• Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblab yozish usuliga
  • To‘g‘ri chiziqli usuida amortizatsiyani hisoblash.
  • Bajarilgan ish hajmiga ko‘ra amortizatsiyani hisoblash.
  • Bajarilgan ish hajmiga ko‘ra amortizatsiyani hisoblash jadvali
  • Yillar
  • Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi
  • Jamg‘arilgan
  • Jadallashtirilgan (tezkor) usullar.
  • Buxgalteriya hisobi




    Download 2,16 Mb.
    bet27/93
    Sana20.02.2024
    Hajmi2,16 Mb.
    #159709
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   93
    Bog'liq
    O\'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov

    To‘g‘ri chiziqli usul asosiy vositani foydali ishlatishning butun davri mobaynida eskirishning doimiy summalarini hisoblab yozishdan iborat.
    Kamayib boruvchi qoldiq usuli bo‘yicha, muntazam hisoblab yozilayotgan summalar foydali ishlatish muddati davomida kamayadi.
    Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblab yozish usuliga binoan amortizatsiya miqdori faqat asosiy vosita qancha marta ishlatilishiga yoki qancha mahsulot birligi ishlab chiqarilishi kuti- layotganiga bog‘liq bo'ladi.
    Kumulyativ usuida amortizatsiya summasi hisoblash koeffit- sientining maxraji bo‘lgan obyektning xizmat muddati yig‘indisi bilan aniqlanadi. Bu koffitsientning suratida obyektning xizmat muddati oxirigacha qoladigan yillar soni teskari tartibda ko‘rsatiladi.
    Amortizatsiyani hisoblashda uning tugatilish qiymatiga e’tibor berish lozim. Agar boshqa summani ishonchli tarzda hisob-kitob qilish mumkin bo'lmasa, asosiy vositaning qoldiq qiymati nolga teng boiadi.
    To‘g‘ri chiziqli usuida amortizatsiyani hisoblash. To‘g‘ri chiziqli usul deb tugatilgan qiymati ayrilgan asosiy vositalar obyekti qiymatini davrlar bo'yicha foydalanish muddati davomida teng nisbatda hisoblash usuliga aytiladi. Amortizatsiya summasi amortizatsiyalanayotgan qiymatni (tugatish qiymati ayrilgan obyektning dastlabki qiymatini) ko'zda tutilgan foydalanish davrlari soniga bo‘lish yo‘li bilan topiladi:
    ( ! ; л









    r







    /




    xizmat qilish

    У







    muddati y




    dastlabki qiymati- tugatilish qiymati

    Yillik amortizatsiya


    summasi\ /
    Misol. «Imkoniyat» hissadorlik jamiyatida asosiy vositaga eskirish hisoblash bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud:

    • asosiy vositaning balans qiymati - 50000 ming so‘m;

    • tugatilish qiymati - 2000 ming so‘m;

    • xizmat muddati - 5 yil.

    Yillik amortizatsiya summasi = (50000-2000)/5= 9600 ming so‘m.

    Amortizatsiyani to‘g‘ri chiziqli usulda hisoblash jadvali

    Yillar

    Balans qiymati

    Yillik amortizatsiya summasi

    Jamg'arilgan
    amortizatsiya

    Qoldiq
    qiymati

    1-yil

    50000

    9600

    9600

    40400

    2-yil

    50000

    9600

    19200

    30800

    3-yil

    50000

    9600

    28800

    21200

    4-yil

    50000

    9600

    38400

    11600

    5-yil

    50000

    9600

    48000

    2000




    Amortizatsiyani to‘g‘ri chiziqli usulda hisoblashda uning summasi foydalanish muddati davomida bir xil bo‘ladi, jamg'arilgan eskirish bir tekisda oshib boradi, qoldiq qiymati esa, baholangan tugatish qiymatiga yetguncha bir tekisda kamayib boradi.


    Bajarilgan ish hajmiga ko‘ra amortizatsiyani hisoblash. Bajarilgan ish hajmiga nisbatan amortizatsiyani hisoblash usuli asosiy vositalaming har hisobot yilida bajargan ishining hisobiga asoslangan. Mazkur usul bilan eskirishning har yilgi qiymatini hisoblash uchun jami foydalanish muddati davomida umumiy baholangan ishlab chiqarishni hamda har bir aniq yildagi ishlab chiqarishni oldindan aniqlash lozim. Ishlab chiqarish sifatida ishlab chiqarilgan mahsulot, ishlangan soatlar miqdori va hokazolar olinishi mumkin.
    Korxonada shu davr mobaynida 480000 so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. 1-yilda - 80000, 2-yilda - 120000, 3-yilda - 100000, 4- yilda - 80000,5-yilda - 100000 ming so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Mahsulot birligiga ketgan amortizatsiya xarajatlari quyidagiga teng: (50000-2000)/480000=0,1 har bir so'mlik mahsulot uchun.

    Bajarilgan ish hajmiga ko‘ra amortizatsiyani hisoblash jadvali

    Yillar

    Balans
    qiymati

    Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi

    Yillik
    amortizatsiya
    summasi

    Jamg‘arilgan
    amortizatsiya

    Qoldiq
    qiymat

    1-yil

    50000

    80000

    8000

    8000

    42000

    2-yil

    50000

    120000

    12000

    20000

    30000

    3-yil

    50000

    100000

    10000

    30000

    20000

    4-yil

    50000

    80000

    8000

    38000

    12000

    5-yil

    50000

    100000

    10000

    48000

    2000




    Bajarilgan ish hajmiga ko‘ra amortizatsiyani hisoblash usuli obyekt- lardan foydalanish muddati, ularning tuzilish xususiyatlari bilan cheklangan hamda mazkur aktivlaming xo'jalik faoliyati hajmi yilma- yil o'zgargan hollarda qo‘llaniladi.


    Jadallashtirilgan (tezkor) usullar. Qoldiqli kamayish hamda kumulyativ usullar tezkor usullar bo'lib hisoblanadi. Tezkor usullar mohiyati shundaki, asosiy vositalardan foydalana boshlaganda hisob- langan amortizatsiya summasi obyekt xizmat muddatining yakunida hisoblangan amortizatsiya summasidan ancha yuqori bo‘ladi. Ishlab chiqarishga mo‘ljallangan asosiy vositalaming ko'pgina turlari foyda- lanishning dastlabki yillarida ancha samarali xizmat qilishi hamda yuqori ishlab chiqarish xususiyatiga egaligidan kelib chiqib, bu usuldan foydalaniladi. Bu esa, agar ularning foydaliligi va ishlab chiqarish xususiyati keyingi yillarda ancha yuqori bo‘lsa, u holda asosiy vosi­talardan foydalana boshlaganda eskirishning katta qismini hisobdan chiqarish amalga oshiriladigan muvofiqlik qoidasiga javob beradi.
    Tezkor usullar, xususan, texnologiyalar takomillashtirilishi tufayli ko‘p turdagi uskunalar o‘z qiymatini yo‘qotishi (ma’naviy eskirishi) bilan ham tushuntiriladi. Shunday qilib, eskirishning katta summasini kelgusida emas, balki joriy hisobot davrida hisobdan chiqarish to‘g‘riroq bo'ladi. Yangi kashfiyotlar va materiallar ilgari xarid qilingan uskunaning ma’naviy eskinshiga olib keladi va uni jismoniy eskirishdan ancha ol- dinroq almashtirish zaruratini yuzaga keltiradi. Tezkor usullaming yana bir afzalligi shundaki, ta’mirlash bo'yicha xarajatlar, odatda, obyektdan foydalanish muddatining boshidagiga nisbatan oxirida ko‘proq bo'lishi hisoblanadi. Bu esa ta’mirlash xarajatlarining umumiy summasi va amortizatsiya ajratmalari bir necha yillar davomida amalda doimiy bo‘lib qolishiga olib keladi. Natijada, asosiy vositalar obyektlarining foydaliligi ko‘p yillar davomida bir xilligicha qoladi.
    Ikkala tezkor usulda ham dastlabki yillarda hisoblangan amortizatsiya summalari ancha yuqori bo‘ladi, bajarilgan ishlar hajmiga proporsional ravishda eskirish summasini hisoblash usuli esa amortizatsiya hajmining yildan yilga keskin o‘zgarib turishi tufayli amortizatsiya o‘zgarishining aniq tamoyili haqida tasavvur bera olmaydi. Наг yili amortizatsiyaning keskin o‘zgarishi asosiy vositalaming qoldiq qiymatida ham o‘z aksini topadi. To‘g‘ri chiziqli usulda esa qoldiq qiymat miqdori tezkor usullardagi qoldiq qiymatga nisbatan har doim ancha yuqori bo'ladi.
    Asosiy vositalaming har xil turlariga amortizatsiyaning turli usullari qo‘llanilishiga ruxsat etilganligini, biroq bunda bir turdagi asosiy vosita uchun faqatgina bitta usul qo'llanilishi mumkinligini nazarda tutish lozim.
    Soliqqa tortish maqsadida 0‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksiga binoan amortizatsiya me’yorlari qo'llanilishi lozim. Korxo- naning hisob siyosatiga ko‘ra hisoblangan amortizatsiya bilan Soliq Kodeksiga muvofiq hisoblanadigan amortizatsiya o'rtasidagi farq vaqtinchalik farq deyiladi, u vaqtinchalik farqlar hisobining soliq samarasi yordamida hisobda aks ettiriladi.
    , Misol. «Imkoniyat» kompaniyasida faoliyatning dastlabki yilida soliq to‘langunga qadar bo'lgan foyda 250 ming so'mni tashkil etgan. Bunda hisob foydasi va soliqqa tortiladigan foyda o‘rtasida farq mavjud, hisob siyosatiga muvofiq ishlab chiqarish usulida hisoblangan amortizatsiya 130 ming so‘mni, soliqqa tortish maqsadlari uchun amortizatsiya esa (to‘g‘ri chiziqli usulda) 100 ming so‘mni tashkil qilganligidan yuzaga keladi. Bu aynan vaqtinchalik farq bo‘lib, soliqqa tortiladigan foyda uni hisobga olganda 250000+(l30000-100000)=280000 so‘mga teng. Foyda solig'ining 20%lik stavkasi bo‘yicha hisoblangan foyda solig‘i (250000*20%)=50000 so'mni tashkil etadi, lekin budjetga (280000*20%)=56000 so‘m to'lash kerak bo‘ladi, bu ikki miqdor o'rtasidagi farq vaqtinchalik farqlar bo‘yicha muddati uzaytirilgan foyda solig‘i hisoblanadi va u qaysi hisobot davrida so'ndirilishiga qarab bog‘liq ravishda 0950 yoki 3210-schyotlarida aks ettiriladi.
    Ushbu muomalalar bo'yicha quyidagicha provodkalar beriladi:
    D-t 9810-«Foyda solig'i bo'yicha xarajatlar» - 50000 so‘m.
    D-t 0950, 3210-«Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha muddati uzaytirilgan daromad solig'i» - 6000 so'm.
    K-t 6410-«Foyda solig‘i bo'yicha budjetga qarzlar» - 56000 so‘m.
    Korxonaning hisob siyosatiga muvofiq hisoblangan amortizatsiya Soliq Kodeksi bo‘yicha amortizatsiyadan yuqori bo'lgan holatda mazkur farq summasiga soliq bo‘yicha muddati uzaytirilgan qarz yuzaga keladi. Yuqorida keltirilgan misolning aksini ко‘rib chiqamiz, bunda hisob foydasi 280000 so'mni, soliqqa tortiladigan foyda esa - 250000 so'mni tashkil qilgan.
    Buxgalteriya yozuvi quyidagicha bo'ladi:
    D-t 9810-«Foyda solig'i bo‘yicha xarajatlar» - 56000 so‘m.
    K-t 6410-«Foyda solig‘i bo‘yicha budjetga qarzlar» - 50000 so‘m.
    K-t 6250, 7250-«Soliqlarga oid vaqtinchalik farqlar bo‘yicha muddati uzaytirilgan majburiyatlar» - 6000 so‘m.

    Download 2,16 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   93




    Download 2,16 Mb.