• Narsalarning shakllarini geometrik namunalar bilan solishtirib ko‘rish
  • O‘rta guruh yoshidagi bolalarni geometrik shakl bilan o‘yinlar o‘tkazish




    Download 7,07 Mb.
    bet99/185
    Sana16.11.2023
    Hajmi7,07 Mb.
    #99720
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   185
    Bog'liq
    Bolalarning matematik tasavvurlarini shakilantirish O\'qitish materiallari

    O‘rta guruh yoshidagi bolalarni geometrik shakl bilan o‘yinlar o‘tkazish.
    Figuralarni shakllari va boshqa xususiyatlariga qarab guruhlarga ajratishni, figuralarni o‘lchamIarining ortib va kamayib borishi tartibida terib qo‘yishni mashq qildirish katta ahamiyatga ega. O‘rta guruhda bolalarga mashg'ulotdan tashqari vaqtda figuralarni farq qilishni mashq qildirish uchun «Nima yo‘q bo‘lib qoldi?» yoki «Nima o‘zgardi?» kabi o‘yin mashqlari va didaktik o‘yinlardan keng
    foydalaniladi. Bolalar qaysi figurani yashirganlari yoki almashtirib qo‘yganliklarini aytadilar.
    «Ajoyib qopcha» o‘yini turli variantlarda o‘tkaziladi. Bolalar figuralarni taniydilar, ko‘rib idrok etiladigan namunaga qarab uni paypaslab ko‘rib topadilar yoki, aksincha, ushlab ko‘rib idrok etilgan namuna asosida figurani ko‘rib topadilar.
    «O‘z uyingni top», «Samolyotlar» kabi o‘yinlar figuralar shaklini idrok etishdagi konstantalik (turg‘unlik)ni o‘stirishga imkon beradi. Yasalgan kvadratlar, uchburchaklar uychalar va aerodromlar vazifasini bajaradi. Mazkur o‘yinlar takroriy o‘tkazilganida bunday uychalar va aerodromlarning oMchamini kattalashtirish maqsadga muvofiqdir.
    Yakka mashqlar o‘tkazish uchun «Juftingni top», «Ko‘rgazmaga mos figurani top» va boshqa shu kabi o‘yinlardan foydalaniladi. Bolalar figuralaming rangi va tasviri haqidagi belgilami taqqoslab, tegishli shakllarni topadilar.
    Narsalarning shakllarini geometrik namunalar bilan solishtirib ko‘rish. O‘rta guruhda bolalarni narsalarning shakllarini geometric namunalar bilan solishtirib ko‘rishga katta ahamiyat beriladi. Bolada
    u yoki bu narsaning shakli qaysi geometrik figuraga yoki geometric figuralaming qaysi birikmasiga to‘g‘ri kelishini ko‘ra olish qobiliyati o‘stiriladi.
    Bolalar oldin geometrik figuralarni ularga o‘xshash shakldagi narsalar bilan solishtirib ko‘rishni mashq qiladilar. Ular figuralaming modellariga mos narsalarni tanlab oladilar. Geometrik figuralarni boshqa narsalardan ajratib olishga, ularga namuna ma'nosini berishga mana shunday qilib erishiladi.
    «Xuddi mana shunday shakldagi narsani top», «Men aytgan narsani top» va boshqa shu kabi o‘yin mashqlari o‘tkaziladi. Bolalar narsalarning shakllarini geometrik namunalar bilan bevosita taqqoslashdan ularning shakllarini so‘z bilan ta’riflashga o‘tadilar.
    Mashqlar uchun avval oddiy shaklda bo‘lgan detallari yo‘q narsalar tanlab olinadi. Bir turdagi (har xil shakldagi geometric figuralar, taxtachalar va shu kabilardan) va har xil turdagi narsalar (kvadrat shaklli ro‘mol, to‘g‘ri burchakli sharfcha, uchburchakli ro‘mol, galstuk)dan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
    Bolalar ko‘rsatilgan shakldagi (4-5 dona ichidagi) narsalarni tanlab oladilar; tegishli shaklga ega bo‘lgan narsalar tasvirlangan rasmlami tanlab oladilar; jadvalda qaysi shakldagi narsalarning rasmi chizilganligini aytadilar. Keyinchalik ularga xonaning ma’lum joylaridan aytilgan shakldagi narsalarni topish («Qarangchi, tokcha ustida qutiga o‘xshash narsalar bormikan?») taklif qilinadi. «Guruh xonasi bo‘ylab sayohat», «Yashirilgan narsani top» kabi o‘yinlar o‘tkaziladi.

    Download 7,07 Mb.
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   185




    Download 7,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘rta guruh yoshidagi bolalarni geometrik shakl bilan o‘yinlar o‘tkazish

    Download 7,07 Mb.