yoshdagi bolalarga yangi axborot texnologiyalarini o‘rgatish, ularni kompyuter bilan tanishtirish, kompyuter savodxonligi asoslarinio‘qitish masalalari dolzarb vazifalar sirasiga kirmoqda.
    Respublikamizdagi maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘tazilayotgan ko‘pgina tajribalarning natijalari, yoshi katta bolalar bog‘chalarida maxsus kompyuter o‘quv-o‘yinli va rivojlantiruvchi dasturlardan foydalanish yaxshi samara berayotganligini tasdiqlamokda, shuningdek, amaliyot, bevosita bolani axborot olami bilan tanishishining birinchi bosqichi bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmokda. Respublikamizda ko‘p hollarda bunday ishlar maktabgacha ta’lim muassasasi mashg‘ulotlarida emas, balki ko‘proq uyda, ota-onalari, akalari va opalari bilan ham amalga oshirilmokda.
    Shuning uchun, bugun maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachi-pedagoglar va shu soha bo‘yicha ilmiy-tadqiqot olib boraltgan tadqiqotchilardan kompyuterdan MTMda foydalanish mumkinmi? Kompyuterli rivojlantiruvchi o‘yin nima? Maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘yin faoliyatida to‘laqonli shakllanish va rivojlanish jaralnida, u an’anaviy o‘yin va o‘yinchoq bilan bir qatorda turishi mumkinmi? Kompyuterdan foydalanish chegarasi mavjudmi? Kompyuterli o‘yin va o‘yinchoqlardan foydalanish oqibati nimalarga olib kelishi mumkin? Kompyuterni MTM bolalariga o‘rgatish ijobiy va salbiy tomonlari qanday? kabi savollarga javob kutilmoqda.
    Quyida o‘yinlarga taalluqli nazariy fikrlarni keltiramiz.
    Kompyuterli dastur bola uchun yangi o‘yin vositasi, qiziq va boshqariluvchi o‘yinchoq bo‘lishi mumkin va bu vositalar yordamida turli-tuman o‘yin masalalarini yechishi, demak, rivojlanishi mumkin. Lekin, kompyuter o‘yinini muvaffaqiyatli egallash uchun bolada psixik jarayonlarni shakllanganlik darajasi talab etiladi. Shuning uchun ham ko‘pgina psixolog olimlarning fikricha kompyuterni 5 yoshdan kichik bo‘lmagan bolalarga tanishtirish mumkinligini ta’kidlaydilar. Chunki:

    1. Kompyuterni faoliyat vositasi sifatida to‘laqonli foydalanish uchun boladan belgilar, umumlashgan shakllar (buning uchun, unda yetarlicha rivojlangan ong, ijodiy tasavvur kerak) bilan ishlashni bilishi kerak. Ekrandagi tasvir – haqiqiy yoki o‘yinli obyektlarning shakllari va belgilaridan iborat va ular bilan bola muvaffaqiyatli amallar bajarishi uchun, uning ongi yetarli darajada rivojlangan bo‘lishi talab etiladi.

    2. Kompyuter dasturi bilan ishlaganda bevosita ikkilangan faoliyat amalga oshiriladi, masalan, bola barmoqlari bilan kompyuter tugmalarini lki “sichqoncha”ning tugmasini bosib, qo‘llari bilan amallar bajarishi va bir vaqtning o‘zida ekranga qarab unda tasvirlangan narsa va hodisalarni kuzatishi kerak.

    3. Bolada harakatlarni ixtiyoriylik darajasi va erkin o‘zini-o‘zi tartibga solish xususiyati rivojlangan bo‘lishi talab etiladi.

    Kompyuterda ishlashni o‘rganishga mo‘ljallangan yuqorida keltirilgan shartlar turli-tuman predmetli-amaliy va o‘yinli faoliyatda (rasm solish, yasash, rolli o‘yin va h.k.) shakllanadi. Bevosita an’anaviy o‘yin tabiiy ravishda, bolani majbur qilmagan holda u lki bu harakatlar qilishga yo‘naltiradi va bu harakatlarga uni aralashtiradi. O‘yin (dastlab narsalar bilan keyin narsa yoki belgi asosida tasavvur kiladigan vaziyatli o‘yinlar)da harakatlarining sifatli o‘zgartirish, yig‘ish, umumlashtirish, belgilarni o‘rniga (imo, so‘z) qo‘yishlar juda aniq namoyon bo‘ladi.
    Rivojlantiruvchi o‘yin, faoliyat sifatida bolada bosqichma-bosqich ishiga bog‘liq bo‘lgan harakat turini, o‘xshash fikrlashning belgili vazifasini rivojlanishini, ko‘rgazmali-shaklli fikrlashga o‘tishni, tushuncha turidagi nutqiy fikrlashni shakllanishini vujudga kelishini ta’minlaydi. Shuning uchun, bola tomonidan turli an’anaviy o‘yinlarni o‘rganishi kompyuter o‘yinlarini egallash uchun zarur bo‘lgan asosni yaratadi. Bog‘cha bolalarining o‘yinli faoliyatiga kompyuter dasturlarini kiritish, to‘g‘ri dasturiy mahsulot tanlash va ulardan to‘g‘ri foydalanish, kompyuter o‘yininibolalarning o‘yinli faoliyatidagi haqiqiy vositasiga aylantiradi. Shunda bolaning o‘yin muhitini yetarlicha boyitish va kompyuter bolani psixikasi hamda intellektini rivojlantirishining qudratli omiliga aylantirish mumkin



    Download 7,07 Mb.
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   185




    Download 7,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktabgacha ta’lim muassasalarda kompyuterli ta’limiy va

    Download 7,07 Mb.