|
Aktsiyadorlarga ochib berish va izohlar talab qiladigan punktlar
|
bet | 112/303 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 3,45 Mb. | | #118994 |
Bog'liq Аудит УМК 2023-2024 (3)Aktsiyadorlarga ochib berish va izohlar talab qiladigan punktlar
1
|
Aktsiyalar soni, shuningdek qo’shimcha chiqarilgan va so’ndirilgan, oddiy va imtiyozli
aktsiyalar soni bo’yicha
|
2
|
Imtiyozlar, imtiyozli aktsiyalar narxi va sanasi bo’yicha
|
3
|
Imtiyozli aktsiyalarning amortizatsiya fondlari haqida
|
4
|
Optsionlar va sotib olishi rejalashtirilayotgan qimmatli qog’ozlar
|
5
|
Taqsimlanmagan foyda va dividendlarga qo’yilgan cheklovlar
|
6
|
Aktsiyadorlar manffatlariga u yoki bu tomondan ta’sir ko’rsatuvchi barcha tugallangan
bitimlar
|
Korporativ ustavga yoki qarz kelishuvlariga rioya qilinmaslik nuqtai nazaridan odatda barcha e’lon qilingan hamda to’langan dividendlar tekshiriladi. Yuqorida aytilgandek, agar korxonada mustaqil dividend agent mavjud bo’lsa auditor ulardan olgan ma’lumotini dalil sifatida ishlatishi mumkin. Yoki ushbu summani direktorlar kengashi hujjatlarida ko’rsatilgan summalar bilan solishtirib, yoki o’zi e’lon qilingan dividendlarni qayta hisoblab ko’rishi mumkin. Agar auditor mijoz korxonadagi dividendlar to’lanishi yuzasidan nazorat tizimi ishonchli emas deb hisoblasa, har bir dividend oluvchi aktsiyadordan buxgalteriya kitoblaridagi va hujjatlaridagi summalarning to’langanligi haqida so’rashi mumkin. Shuningdek, auditor dividendlar to’lanishidagi cheklovlarning hujjatlarga qay darajada muvofiqligini ham o’rganib chiqishi kerak bo’ladi.
Taqsimlanmagan foyda auditi. Korxonalarda taqsimlanmagan foyda foydadan ajratma, yoki joriy yil yo’qotishlari, pul ko’rinishida yoki dividend ko’rinishida kiritilishi mumkin. Buxgalteriya standartlariga muvofiq bir qancha operatsiyalar borki, ular to’g’ridan to’g’ri taqsimlanmagan foyda bilan bog’liqlikda amalga oshiriladi. Shuning uchun taqsimlanmagan foydani tekshirishda qo’shimcha audit amallarini bajarishga to’g’ri keladi. Taqsimlanmagan foydadan rezerv kapitalini shakllantirish, rezerv kaitalidan imtiyozli aktsiyalarga dividendlar to’lash bu kabi operatsiyalar jumlasiga kiradi.
Xulosa
Taqsimlanmagan foyda auditi shu schet bo’yicha faoliyatlar garfigini o’rganishdan boshlanadi. Davr boshidagi qoldiq hujjatlar bilan muvofi kelishi kerak. Foyda va zararlar to’g’risida hisobot tuzilgunga qadar bo’lgan foyda va xarajatlar qadamba qadam o’rganilishi maqsadga muvofiq. Barcha e’lon qilingan dividendlar miqdori hujjatlar bilan solishtirilib o’rganiladi. Nihoyat, taqsimlanmagan foyda bilan bog’liq barcha izohlar va ochib berishlar zarur punktlarda yozilishi, tushuntirilishi kerak. Masalan, ko’pgina qarz majburiyatlari dividend sifatida to’lanishi mumkin bo’lgan taqsimlanmagan foydani cheklaydi.
“Auditorlik faoliyati to’g’risida” gi qonunning 36-moddasiga mvofiq: YUridik shaxs, uning mulkdori, ustav fondida (ustav kapitalida) kamida 10 foiz miqdoridagi ulushga ega bo’lgan ishtirokchilar va aksiyadorlar, shuningdek nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvining buyurtmachilari bo’lishi mumkin.
Nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tashabbusiga ko’ra auditorlik tekshiruvi auditorlik tashkiloti va ushbu organlar o’rtasida tuzilgan shartnoma asosida o’tkaziladi hamda mazkur shartnoma asosida haq to’lanadi. Bunda nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ayni bir auditorlik tashkilotini ayni bir xo’jalik yurituvchi sub’yektning faoliyatini ayni o’sha asoslarga ko’ra tekshirishga takroran jalb etishga yo’l qo’yilmaydi.
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvini o’tkazishga doir ishlarga haq to’lash auditorlik tekshiruvini o’tkazish tashabbusi bilan chiqqan shaxs yoki organ hisobidan amalga oshiriladi.
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvini o’tkazish predmeti, muddatlari hamda boshqa shartlari auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi va auditorlik tashkiloti o’rtasida tuziladigan auditorlik tekshiruvini o’tkazish to’g’risidagi shartnomada belgilanadi.
Auditorlik tashkiloti, basharti quyidagi majburiy shartlarga rioya etsa, qonunchilikda nazarda tutilgan istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda, bundan aksiyadorlik jamiyati mustasno, tashkil etilishi va o’z faoliyatini amalga oshirishi mumkin:
auditorlik tashkiloti o’zi uchun asosiy ish joyi bo’lgan auditorlarning eng kam soni shtatdagi kamida to’rt nafar auditordan iborat bo’ladi;
auditorlik tashkilotining ustav fondi (ustav kapitali) auditorlik tashkiloti o’z faoliyatini amalga oshirishda bevosita foydalanadigan mol-mulkdan, shu jumladan pul mablag’laridan shakllantiriladi;
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) auditorlarga (auditorga) tegishli bo’lgan ulush kamida ellik bir foizni tashkil etishi kerak (bundan auditorlik tashkiloti — chet el auditorlik tashkilotining filiali yoki sho’’ba xo’jalik jamiyati tashkil etilgan hollar mustasno);
auditorlik tashkilotiga faqat o’zi uchun mazkur auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi bo’lgan auditor rahbar bo’lishi kerak.
Auditorlik tashkiloti boshqa auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) bo’lishi mumkin emas. Ustav fondida (ustav kapitalida) davlatga tegishli ulushga ega bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’yektlar va davlat unitar korxonalari majburiy auditorlik tekshiruvdan o’tishlari shart.
|
| |