MTTda matematikani o‘rgatishda qo’laniladigan metodlar




Download 7,07 Mb.
bet79/185
Sana16.11.2023
Hajmi7,07 Mb.
#99720
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   185
Bog'liq
Bolalarning matematik tasavvurlarini shakilantirish O\'qitish materiallari

MTTda matematikani o‘rgatishda qo’laniladigan metodlar.
Mashg’ulotning tuzilishi dastur bo’limlarining hajmi, mazmuni, ko’rgamaliligi, tegishli bilim va ko’nikmalarning o’zlashtirilish saviyasi va boshqa omillarga bog’liq.
Chunonchi, kichik guruxda bir yoki ikki mavzu bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazish maqsadga muvofiq. Shu bilan birga hamma guruhda yangi mavzu bo’yicha birinchi mashg’ulot, odatda, to’liq o’rganishga bag’ishlanadi, takrorlash yangi materialning o’tilishi munosabati bilan yoki mashg’ulotning oxirida o’tkaziladi.
Ikkinchi, uchinchi va undan keyingi mashg’ulotlar berilgan mavzu bo’yicha ham materialni mustahkamlashga bag’ishlanadi.
Mashg’ulotlarni takroriy mashqlardan boshlash maqsadga muvofiq, bu mashqlar o’ziga yarasha aql gimnastikasidir, masalan, “Kim qaysi o’yinchoqlarni sanadi?, O’yinchoqlar nechta?” kabi o’yin-mashqlardan boshlash mumkin. Bulardan katta guruhda foydalanish mumkin. (Chaqirilgan bolalar tarbiyachi ko’rsatmasiga binoan o’yinchoqlarni sanab chiqadilar, so’ngra o’yinchoqlar salfetka bilan yopiladi, shundan keyin bolalar u yoki bu o’yinchoqdan nechtadan bo’lganini yoki kimda o’yinchoqlar borligini va o’yinchoqlar qancha bo’lganini topadilar).
Bolalar (o’rta, katta va maktabga tayyorlov guruhlarida), buyumlarni va geometrik figuralarni har xil alomatlari bo’yicha guruhlarga ajratishni, o’yinchoqlar, figuralar, jadvallar to’plamiga tayyorlov guruhlarida “qancha” so’zi bilan savollar o’ylab topishni mashq qiladilar. Shuningdek, “Qo’shnilaringni top”, “Men qaysi sonni o’tkazib yubordim”, “Kim ko’p bilsa, u uzoq sanaydi” kabi o’yinlar o’tkaziladi.
Yangi materialni tushuntirishda tarbiyachining yoki chaqirilgan bolaning harakatlari hamma bolalarga ko’rinib turishi muhim.
Keyinroq bilim va ko’nikmalarni mustahkamlash uchun topshiriqlar hamma bolaga bir vaqtda beriladi. Bolalar o’rinlarida yuzlari bilan qarab o’tirishlari kerak. Chunki topshiriqlarning bajarilishini tekshrishda yoki yangi topshiriqlar berishda tarbiyachi bolalar e’tiborini namunaga tortishi, bajarilishining u yoki bu jihatini ko’rsatishi kerak bo’ladi. Olti o’rinli stollar mavjud bo’landa uning atrofiga to’rttadan ortiq bolani o’tkazmaslik kerak, zarur bo’lsa, qo’shimcha 1-2 ta stol qo’yish kerak.
Bolalarning bilim va ko’nikmalari tekshiriladigan mashg’ulotlar tarbiyachi stoli oldida tashkil qilinadi.
Agar mashg’ulotning borishida yoki uning oxirida harakatli o’yinlardan foydalaniladigan bo’lsa, bu o’yinlarni o’tkazish uchun oldindan joy tayyorlab qo’yish kerak.
Mashg’ulotlarni muvaffaqiyatli o’tkazishda ko’rsatma qo’llanmalarni to’g’ri tanlashning ahamiyati katta. Matematik tasavvurlarni shakllantirishda ham, bolalarni dastlabki umumlashtirishlarga keltirish borasida ham ko’rsatmalilik boshlang’ich moment bo’lib xizmat qiladi. Hamma mashg’ulotlarda kundalik turmushda ishlatiladigan buyumlar, o’yinchoqlar, tabiiy maeriallardan keng foydalaniladi. Hamma bolalar o’yinchoqlar bilan o’ynashlari uchun o’yinchoqlar ko’p miqdorda tanlanadi.
Matematik bilimlar abstraksiyalash yo’li bilan o’zlashtirilishi sababli turli-tuman buyumlardan foydalaniladi. O’qitishning ma’lum bosqichida jadvallar, sxemalar ko’rsatmali material bo’lishi kerak.
Ko’rsatmalilikning xarakteri yoshdan-yoshga o’tish bilangina emas, balki joyga hamda bilimlarni o’zlashtirishning har xil bosqichlarida konkret bilan absrak orasidagi munosabatlarga bog’liq holda ham o’zgarib turadi.
Chunonchi o’qitishning ma’lum bosqichida buyumlar to’plamini sanash “Sonli jadvallar”, “Sonli zinachalar” va boshqa mashqlar bilan almashtiriladi.
Ko’rsatma-qo’llanmalarni tanlash va ular kombinatsiyasi mashg’ulotlar jarayonidagi bilim va ko’nikmalarni egallashga bog’liq. Bolalar bilimlarini umumlashtirish, har xil bog’lanishlarni, munosabatlarni ko’rsatish kerak bo’ladigan hollarda ko’rsatmalilikning bir necha turini kombinatsiyalash kerak. Masalan, qo’shni sonlar orasidagi bog’lanish va munosabatlarni, yoki sonlarning birlikdan iborat miqdoriy tarkiblarini o’rganishda har xil o’yinchoqlardan, geometrik figurlar jadvallari va h.k.dan foydalaniladi.

Download 7,07 Mb.
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   185




Download 7,07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MTTda matematikani o‘rgatishda qo’laniladigan metodlar

Download 7,07 Mb.