• 308-son shakldagi
  • Buxgalteriya hisobi




    Download 2,16 Mb.
    bet56/93
    Sana20.02.2024
    Hajmi2,16 Mb.
    #159709
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   93
    Bog'liq
    O\'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov

    memorial order - kassa operatsiyalari bo'yicha jamlanma qaydnoma, 381-son shakl;

  • memorial order - budjet mablag'larining harakatiga doir

    jamlanma qaydnoma, 381-son shakl; *

    1. memorial order - budjetdan tashqari mablag‘lar harakatiga doir jamlanma qaydnoma, 381-son shakl;

    1. memorial order — ish haqi va stipendiyalar bo'yicha hisob-kitob varaqalari yig‘indisi, 405-son shakl;

    2. memorial order - turli tashkiiotlar va muassasalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo'yicha jamlanma qaydnoma, 408-son shakl;

    1. memorial order — hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar bo'yicha jamlanma qaydnoma, 386-son shakl;

    2. memorial order - asosiy vositalaming hisobdan chiqarilishi va joydan joyga ko'chirilishi bo'yicha jamlanma qaydnoma, 438-son shakl;

    1. memorial order - oziq-ovqat mahsulotlarining kirimiga doir jamlanma qaydnoma, 398-son shakl;

    2. memorial order - oziq-ovqat mahsulotlarining sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 411-son shakl;

    3. memorial order - materiallar sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 396-son shakl;

    15-memorial order - ta’lim muassasalarida bolalami saqlaganlik uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo'yicha qaydnoma, 406-son shakl.
    Qolgan operatsiyalar (asosiy vositalarga eskirish hisoblash, asosiy fondlami har yilgi qayta baholash, budjetdan tashqari daromadlar hisobi, yilni yakunlash operatsiyalari va h.k) va «Stomo» operatsiyalari bo'yicha alohida memorial orderlar tuziladi (274-son shakl) va ular har oy uchun alohida 16 dan boshlab raqamlanadi.
    Operatsiyalar hajmiga qarab jamlanma qaydnomalami tuzish talab qilinmaydigan tashkilotlarda subschyotlar korrespondensiyasi alohida memorial orderlarda (274-son shakl) belgilangan doimiy raqamlar berilib ko'rsatiladi.
    Alohida memorial orderlar operatsiyalaming sodir boiishiga qarab, ammo boshlang'ich hisob hujjatlari olingandan keyingi kundan kechik- tirmasdan ayrim hujjatlarga yoki bir xildagi hujjatlaming bir guruhi asosida tuziladi. Subschyotlar koirespondensiyasi memorial orderlarda ikkiyoqlama yozuv qoidasiga muvofiq yozib boriladi.
    Memorial orderlar bosh hisobchi (yoki uning o'rinbosari) va ijrochi (hisobchi) tomonidan imzolanadi.
    Barcha memorial orderlar 308-son shakldagi «Bosh-jumal kitobi»da ro'yxatga olinadi. «Bosh-jumal kitobi» har bir subschyot bo'yicha yuritiladi.
    «Bosh-jumal kitobi» o'tgan yildagi yakunlovchi balansga muvofiq yil boshiga qolgan qoldiq summalami ko'chirib yozish bilan ochiladi.
    Bu daftarga yozuvlar memorial orderlar va memorial order-jamlanma qaydnomalar tuzilgandan keyin oyiga bir marta yoziladi.
    Memorial orderdagi summa dastlab «Order bo'yicha summa» qatoriga, keyin esa, tegishli subschyotlaming debeti va kreditiga yoziladi. Barcha subschyotlar bo‘yicha oylik aylanmalar summasi debetda ham kreditda ham «Order bo'yicha summa» qatorining jamiga teng bo'lishi kerak. Oylik aylanmalardan keyingi ikkinchi qatorda har bir subschyot bo'yicha kelgusi oyning boshiga qoldiq chiqariladi.
    Analitik hisob buxgalteriya hisobi registrlarida (buxgalteriya daftarlarida, kartochkalarida, qaydnomalarida va boshqalarda) yuritiladi.
    Boshlang'ich hisob hujjatlari, hisob registrlari, moliyaviy hisobotlarni saqlashni, ularni rasmiylashtirib, arxivga topshirish muddatlarini bosh hisobchi ta’minlaydi.
    Hisob registrlariga yozuvlar siyoh bilan, sharikli ruchka bilan yoki zamonaviy hisoblash texnikasi yordamida boshlang'ich hisob hujjat- laridan, ular olinganidan so'ng keyingi kundan kechiktirmasdan yoziladi.
    Har oy tugagandan keyin analitik hisob registlarida aylanmalaming jami hisoblanadi va subschyotlar bo'yicha qoldiq chiqariladi.
    Joriy yilda hisob registrlaridagi buxgalteriya yozuvlarida aniqlangan xatolar belgilangan tartibda tuzatiladi.
    Sintetik va analitik subschyotlardagi buxgalteriya yozuvlarining to'g'riligini nazorat qilish uchun tegishli analitik subschyotlaming har bir guruhi bo'yicha aylanma qaydnomalar (М-44-son shakldagi material zaxiralar bo'yicha aylanma qaydnoma, 285-son shakldagi aylanma qaydnoma va 326-son shakldagi asosiy vositalar bo'yicha aylanma qaydnoma) tuziladi. Aylanmalar jami va aylanma qaydnomalardagi har bir analitik subschyot qoldiqlari 308-son shakl «Bosh-jumal kitobi»dagi mazkur subschyotlaming qoldiqlari va aylanmalari jami bilan har oy yakuni bo'yicha taqqoslanadi.
    Aylanma qaydnomalar har oyda, asosiy vositalar bo'yicha esa, har chorakda tuziladi. 326-son shakldagi aylanma qaydnomadagi yozuvlar kerak bo'lgan hollarda bir necha yillar davomida olib borilishi ham mumkin.
    Yangi hisobot yilida sintetik va analitik hisob registrlarida yil boshiga qoldiq summalari o'tgan yilgi yakunlovchi balansga va tegishli hisob registrlariga to'la mos ravishda yoziladi.
    Agar yillik hisobot moliya organi yoki yuqori tashkilot tomonidan qabul qilinayotganda yakunlovchi balansda tuzatishlar qilingan bo'lsa, moliya organi yoki yuqori tashkilotning tegishli yozma ko'rsatmasiga
    asosan, bu tuzatishlar o'tgan yilgi hisob registlariga ham, joriy yil registlariga ham (kirim qoldiqlarini o‘zgartirish yo‘li bilan) kiritib qo'yiladi.
    Наг bir hisobot oyi tugagandan keyin barcha memorial orderlar, memorial order - jamlanma qaydnomalar ularga tegishli hujjatlar bilan birga raqamiga qarab tartib bilan taxlanishi va kitob qilinishi kerak. Hujjatlar uncha ko‘p bo'lmagan taqdirda, ulaming uch oyligini bitta qilib kitob qilish mumkin. Muqovasiga tashkilotning nomi, kitobning nomi va tartib raqami, hisobot davri - yil va oy, memorial ordeming boshlang‘ich va oxirgi raqami, kitobdagi varaqlar soni yozib qo'yiladi.
    Moddiy qimmatliklar, pul mablag'lari, shuningdek, debitorlar va kreditorlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar hamda boshqa aktivlar va majburiyatlami inventarizatsiya qilish, shuningdek, inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
    Tashkilotlar qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda davriy moliyaviy hisobotlami, shuningdek, set, shtat va kontingentlar bo'yicha rejaning bajarilishi to‘g‘risida choraklik va yillik hisobotlami tuzadilar va topshiradilar.
    O'zbekiston Respublikasida tashkilotlar tomonidan buxgalteriya hisobi milliy valuta - so'mda yuritiladi.

    1. BUDJET TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINING SCHYOTLAR REJASI

    Budjet tashkilotlari buxgalteriya hisobini O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 17-dekabrdagi 105-son buyrug'i bilan tasdiqlangan «Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi yo'riqnomaning 25-ilovasiga muvofiq budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobining schyotlar rejasiga asosan yuritadilar. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilmagan holda ushbu schyotlar rejasini o'zgartirilishiga yoki schyotlar rejasida keltirilmagan schyotlami yoki subschyotlami qo‘ llagan holda buxgalteriya hisobini yuritish taqiqlanadi.



    Schyot
    nomi

    Schyot
    raqami

    Subschyotlar nomi

    Subschyot
    raqami

    I BOB. NOMOLIYAVIY AKTIVLAR

    l-§. Asosiy vositalar va boshqa uzoq muddatli nomoliyaviy aktivlar

    Asosiy
    vositalar

    01

    Turar joy imoratlar

    010

    Noturar joy imoratlar

    Oil

    Inshootlar

    012

    Mashina va jihozlar

    013

    Transport vositalari

    015

    Kutubxona fondi

    018

    Boshqa asosiy vositalar

    019

    Asosiy
    vositalaming
    eskirishi

    02

    Turar joy imoratlanting eskirishi

    020

    Noturar joy imoratl aming eskirishi

    021

    Inshootlaming eskirishi

    022

    Mashina va jihozlaming eskirishi

    023

    Transport vositalarining eskirishi

    025

    Boshqa asosiy vositalaming eskirishi

    029

    Boshqa uzoq muddatli nomo­liyaviy aktivlar

    03

    Nomoddiy aktivlar

    030

    2-§. Noishlab chiqarish aktivlar!

    Noishlab chiqa­rish aktivlari

    04

    Yemi obodonlashtirish

    040

    3-§. Tovar-moddiy zaxiralar

    Tayyor mahsulot

    05

    Tayyor mahsulot

    050

    Boshqa tovar- moddiy zaxiralar

    06

    Qurilish materiallari

    060

    Oziq-ovqat mahsulotlari

    061

    Dori-darmonlar va yarani bogTash
















    vositalari

    062

    Inventar va xo'jalik jihozlari

    063

    Yonilg'i, yoqilg'i-moylash material- lari

    064

    Mashina va asbob-uskunal anting ehtiyot qismlari

    065

    Boshqa tovar-moddiy zaxiralar

    069


    Download 2,16 Mb.
  • 1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   93




    Download 2,16 Mb.