Buyumlarning o'lchami o'rtasidagi munosabatni aniqlashga o‘rgatish




Download 7,07 Mb.
bet97/185
Sana16.11.2023
Hajmi7,07 Mb.
#99720
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   185
Bog'liq
Bolalarning matematik tasavvurlarini shakilantirish O\'qitish materiallari

Buyumlarning o'lchami o'rtasidagi munosabatni aniqlashga o‘rgatish.
Bolalar 2 ta narsaning o'lchami (uzunligi, kengligi, balandligijni taqqoslashni o'rganib olganlaridan so'ng 3-5 ta nar­saning o'lchami o'rtasidagi munosabatni aniqlashni mashq qilishga o‘tadilar. Bolalar narsalarning uzunligi, kengligi, balandligi. qalinligi va nihoyat, umuman hajmi ortib yoki kamayib borishiga qarab bir qalorga terishni o'rganadilar. Taqqoslanayotgan ikkala narsaning o'lchami (uzunligi, kengligi va hokazolar) orasidagi tafovut oldin 5-6 sm bo'lgan bo'lsa, keyin asta-sekin 2 sm. ga tushib qoladi.
Awal bolalar tartibga keltirilgan qator namunasiga qarab 3 ta narsani teradilar. Keyinchalik esii ularqoidaga muvofiq harakat qilishni o‘rganadilar. Bolalar, masalan, qolgan narsalarning har gal eng uzunini lanlab olib, narsalarning eng uzunidan boshlab tartib bilan qator qilib terib borish mumkinligini bilib oladilar. Eng uzun (yoki qisqa) deb tanlab olingan narsa uning oldidagi qatorga joylashtirilgan narsadan kaltaroq (uzunroq) bo‘lib chiqqanligiga doinr bolalar e’tibori jalb etiladi. Bolalar har bir narsani uning bevosita oldida va orqasida turgan narsalar bilan juftlab taqqoslab ko‘rishlari kerak. Shu asosda ular narsalarning o'lchamiga beriladigan baho nisbiy xarakterga ega ekanligini tushunib olishni o'rganadilar.
Pedagog bolalarga narsalarning o‘lchamlarini ulaming «joy- lashish tartibiga qarab» aytishni, ular ongida qator yo'nalishining
aniqligini belgilagandek (navbatdagi har bir narsa oldingisidan katta yoki kichkina) bo'lib, «zinacha bo'у lab yuqoriga va pastga qadam tashlash»ni taklif qiladi.
Bolalar turli uzunlikdagi doskalar va boshqa narsalarni tcrib qo‘yayotganlarida ulaming chap lomondagi chetlarini tekislaydilar, (urli kenglikdagi narsalarni terib qo'yayotganda esa ulami bitta to'g'ri chiziq ustiga joylashtirish maqsadida yuqori yoki pastki chetlarini tekislaydilar (joylashtiradilar). Ba’zi bolalar narsaning bir tomondagi chetlarini tekislashda qiynaladilar. Ulatga, masalan, chap cheti bo'ylab vcrtikal chiziq o'tkazilgan qog'oz varaqlarini berish (doskalarni uzunasiga qarab taqqoslashda) maqsadga muvofiqdir; ular mana shu varaqlar yordamida doskalarni tekislaydilar.
Bolalarning ko‘z bilan chamalash qobiliyatini o'slirishga katta ahamiyat beriladi. Masalan, ularga 4-5 ta narsa ichidan namunaga qaraganda katta (kichik) narsani, namuna bilan teng narsani ko‘z bilan chamalab topish taklif qilinadi. Bolalar o'lchovga teng narsalar lopishni o'rganadilar. O'lchovdan endi taqqoslanayotgan narsalarni yonma-yon qo'yib, o'lchashdan ko‘z bilan chamalab o'lchashga o'tish maqsadidagi oraliq vosita sifatida foydalaniladi.
11 va 111 fasllarda 7-8 mashg'ulot davomida narsalarni o'lchamlariga qarab, qator qilib terish mashqi bajariladi. Awal bu mashqlar mashg'ulotlarning asosiy qismini tashkil etadi, keyin- chalik esa ular uchun dastuming boshqa bo'limlaridagi materialni o'rgatishga bag'ishlangan mashg'ulotlarning ikkinchi yoki uchinchi qismida 4-6 minut vaqt ajratiladi.
Bolalarning matematika mashg'ulollarida olgan bilim va ko'nikmalarini muntazam ravishda mustahkamlab borish va ular faoliyatining har xil turlarida tatbiq etish zarur. Bolalar uzunligi va kengligi teng hamda teng boimagan tasmalar, yo'lkachalar rasmini chizishlari, kitoblarni, qutichalarni ta’mirlash uchun kerakli o'lchamdagi doskalarni tanlab olishlari, tabiat burchagidagi o'simliklarni parvarish qilib, ularni poyasining yo'g'onligini, barg- larining uzunligi, kengligi va qalinligini va hokazolami taqqos- lashlari mumkin.
Mashg‘ulotlardan tashqari vaqtda tegishli bilim, malaka, ko'nikmalarni mustahkamlash va o'stirishga imkon beruvchi didaklik o‘yinlarni goh-gohida o'tkazib turish maqsadga muvofiqdir.



Download 7,07 Mb.
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   185




Download 7,07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buyumlarning o'lchami o'rtasidagi munosabatni aniqlashga o‘rgatish

Download 7,07 Mb.