• 9- Bosqich.
  • HTMLda web-sahifa yaratish va sahifani Flash texnologiyalari yordamida bezash”
  • Buxdu ning Web sahifasi




    Download 0.59 Mb.
    bet13/15
    Sana17.05.2022
    Hajmi0.59 Mb.
    #21218
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    2-lab, Тест 2, Kirish differensial tenglamalar, aziz, Ayolmisan ayol bo`l, 2-синф, mustaqil ish--2, iqtisodiy matemdan savollar bazasi, Qisqa muddatli oraliqda firma foydasini maksimallashtirish va un, 5 tashabbus, 38-41, ҚУРИЛИШДА БАҲОНИ ШАКИЛЛАНТИРИШ ВА СМЕТА 2017 ЎУМ 8, 13-laboratoriya ishi, geometrik loyihalash 9 mavzu
    7- Bosqich. Trener tinglovchilarni yana qaytadan avvalgi joylariga qaytishlarini so’raydi, ya’ni hamma mashg’ulot boshlanishidagi guruhlariga qaytadilar.
    8- Bosqich. Trener auditoriyadagi tinglovchilarning barchasi hammaga tarqatilgan yozma materiallar bilan tanish ekanliklarini hisobga olib, har bir o‘quvchidan hoxlagan material bo’yicha savol berishi mumkinligini aytadi.
    9- Bosqich. Tarqatma materialni qay darajada o’zlashtirilganligini bilish maqsadida trener – o’qituvchi yoki maxsus guruh yoki opponent guruh tomonidan berilgan nazorat savollariga javoblarni reyting ballari orqali baholanishini tushuntiradi. Masalan, savolga berilgan javob to’liq bo’lsa- 3 ball, qo’shimcha qilinsa - 2 ball, o’tirgan joyidan luqma tashlansa – 1 ball, javob berilmasa – 0 ball ko’yilishi belgilanadi. Baho sistemasida to’liq javob uchun – 5 baho, qo’shimcha uchun – 4 baho, luqma tashlansa – 3 baho, javob bermasa – 2 baho, umuman qatnashmasa – 1 baho qo’yilishi belgilanadi. Ballarni qo’yib borish uchun har bir guruhdan «hisobchi» tayinlanadi. «Hisobchi» ham savol – javobda qatnashishi mumkin.
    10- Bosqich. Bu bosqichda trener tarqatma materiallar asosida 5 – 6 ta savollar bilan o‘quvchi – o‘quvchilarga murojaat qiladi. Butun materialni qamrab oladigan savollar tuziladi. Sababi hamma o‘quvchilar javob bera olishlari kerak. Savol – javob tugagach, trener doskaga guruhlar tomonidan to’plangan ballarni yozadi va mashg’ulotning keyingi bosqichiga o’tadi.
    11- Bosqich. Trener – o’qituvchi har bir guruhni o’z yozma materiallarining mazmunidan kelib chiqqan holda bittadan savol tayyorlashlari kerakligini aytadi va guruhlarga savol tuzishlari uchun 5-7 daqiqa vaqt ajratadi.
    12- Bosqich. Bu bosqichda guruhlar bir- birlariga savol berishadi. Guruhdagi «hisobchi»lar esa ballarni yuqoridagi tartibda belgilab boradi. Javob to’g’ribo’lsa, savol bergan guruh javobni to’ldirmaydi.
    13- Bosqich. Trener – o’qituvchi yana doskaga guruhlar tomonidan to’plangan ballarni yozadi va to’plagan ballar(baholar)ning umumiy soni aniqlanadi. to’plangan ballar (baholar)ni umumiy sonini guruh a’zolari soniga teppa- teng bo’ladi. Agar guruhda norozilik tug’ilsa, guruh o‘quvchilarining ishtirokiga qarab ballarni taqsimlar guruh a’zolarining zimmasiga yuklatiladi. Guruh to’plagan bali «hisobchi»larga bog’liq ekanligini trener – o’qituvchi eslatib o’tadi. Agar guruh «hisobchi»lari tomonidan qo’yilgan ball maksimal baldan oshib ketgan bo’lsa, u holda shu mashg’ulot uchun kerakli bo’lgan ballni olib qolib, ortiqchasi keyingi darsga yoki yakuniy nazoratga o’tkazilishi mumkin.
    14- Bosqich. Har bir o‘quvchiga ballar qo’yilgach trener mashg’ulotni yakun yasaydi. O‘quvchi – o‘quvchilarning faoliyatiga baho beradi, berilgan javoblarga o’z fikrini fildiradi va quyidagi savollar bilan ularga murojaat qiladi: - bugungi mashg’ulotdan nimalarni bilib oldingiz?, nimalarga o’rgandingiz?, Nimalar sizlar uchun yangilik bo’ldi?, Yana nimalarni bilishni istardingiz?
    15 - Bosqich. Trener – o’qituvchi o‘quvchi – o‘quvchilarning javoblarini diqqat bilan tinglab ularga minnatdorchilik bildiradi va darsni yakunlaydi.

    2.2 “Web-dizayn asoslari” bobini o’qitishda amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish metodikasi
    Informatikani o’qitish jarayonida yangi materialni o‘quvchilar tomonidan qabul qilinishi va o’zlashtirilishini ta’minlovchi laboratoriya mashg’ulotlari keng qo’llaniladi. Laboratoriya lotincha laborare so’zidan olingan bo’lib, ishlash ma’nosini bildiradi. Laboratoriya ishi – o‘quvchilar o’qituvchi rahbarligida, oldindan aniqlangan reja asosida berilgan vazifalarni bajarishlari, bu jarayonda yangi bilimlarni o’zlashtirishlari va fikrlashlari uchun xizmat qiluvchi o’quv shakli hisoblanadi. Laboratoriya mashg’ulotida qo’yilgan vazifalar har bir o‘quvchi yoki o‘quvchilar guruhi tomonidan bajariladi.
    Yangi o’quv materialini o’zlashtirish maqsadida laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish quyidagi metodik vazifalarni o’z ichiga oladi:
    – Mashg’ulot mavzusining qo’yilishi va laboratoriya mashg’ulotining maqsadini aniqlash;
    – Laboratoriya mashg’uloti yoki uning alohida qismining o’tkazilish tartibini aniqlash;
    – Laboratoriya ishini dars vaqtida, o’qituvchi rahbarligida o‘quvchilar tomonidan bevosita bajarilishi va texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilinishi;
    – Laboratoriya mashg’uloti yakuniy natijalarini to’plash va asosiy xulosalarni shakllantirish.
    Laboratoriya mashg’ulotlari o‘quvchilarni zamonaviy shaxsiy kompyuterlarni ishlab chiqarish asoslari, EHMda hisoblashga oid tajribalar o’tkazish asoslari kabi masalalar bilan tanishtirishga xizmat qiladi.
    Informatika» fanidan ma’ruza mashg’ulotlarida o’qituvchi asosiy nazariy bilimlarni o‘quvchilarga beradi. Amaliy mashg’ulotlarda esa berilgan nazariy bilimlar mustahkamlanadi. «Informatika» fanidan laboratoriya mashg’ulotlari individual shaklda o’tkaziladi.
    “Informatika” fani bo’yicha laboratoriya ishlari quyidagi qismlardan iborat:
    - mavzu;
    - ajratilgan soat;
    - kerakli apparat va dasturiy ta’minotlar;
    - asosiy o’quv maqsadi;
    - vazifalar.



    Mavzularning nomlanishi



    Laboratoriya ishi soati

    1-laboratoriya ishi

    HTMLda web-sahifa yaratish va sahifani bezash

    2

    2-laboratoriya ishi

    Web-sahifalarga rasmli, grafikli ma’lumotlarni joylashtirish va bezash.
    Web-sahifalarga Macromedia Flash 8 dasturi yordamida formalar yaratish va web-sahifani bezash.

    2

    3-laboratoriya ishi

    Web-sahifalarda animasiyalar va ularni o’rnatish.

    2

    4-laboratoriya ishi

    Tovushli ma’lumotlar va ular bilan ishlash.
    Web-sahifalar bilan aloqalar

    2

    jami

    8



    2.2-jadval. “Web-dizayn asoslari” bo’limining laboratoriya mashg’ulotlari mazmuni


    Misol sifatida “HTMLda web-sahifa yaratish va sahifani Flash texnologiyalari yordamida bezash” mavzusi bo’yicha birinchi laboratoriya ishini keltiramiz.


    1 – laboratoriya ishi. “HTMLda web-sahifa yaratish, matnlarni formatlash.” mavzusidagi laboratoriya mashg’ulotini olib borish texnologiyasi

    Vaqti – 2 soat

    O‘quvchilar soni : 20 nafar

    O’quv mashg’ulotini shakli



    Laboratoriya mashg’uloti



    O’quv mashg’uloti rejasi

    1. HTML yordamida web- sahifa yaratish imkoniyatlarini o’rganish






    2. Flash texnologiyalari yordamida animatsion baner tayyorlash va Web-sahifaga joylash



    O’quv mashg’ulot maqsadi: O‘quvchilarda ma’ruzada olgan bilimlarni mustahkamlash, HTML tili imkoniyatlaridan foydalanib WEB-sahifalar yaratishga doir bilim va ko’nikmalarini shakllantirish.



    O’quv faoliyatining natijalari:



    Pedagogik vazifalar:
    - laboratoriya topshiriqlarni tarqatish:
    -laboratoriya ishini bajarish va topshirish tartibini tushintirish;
    -juftlikda ishlab, o’z xulosalarini asoslash, ko’nikmalarini rivojlantirish

    O‘quvchilar:
    - Topshiriqni qabul qilib oladilar; Topshiriqlarni bajaradilar;
    - O’z xulosalarini asoslab beradilar;

    O’qitish uslubi va texnikasi

    Birgalikda o’rganamiz, o’zaro nazorat, munozara.

    O’qitish vositalari



    Amaliy va laboratoriya ishlari, proektor, doska, tarkatma materiallalr

    O’qitish shakli

    Guruxda, individual, juftlikda uqitish

    O’qitish sharoitlari

    Kompyuter, proektor, doska bilan ta’minlangan, guruxda dars utishga
    moslashtirilgan auditoriya



    Mavzu № 1
    HTMLda web-sahifa yaratish va sahifani Flash texnologiyalari yordamida bezash” mavzusidagi laboratoriya mashg’ulotiga texnologik karta



    Bosqichlar, vaqti


    Download 0.59 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 0.59 Mb.