Jamg‘arilgan foyda - faoliyat ko‘rsatish davridan boshlab mulkj egalarining qaroriga asosan xususiy kapitaliga reinvestitsiya qilingan va ) jami olingan foyda summasidan har xil zararlar, dividendlar va sarflamin] chegirilishi natijasida xo'jalik yurituvchi subyekt ixtiyoriga qolgan so foyda summasidir.
Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zararlar) bo'yicha quyidagicha muomalalar amalea oshiriladi; ,
32
r
Foydadan soliqlami to‘lash va ajratmalar qilish qonunchilik va boshqa me‘yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Foydadan soliqlami fo‘lash va ajratmalar qilish (vaqtinchalik) tranzit 9800 «Soliqlar va yig‘imlami to‘lash uchun foydaning ishlatilishi» schyotida hisobga olinadi. Bu schyotning debetida yil davomida hisoblangan soliqlar, yig‘imlar va byudjetga boshqa ajratmalar, kreditida esa yakuniy moliyaviy natijalar bilan yopilishi aks ettiriladi. Bu schyot boshqa pchyotlar bian quyidagicha aloqada boiadi.
t/r
|
Muomalalar тяяпчЫ
|
Schyotlar aloqasi
|
|
|
D
|
К
|
1
|
Hisobot yilidagi-yakuniy moliyaviy natijaning taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) schyotiga o'tkazilishi:
|
|
|
|
foyda
|
9900
|
8710
|
|
zarar
|
8710
|
9900
|
2
|
Hisobot yilidagi taqsimlanmagan foydaning ta’sischilarga
|
6610
|
|
|
daromad (divident) to'lash uchun ajratildi
|
8710
|
|
|
|
7610
|
|
3
|
Hisobot yih taqsimlanmagan foydasining bir qismi
|
8710
|
|
|
zaxira kapitalini yaratishga ajratildi
|
8720
|
8520
|
4
|
Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi jamg'arma foydasiga o'tkazildi
|
8710
|
8720
|
5
|
Hisobot yilida ko'rilgan zararlar qoplandi
|
8720
|
8710
|
! Fondlar va moliyaviy natijalaming hisobi 2, 3, 21-sonli BXMS da Itartibga solingan. Bu schyotlaming kredit jarayoni 11, 12, 15-jumal jorderlarda aks ettiriladi.
BO‘LIM MAVZULARI YUZASIDAN
N AZORAT SAVOLLARI
Xususiy kapital nima?
1 2. Ustav kapitali deganda nimani tushunasiz?
: 3. Qo'shilgan kapital nima?
I 4. Zaxira kapitali deganda nimani tushunasiz?
Grandlar va subsidiyalarga izoh bering.
Taqsimlanmagan foyda deganda nimani tushunasiz?
Moliyaviy natija nima?
Moliyaviy natijaning shakllanishi va taqsimlanishi tartibi qanday?
Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda (zarar) hisobi qanday tashkil qilinadi?
■ 10. Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar hisobining xususiyatlari
nimalarda o‘z ifodasini topadi?
DavT xarajatlaii hisobini tashkillashtirishning dolzarbligi nimada?
Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar tarkibiga nimalar kiradi?
Moliyaviy faoliyat bo'yicha xarajadar hisobining xususiyatlari nimalarda iks etadi?
Favqulodda foyda va zararlar tarkibi nimalardan tashkil topadi?
Yakuniy moliyaviy natija hisobini yuritish qanday tashkil qilinadi?
BO'LIM MAVZULARI YUZASIDAN
TEST SAVOLLARI
Ustav kapitalining holati va harakati berilgan qaysi schyotda hisobga olinadi va yuritiladi?
Taqsimlanmagan foydaning bir qismi Ustav kapitalini ko‘paytirishga o‘tkazilganda qanday provodka beriladi?
D-t-0110 K-t-2010
D-t-5010 K-t-5110
D-t-4710 K-t-5210
D-t-8710 K-t-8310
Korxonalarda asosiy vositalar va moddiy qiymatliklaming boshqa korxonalarga tekinga berilishi aks ettirilganda qanday provodka beriladi?
D-t-8310 K-t-0110
D-t-8310 K-t-01,04, 10
D-t-4710 K-t-5210
D-t-8310 K-t-6010
. 4. Aktivlaming tekinga qabul qilinishi aks ettirilganda qanday provodka beriladi?
D-t-1010 K-t-5110
D-t-01,04, 10. K-t-8310
D-t-0110 K-t-8310
D-t-1010 K-t-5010
Zaxira kapitali taqsimlanmagan foyda hisobidan tashkil qilinganda qanday provodka beriladi?
D-t-8710 K-t-8510
D-t-9110 K-t-8510
D-t-0810 K-t-8510
D-t-8810 K-t-8510
Grand va subsidiyalami qjratilganligi haqida xabarnoma olinganda qanday provodka beriladi?
D-t-4890 K-t-8810
D-t-8810 K-t-8510
D-t-8710 K-t-8510 .
D-t-5110 K-t-8310
Yalpi foyda qanday aniqlanadi?
Real sof tushumdan sotilgan mahsulot tannarxi ayirilganda
Asosiy faoliyatdan olingan foydaga dividendlar bo'yicha daromad qo'shilsa
Umuraxo‘jalik faoliyatidan olingan foydadan favqulotda foyda qo'shilsa
Sotishdan tushgan tushumdan QQS va aksiz solig'i ayrilganda
BO'LIM MAVZULARI YUZASIDAN
AMALIY MASHG'ULOT
1 о p s h i г i q.
Xo'jalik tegishli organlardan ro'yxatdan o'tgandan so'ng har binning nominal qiymati 900 so'mdan bo'lgan 100000 dona oddiy aksiya chiqarib xodimlari o'rtasida tarqatdi.
Topshiriqni bajarish uchun qo'shimcha ma’lumotlar:
Xodimlar olgan aksiyalari qiymatini quyidagi shaklda xo'jalikka to'ladi.
Xomashyo bilan 150000 so‘m.
Hisob-kitob schyotiga o'tkazish yo'li bilan 49000000 so‘m.
Avtomashina topshirdi 8250000 so‘m.
Qurilish materiallan bilan 5000000 so‘m.
Kompyuter texnologiyasi bilan 3885000 so‘m. /
Naqd pul bilan 500000 so‘m.
Idora binosini topshirish bilan 22615000 so‘m.
Quyidagilami bajarish talab etiladi:
Ustav kapitali shakllanishi uchun mablag'larini yetariiligini aniqlang.
Xo'jalik muomalalariga buxgalteriya provodkasini bering.
Korxonaning yakuniy moliyaviy natijasini aniqlang.
1 о p s h i г i q.
Hisobot davri davomida korxonaning olgan daromadlari:
Mahsulot sotishdan sof tushum 20897300 so'm.
Ortiqcha qurilish materiallami sotishdan tushgan tushum 5120000 so'm.
Asosiy vositalami ijaraga berishdan olgan daromad 550000 so'm.
Valuta kursini o'zgarishidan olingan daromad 17600 so'm.
Hisobot davri davomida korxonaning sarflagan xarajatlari:
Ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi 14675000 so'm.
Sotish xarajatlari 212000 so'm.
Ma’muriy - boshqaruv xarajatlari 473900 so'm.
Xayriya uchun to'lovlar 1000000 so'm.
Bank xizmati uchun to'lovlar 146000 so'm.
Kredit uchun foiz to'lovlari 380000 so'm
Korxonaning sof foydasini aniqlang
Moliyaviy natijalar va foydaning hisobga olinishi bo'icha xo'jalik muomalalari ro'yxati.
t.r.
|
Muomalalar mazmuni
|
Summa
|
D-t
|
K-t
|
1
|
Sotishdan olingan daromadlar moliyaviy natijaga o‘tkazildi
|
12900000
|
|
|
2
|
Sotilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi hisobdan chiqarildi
|
9621000
|
|
|
3
|
Asosiy vositalami sotishdan olingan daromad moliyaviy natijaga o'tkazildi .
|
4356000
|
|
|
4
|
Kredit uchun to'langan foiz to'lovlari yakuniy moliyaviy natijaga o'tkazildi
|
610000
|
|
|
5
|
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha mablag' yakuniy moliyaviy natijaga o'tkazildi
|
41230
|
|
|
6
|
Boshqaruv xarajatlari yakuniy moliyaviy natijaga o'tkazildi
|
2840000
|
|
|
7
|
Sotish uchun sarflangan xarajatlar yakuniy moliyaviy natijaga o'tkazildi
|
1116000
|
|
|
8
|
Valuta kursi o'zgarishidan olingan daromadlar yakuniy moliyaviy natijaga o'tkazildi
|
36810
|
|
|
9
|
Bank uchun to'langan foiz to'lovlari yakuniy moliyaviy natijaga o'tkazildi
|
24650
|
|
|
10
|
Soliq to'lagunga qadar foyda hisobidan 8% daromad solig'i hisoblandi
|
|
|
|
Quyidagilami bajarish talab etiladi:
Xo'jalik muomalalariga buxgalteriya aloqalarini fuzing.
9910-Yakuniy moliyaviy natija schyotining schyotlar bilan bog'lanishni ko'rsating.
Korxonaning sof foyda summasini aniqlang.
«Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot» shaklini fuzing.
BO‘LIM
BUXGALTERIYA fflSOBOTI
11.1. MOLIYAVIY HISOBOT, UNING AHAMIYATI
VA TARKIBI
Hisobot - korxona, birlashma, uyushma, konsem, korporatsiya, aksiyodorlik jamiyati va shu kabilaming o‘tgan vaqt ichidagi ishlari natijalari va sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmui bo'lib, u xo'jalik faoliyatini tahlil, nazorat qilish va boshqarish maqsadida tegishli subyektlarga topshiriladi. Hisobot axborotlari sotilgan mahsulot, ish va xizmatlar, ulaming ishlab chiqarish xarajatlari, xo'jalik mablag'lari va ulaming tashkil bo'lish manbalari, ishlaming moliyaviy natijalari, soliqqa tortish va dividendlar to‘g‘risidagi ma’lumotlami o‘z ichiga oladi.
Moliyaviy hisobot alohida mustaqil korxona bo'lishi yoki xo'jalik yurituvchi korxonalarning uyushgan gunihiga kirishidan qat’i nazar, bajaradigan va subyektga ta’sir ko'rsatuvchi moliyaviy voqealami va muomalalami ko'rsatish usuli hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotlaming maqsadi korxonaning moliyaviy ahvolidan, uning faoliyatidan va uning pul mablag'lari harakati bo‘yicha ma'lumot berishdan iborat bo'lib, u foydalanuvchilaming keng guruhiga iqtisodiy qarorlar qabul qilishlari uchun zarurdir.
Moliyaviy hisobot xo'jalik muomalalari xususiyati va mohiyati jihatidan ulami guruhlarga tuzilmaviy birlashtirish natijasi hisoblanadi. Umumlashtirish va tasnif qilish jarayonining yakuniy bosqichi bu turkumlarga ajratilgan juda qisqa axborotni taqdim etishdir, chunki moliyaviy hisobotlar band sifatida va izohlarda berilgan bo'ladi. Moliyaviy hisobotlar, shuningdek, korxona imkoniyatlarini rahbariyat tomonidan boshqarilishini amalga oshirish natijalarini ham ko'rsatadi.
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunning 16-moddasiga binoan moliyaviy hisobotda quyidagi axborot bo'lishi kerak:
investitsiya qarorlari va kreditlar berish to'g'risida qarorlar qabul qilishda kerak bo'ladigan axborot;
subyektning bo'lajak pul oqimlarini baholashda foydali axborot;
subyektga berilgan resurslar, majburiyatlar va ulardagi o'zgarishlar to'g'risida axborot.
Yuqorida aytib o'tilgan axborotlardan tashqari, moliyaviy hisobotda batafsilroq ma’lumotlar ham beriladi. 1-BHMAga asosan, moliyaviy hisobotlar foydalanuvchilarga pul mablag'lari harakati oqimini taxmin qilishga yordam beradigan, korxonaning mulki va ixtiyoridagi resurslari to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlami o‘z ichiga olishi lozim:
korxonaning nazorati ostida bo'lgan aktivlar haqida;
korxonaning passivlari haqida;
korxonaning taqsimlanmagan daromadi, korxonaning bir davrdan boshqa davrga o‘tishdagi iqtisodiy imkoniyatlari va majburiyadaridagi o'zgarishlar haqida;
pul mablag'larining harakati haqida.
Ushbu ma’lumot moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun korxonaning dividendlami va foizlami to'lash, shuningdek, majburiyatlari bo'yicha muddati kelgan to'lovlami to'lash imkoniyatini baholashda foydali bo'ladi.
Moliyaviy hisobotning shakllanishi qisqa vaqtda, hisobot davri muomalalari tugagandan so'ng ro'y beradi va korxonadan professional buxgalteriya bilimlari va ko'nikmalaridan tashqari, qo'shimcha ma’lumotlar tuzish (izohlar, tushuntirishlar) ketma-ketligiga rioya qilishni talab qiladi.
O'zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, yillik mohyaviy hisobot quyidagi shakllardan iborat bo'lishi shart:
buxgalteriya balansi - 1-shakl;
moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot - 2-shakl;
asosiy vositalar harakati to'g'risida hisobot - 3-shakl;
pul oqimi to'g'risida hisobot - 4-shakl;
xususiy kapital to'g'risida hisobot - 5-shakl;
eslatmalar, hisoblar va izohlar.
Moliyaviy hisobotlaming izohlari tushuntirish xati ko'rinishida muntazam ravishda taitibga solinadi. Izohlardagi ma’lumotlar taqdim etilgan moliyaviy hisobotning har bir tegishli bandi ko'rsatilgan holda berilishi kerak.
Moliyaviy hisobotlar tayyorlash va buxgalteriya hisobining o'ziga xos siyosati asoslari to'g'risidagi ma’lumot moliyaviy hisobot izohlaridan oldin alohida hisob ko'rinishida berilishi kerak. Moliyaviy hisobotga beriladigan tushuntirish yozuvida eng kamida lozim bo'lgan zaruriy ma’lumotlar buxgalteriya hisobining har bir aniq andozasining «Ochib berish» bo'limida keltiriladi.
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi O'zbekiston Respublikasi qo- nuniga binoan:
Barcha korxona va muassasalar uchun hisobot yili 1-yanvardan 31-dekabrgacha bo'lgan davr hisoblanadi.
Yangi tashkil etilgan korxona va muassasalar uchu birinchi hisobot yili bo'lib ular yuridik huquqiqa ega bo'lgan sanadan shu yilning 31- dekabrigacha bo'lgan davr hisoblanadi. 1-oktabrdan keyin tashkil etilgan (tugatilgan, qaytadan tashkil etilgan korxonalar va ulaming stiukturaviy bo'linmalari asosida tashkil etilganlardan tashqari) korxonalar uchun ulaming yuridik huquqiqa ega bo'lgan sanadan keyingi yilning 31- dekabrigacha bo'lgan davmi birinchi hisobot yili deb hisoblashga ruxsat beriladi.
Korxonalar choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda topshiradilar.
11.2. HISOBOT TUZISH BO'YICHA ISHLARNI
TASHKIL ETISH
Moliyaviy hisobotlar tuzish uchun foydalaniladigan o'ziga xos hisob yuritish siyosatiga qo'shimchalarda foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobotlarda foydalaniladigan baholaming asosi (dastlabki qiymat, joriy qiymat, sotish qiymati, diskont qiymati va boshqalar)ni bilish juda muhim hisoblanadi. Bu tamoyillar ko'p hollarda uzluksizlik va hisoblash tamoyillari bilan o'xshash bo'lib, ular moliyaviy hisobotni tuzish asosini tashkil qiladi. Ular bu tamoyillardan ba’zi holatlarda baholashlaming asoslari o'rtasida tanlov mavjudligi bilan farq qiladi.
Moliyaviy hisobotda korxona hisob yuritish siyosatini aks ettirish paytida quyidagilarga alohida e’tibor qaratishi lozim:
daromadning aks ettirilishi;
konsolidatsiya tamoyillari;
faoliyat turlarining uyg'unligi;
qo'shma faoliyat;
moddiy va nomoddiy aktivlami va ulaming eskirishini aks ettirish;
jalb qilingan mablag'lar qiymatini kapitalizatsiya qilish;
-kapital qo'yilmalar;
investitsion mulk;
moliyaviy investitsiyalar hamda moliyaviy aktivlar;
ijara;
tadqiqotlar va rivojlanish bilan bog‘liq xarajatiar;
tovar-moddiy zaxiralar;
soliqlar hamda muddati kechiktirilgan soliqlar;
zahiralar;
ishchi va xizmatchilami ushlab turish xarajatlari;
chet el valutasini o’tkazish;
inflyatsiya hisobi;
hukumat subsidiyalari.
Xo’jalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotning izohlarida, hisoblarida va tushuntirishlarida daromadlar va xarajatlami daromadlar, xarajatiar va faoliyat turlari tahlilini guruhlashtirib ko’rsatishi kerak.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarining izohlari, hisoblari va tushuntirishlarida quyidagi ma’lumotlami ko‘rsatishi lozim:
xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti va hisob siyosati asoslari uchun turli asosiy muomalalar va hodisalami tanlagani va qo‘llanilgani to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish;
BHMA talab qilgan, hech bir moliyaviy hisobotda aks ettirilmagan axborotni yoritish;
moliyaviy hisobotlarda aks ettirilmagan, lekin moliyaviy hisobotni aniq va haqqoniy taqdim etish uchun qo‘shimcha tahlil axborotlarini taqdim etish.
Amaliyotda ko‘pgina korxonalaming faoliyati ko‘p qirrali bo‘ladi hamda bu moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun iqtisodiy qarorlarqabul qilishda qiyinchiliklami keltirib chiqaradi. Yillik moliyaviy hisobotlar qo‘shimcha ravishda tuziladigan moliyaviy sharhni o‘z ichiga olishi kerak, chunki u korxonaning moliyaviy faoliyatini, moliyaviy ahvolini va ular duch kelgan asosiy noaniqliklami bartaraf etadi.
Moliyaviy sharh korxona ma’muriyati tomonidan tuziladi. Bu sharh korxonaning mohyaviy ahvoli va moliyaviy faoliyatining asosiy belgisini, shuningdek, foydalanuvchi hisobot bilan tanishish jarayonida duch kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy hisobotdagi noaniqliklami izohlab berishi va tushuntirib berishi lozim.
Qo’shimcha ma’lumotlar: izohlar, eslatmalar va hisoblar korxona tomonidan maxsus shakllarda ham, shuningdek, ixtiyoriy ko’rinishda ham taqdim etiladi.
Zaruriyat tug’ilganida statistik hisobotning shakllari moliyaviy hisobotga beriladigan qo’shimcha ma’lumotlar orqali zaruriy foyda- lanuvchilarga taqdim etilishi mumkin. Bundan tashqari, korxona rahbariyati qo’shimcha ma’lumotlar sifatida subyekt doirasida ma’lu- motlami taqdim etish shakli hisoblanuvchi jadvallar va ma’lumot- nomalami taqdim etishi mumkin.
Moliyaviy hisobotlar quyidagi asosiy identifikatsiya rekvizitlarini o‘z ichiga oladi:
korxonaning nomi, mulkchilik shakli, yuridik manzili, bo'ysunishi, identifikatsion raqami va korxonani bilish uchun kerak bo'lgan boshqa rekvizitlar;
alohida korxonalami yoki korxonalar guruhining moliyaviy hiso- botlarini qamrab olishi, ya’ni bu hisobot jamlangan yoki yagona bo'lishi kerak. Agar hisobot jamlangan bo'lsa, u holda barcha shakllarda «Jamlanma» yoki «Subyektlar bo‘yicha yakuniy» subyektlar soni ko'rsatiladi. Tushuntirish yozuvida jamlangan yakuniy hisobotga kiritilgan hisobotlaming soni ko'rsatilishi zarur;
moliyaviy hisobot tomonidan qamrab olingan hisobot kuni yoki davri.
Choraklik yoki yillik hisobotlami o‘z vaqtida tuzishni ta’minlash uchun buxgalteriyaning barcha bo‘limlari ishlarini bajarish muddatini ko'rsatib yig'ma ish jadvali tuziladi. Buxgalteriya hisobi qo‘lda yuritilsa, grafik bilan belgilangan muddatlarda jumal-orderlaming jami chiqariladi, zarur bo'lsa bir registrdagi summa boshqa registrlarga o‘tkaziladi va korrespondentlanuvchi schyotlar o'zaro muqobil tekshiriladi. Jumal-order shaklida hisob yuritilganda oy oxiriga qolgan summalarini o‘tkazish va hisob registrlarini xotimalash bo‘yicha hisob ishlarining ketma-ketligi quyidagicha:
rasshifrovka - varaqalaridan debet va kredit oborotlari jumal- orderlar va vedomostlarga o‘tkaziladi, bunda rasshifrovka - varaqalari va jumal-orderlarda tegishli belgilar qo'yiladi.
5010-schyotining debeti bo‘yicha 1-vedomost va 5110-schyotining debeti bo'yicha 2-vedomostlaming jamlari 3, 10/1, 13-jumal orderlariga o‘tkaziladi;
7, 12, 14, 15, 16, 17-va boshqa vedomostlaming analitik hisob jamlamalari hisoblab chiqariladi, shundan keyin jami ma’lumotlari tegishli jumal-orderlarda aks ettiriladi;
jumal-orderlaming kredit oborotlari jami hisoblab chiqiladi.
Agar jumal-orderlarga schyotlar bo'yicha analitik ma’lumotlar aks
ettirilgan bo'lsa, ma’lumotlar jamlab chiqiladi va keyingi oy boshiga qoldiq aniqlanadi, korrespondentlanuvchi schyotlar bo'yicha aloqasi bor schyotlaming turli registrlari jami taqqoslanadi. Masalan, 1-jumal- orderdagi 5010-schyotining jami 2-vedomostdagi 5010-schyoti jami bilan taqqoslanadi. Bunday ko'rsatkichlami taqqoslab tekshirish barcha jumal- orderlar bo‘yicha bajariladi.
Bundan keyin ma’lumotlar jurnal-orderlardan bosh daftarga o'tkaziladi. Undan keyin har bir sintetik schyot bo'yicha debet oborotlari chiqarilib keyingi oyning 1-kuniga qoldig'i chiqariladi. Bosh daftarga ma’lumotlar faqat jurnal-orderlardan olib yoziladi.
Jumal-order ma’lumotlarini Bosh daftarga yozish misolini keltiramiz (ikkita sintetik schyotlarga yozish ma’lumotlari keltirilgan). Jumal-orderlar ma’lumotlari Bosh daftarga o’tkazilgandan so‘ng jumal-orderlarda quyidagicha izoh beriladi: «Oborotlar summasi Bosh daftarda aks ettirildi» va sanasi ham ijrochi va bosh buxgalteming imzolari qo’yiladi.
6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to'lanadigan schyot-
lar»
|