Mashg‘uIotlar olib boorish




Download 7,07 Mb.
bet76/185
Sana16.11.2023
Hajmi7,07 Mb.
#99720
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   185
Bog'liq
Bolalarning matematik tasavvurlarini shakilantirish O\'qitish materiallari

Mashg‘uIotlar olib boorish.
Kichik guruh bolalarini o'qitish ko'rsalmali amaliy tusda olib boriladi. Bola yangi bilimlarni tarbiyachining harakatini kuzatayot- ganida, uning tushuntirish va ko'rsatmalarini tinglab turganida hamda didaktik material bilan o‘zi ishlagan vaqtida bevosita idrok etish asosida o‘zlashtiradi.
Mashg‘ulotlar ko'pincha o'yin elementlari — 10‘satdan o'yinchoqlar, buyumlar paydo bo'lishi, «mehmonlar» kelib qolishi va boshqalar bilan boshlanadi. Bunday vaziyat kichkintoylarni qiziqtiradi va aktivlashtiradi.
Matematik xossalarni aniqlash o'zining o'xshash yoki qarama- qarshi xossalari (uzun-qisqa, yumaloq-yumaloqmas va shu kabilar) bilan bir-biridan farq qiluvchi narsalarni taqqoslash asosida amalga oshiriladi. Bilish mumkin boMgan, xossasi yaqqol ko‘rinib turgan, bolalarga yaxshi tanish, ko‘pi bilan 1-2 belgisi bilan farq qiladigan predmetlardan foydalaniladi. Belgilarni aniq idrok etishga harakatlar (qo'l harakatlari) yordam beradi, biror figura modeli atrofida barmoqni aylantirib yurgizib chiqish uning shaklini aniqroq bilib olishga yordam beradi, qo‘lni, masalan, sharf yoki tasma ustidan bo'yiga yurgizib chiqish esa (uzunlikni taqqoslashda) pred- metlarning xuddi shu uzunlik belgisi bo'yicha o'zaro munosabatini bilishga yordam beradi.
Kichkintoylarni buyurnlarning bir xil xossalarini ajratib ko'rsatish va taqqoslashga asta-sekin o'rgatib boriladi (bu nima? rangi qanaqa? kattaligi qanday?) Taqqoslash, solishtirishning amaliy usullari, ya’ni ustma-ust yoki yonma-yon qo'yish asosida bajariladi.
Bolalarning didaktik matcriallar bilan ishlashiga katta ahamiyat bcriladi. Kichkinloylar endi ancha murakkab harakatlarni ma’lurn izchillikda bajara oladilar (surallar va namuna-kartochkalar ustiga prcdmctlarni qo'ya oladilar). Agarbola topshiriqni uddalay olmasa, unumli ishlay olmasa, u mashg'ulotga bo'lgan qiziqishini tczda yo'qotadi, charchaydi va ishdan chalg'iydi.
Pedagog buni e’tiborga olib, bolalarga namuna tariqasida ishning har bir yangi usulini avval bajaradi.Yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan xatolarning oldini olishga intilib. u ishning hamma clementlarini ko'rsatib beradi va ishdagi harakatlarni boshidan oxirigacha birma- birtushuntiradi. Bu tushuntirishlar nihoyatda aniq. ravshan bo'Iishi va yosh bola idrok eta oladigan tezlikda bayon qilinishi kerak. Agar pedagog shoshib so'zlasa, bolalar uning gapini tushunmay qoladilar va diqqatlari bo'linadi.
Pedagog kichkintoylar diqqatini har gal yangi detallarga jalb qilib, harakatning eng murakkab usullarini 2-3 marta namoyish qiladi. Ko'rsatma materialni almashtirib turib, ayni bir harakat usulining o'zini turli vazivatlarda ko‘p marta ko'rsatish va nomini atash bolalarning shu harakatni o'zlashtirib olishlariga imkon beradi.
Tarbiyachi ish davomida bolalatga ulaming xatolarini ko'rsatadi va bu xatolarning sababini aniqlaydi. Barcha xatolar didaktik material bilan bevosita ishlash jarayonida to'g'rilanadi. Tushuntirishlar charchoq hosil qiladigan, uzundan-uzoq bo'lmasligi kerak. Ayrim hollarda kichkintoylarning xatosi umuman hcch qanday tushun- tirishlarsiz tuzatiladi (o'ng qo'lingga ol. mana bunisiga! Mana bu kosani yuqoriga qo'y, ko'rdingmi, u piyoladan katta! va hokazo).
Bolalar harakat usulini o'zlashtirib olganlaridan so'ng, uni ko’rsatib o'tirishning hojati qolntaydi. Endi kichkintoylarni vazifa bajarishga faqat og'zaki ko'rsatmalar bilan undash kifoya.


Download 7,07 Mb.
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   185




Download 7,07 Mb.