Buxdu ning Web sahifasi




Download 0.59 Mb.
bet12/15
Sana17.05.2022
Hajmi0.59 Mb.
#21218
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2-lab, Тест 2, Kirish differensial tenglamalar, aziz, Ayolmisan ayol bo`l, 2-синф, mustaqil ish--2, iqtisodiy matemdan savollar bazasi, Qisqa muddatli oraliqda firma foydasini maksimallashtirish va un, 5 tashabbus, 38-41, ҚУРИЛИШДА БАҲОНИ ШАКИЛЛАНТИРИШ ВА СМЕТА 2017 ЎУМ 8, 13-laboratoriya ishi, geometrik loyihalash 9 mavzu
Treningni o’tkazish bosiqichlari
1- Bosqich. Guruhni 6-7 kishidan iborat bo’lgan guruhlarga bo’lamiz. Trening har bir guruh va har bir a’zosiga mustaqil yodda saqlab qolish uchun alohida- alohida aniq yozma materiallar beriladi. Trener tomonidan tanlangan umumiy mavzu bo’yicha biron – bir hajmdagi matn berilgan, ularning soni guruhlar va tinglovchilar soniga bog’liq. Masalan, guruh 4 ta qismga ajratilgan bo’lib, har bir guruhda 6 tadan o‘quvchi bo’lsa, umumy mavzu 4 ta mavzuchalarga bo’linadi va har bir guruhga alohida mavzular tarqatiladi. Har bir tinglovchi o’z guruhiga tushgan matnga ega bo’ladi.
2- Bosqich. 10-15 daqiqa ichida tinglovchilar yakka tartibda o’zlariga tushgan matn qismini o’qishlari, eslab qolishlari, keyin esa kerak bo’lsa, boshqalarga va trenerga gapirib berishlari kerakligini trnener uqtiradi. Trener guruh ishini kuzatib boradi.
3- Bosqich. Trener avvaldan tayyorlab qo’yilgan raqamlar yozilgan kichik qog’ozlar bilan har bir guruh a’zolaridan ushba qog’ozlardan bittadan raqam tortib olishlarini so’raydi. (qog’ozlar soni guruhdagi tinglovchilar soniga bog’liq, masalan, guruhda 6 kishi bo’lsa, qog’ozdagi raqamlar 1, 2, 3, 4, 5, 6 etib). Hamma qatnashchilar raqamlardan olishlari kerak. Nechta guruh bo’lsa, shuncha guruh a’zolari soniga qarab raqamlar yozilgan qog’oz tayyorlanadi. Trener raqamlar bo’yicha yangi guruh tuzadi. Masalan, hamma 1 raqamini olgan guruh a’zolari bitta guruh, 2 raqamlilar bitta guruh, 3 raqamlilar bitta guruh, 4 raqamlilar bitta guruh, 5 raqamlilar bitta guruh, 6 raqamlilar bitta guruh ni tashkil etishlarini so’raydi. Guruh a’zolari yangi guruhga o’tishlarida o’zlari bilan o’rgangan matnlarini oladilar.
4- Bosqich. Raqamlar bo’yicha yangi guruhlar tuzilganda har bir yangi guruhdan avvalgi guruhlardan bittadan vakillar o’z- o’zidan to’planib qoladi, ya’ni 4 ta guruhda 4 xil material o’rganilgan bo’lsa, bu yangi guruhda bittadan yangi vakil to’planadi, umumiy mavzu bo’yicha 4 tinglovchi va 4 xil material to’planadi.
5- Bosqich. Yangi tuzilgan guruhning har bir a’zosi endi o’qituvchi sifatida o’zi o’rgangan materialni navbatma- navbat gapirib beradi, qolganlarni mavzuning asosiy joylariga diqqat qilishlarini talab qiladi. O‘quvchi sifatida qolgan guruh a’zolari navbatma- navbat gapirib berayotgan matnlarni eshitadi, tahlil qiladi, fikrlaydi va yodda saqlab qoladi(Mavzuga qarab vaqt ajratiladi. Masalan, 20 minut). Bu bosqichda trening boshlanishida tarqatilgan barcha material tinglovchilar tomonidan o’zlashtirilgan hisoblanadi.
6- Bosqich. Guruhning har bir a’zosi o’zlari o’rgangan matnni gapirib berib, so’ng barchalari ushbu matnlarni bilib olishgach, trener o’rganilgan material guruh a’zolari tomonidan qanchalik o’zlashtirib olinganligini tekshirib ko’rish uchun har bir guruh a’zosi o’z materiallaridan kelib siqqan holda savol berishlari mumkinligi uqtiriladi. Bu esa guruhdagi tinglovchilar boshqa mavzularni ham o’zlashtirganlik darajasini aniqlashga, mustahkamlashga yordam beradi.

Download 0.59 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 0.59 Mb.