Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida matematika




Download 7,07 Mb.
bet75/185
Sana16.11.2023
Hajmi7,07 Mb.
#99720
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   185
Bog'liq
Bolalarning matematik tasavvurlarini shakilantirish O\'qitish materiallari

4.Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida matematika
bo’yicha ishlarni rejalashtirish.
Reja
1. Mashg‘ulotlarni tashkil qilish.
2. Mashg‘uIotlar olib boorish.


Mashg‘ulotlarni tashkil qilish.
Ikkinchi kichik guruhda matematik tushunchalarni rivojlantirish yuzasidan maxsus ishlar o'tkaza boshlanadi. Bolalarni komil inson qilib tarbiyalash aniq fanlarning miqdoriy munosabatlari va fazoviy shakllarini birinchi marta idrok ctishning qay darajada muvaffaqiyatli tashkil ctilishiga bog'liqdir.
Zamonaviy matematikada «son», «figura» va boshqa tushun­chalarni asoslashda to'plamlar nazariyasidan foydalaniladi. Bu o‘z navbatida bolalarda miqdoriy munosabatlarni shakllantirishga va natural son haqidagi tushunchani paydo qilishga sharoit yaratadi.
To'plam ta’riflanmaydigan tushuncha bo'lib, misollar asosida bcriladi, masalan bog'chadagi bolalar to‘plami, qo'ldagi barmoq- lar to‘plami yoki gapdagi so'zlar to'plami haqida gapiriladi. Bundan tashqari, to'plam biror narsaning yig'indisini anglatuvchi so'zlar o'rnida qo'llaniladi, masalan, gala, guldasta, poda, ammo bu yig'indida bitta element yoki birorta ham clement bo'lmasligi mumkin.
To'plamni turli usullar bilan bcrish mumkin, masalan, 2 va 10 sonlari orasidagi butun sonlar lo'plami, bog'cha hovlisidagi daraxtlar lo'plami, viloyatdagi bog'chalar to'plami va hokazo, umuman to'plamni berish elementlarni sanash yoki uni tashkil etuvchi narsalarning xususiyatlarini aytish bilan beriladi.
Narsalaming sifat belgilarini ajrata bilish va ular uchun umumiy bo'lgan bitta belgi asosida birguruhga birlashtirish—sifat kuzatish- laridan miqdor kuzatishlariga o'tishning muhim sharti hisoblanadi.
Bolalar bilan ishlash narsalarning umumiy belgilariga qarab tanlash va guruhlarga birlashtirish («barcha qizil rangli kubiklarni tanlab ol» va shu kabilar)ni topshirishdan boshlanadi.
To'plam uning ayrim clcmcntlarini ajralish, elementlarini to‘plamga birlashtirish yo'li bilan bolalar to'plamini uning elementlari birdan bir butun narsa deb idrok etishga o'rganadilar.
Kichkintoylarga lo‘plamlarni laqqoslash va to'plam tarkibiga kiruvchi elementlami miqdoriga ko‘ra teng quvvatliligini aniqlash usullari o'rgatiladi («echkilar qanclia boMsa, qo'ylar ham shuncha», «ruchkalarga qaraganda qalamlar ko‘p»).
Bolalar ustma-ust yoki yonma-yon qo'yish usullari yordamida to'plam elcmentlari o‘rtasida o'zaro bir qiymatli moslik bor yoki yo'qligini aniqlaydilar.
Ikki to'plam uchun o'zaro bir qiymatli moslik tushunchasi shundan iboratki, birinehi to'plamning har birelementiga ikkinchi to'plamning faqat bitta clcmcnti mos kcladi va aksincha (taqsimchalar qancha bo'lsa, piyolalar ham shuncha; qiz bolalar qancha bo'lsa, o'g'il bolalar ham shuncha va hokazolar chckli to'plamlardir).
Natural son tushunchasi taqqoslanayotgan to'plamlarning elemcntlari o'rtasidagi bir qiymatli moslik o'rnatish asosida tarkib toptiriladi.
Kichkintoylarga narsalarbilanturlixilishlamibajartirib, ulami sanoqni o'zlashtirishga olib kelinadi, ularda natural son haqida tushuncha paydo qilish uchun imkoniyatlar yaratiladi.
Kichik guruhda narsalami bo'yiga, eniga, balandligiga, hajmiga qarab taqqoslash mashqlariga katta e’tibor beriladi. Bolalarda kattalik (miqdor) va ularning xususiyatlari to'g'risida dastlabki tasavvur hosil qilinadi, ular figuralar bilati tanishtiriladi, doira, kvadrat, uchburchak shaklidagi narsalarning rangi va katta-kichikiigidan qat’iy nazar, bir-biridan farq qilishga, ulaming nomini aytishga, bu shakllarning modelini tanlay olishga o'rgatiladi.
Bolalar narsalarning o'rnini (oldinda, orqada, chapda, o'ngda) bilishga va shuningdek, vaqtni to'g'ri aniqlashga, tong, kun, kcch, tun so'zlarini to'g'ri, o'rinli qo'llanishiga o'rgatiladi.
Bajariladigan ishlar 2-sentabrdan bolalarni (6-8 bola) guruhlarga bo'lib va oktabroyidan boshlab rejaga ko'ra butun guruh bilan baravariga matematikadan mashg'ulotlarda olib boriladi.
Ishni bolalaming nimalami bilishlarini va nimalar qila olishlarini bilgan holda, ularga yangi bilimlar oz-ozdan, asta-sekin berish bilan tashkil qilinadi. Ish hajmini taqsimlashda bolalaming imkoniyatiga yetarlicha baho bermaslikka yoki ortiqcha baho bcrib yuborishga yo‘l qo'ymaslik muhim ahamiyatga ega, chunki har ikkala hoi ham muqarrar sur’atda kichkintoylarni mashg'ulotlarda faoliyatsizlikka olib kelishi mumkin.

Download 7,07 Mb.
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   185




Download 7,07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida matematika

Download 7,07 Mb.