|
Tugallanmagan ishlab chiqarishni tekshirish 6.Mahsulot sotish auditi
|
bet | 114/303 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 3,45 Mb. | | #118994 |
Bog'liq Аудит УМК 2023-2024 (3)5.Tugallanmagan ishlab chiqarishni tekshirish 6.Mahsulot sotish auditi
Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar auditi
Moliyaviy natijalarni tekshirishning asosiy yo’nalishlari
Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar va daromadlar hamda favqulodda olingan foyda (ko’rilgan zarar) larni tekshirish
Davr sarflarini tekshirish
Tayanch so’z va iboralar: Mahsulot sotishdan tushgan tushum, asosiy faoliyat foydasi, umumxo‘jalik foydasi, moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromad va xarajatlar, favqulodda foyda va zararlar, soliq to‘lagunga qadar foyda, soliq bazasi, soliq va buxgalteriya foydasi, sof foyda, daromadlarni tekshirish amallari, xarajatlarni tekshirish amallari, kalkulyatsiya moddalari.
Daromad jarayonlari auditi
Daromad jarayonlari auditi ushbu bobning boshida ko’rib chiqiladi, chunki ushbu asosiy kontseptsiyani o’rganish daromad jarayonlari auditining fundamental ahamiyatiga ega. Bundan tashqari, auditor ijobiy xulosa berishi uchun daromadlar GAAP standartlariga muvofiq bo’lishi kerak. Ishlab chiqarish daromadlari esa, odatdagi kabi mahsulot sotish yoki xizmat ko’rsatishdan iborat. FASB bayonotiga asosan, Moliyaviy Buxgalteriya tushunchalari 6-chi soni "moliyaviy jadval elementlari" daromadlarni belgilaydi: Kompaniya daromadlari yoki boshqa aktivlarning yaxshilanishi (yoki ikkalasining birikmasi) kompaniyaning asosiy yoki markaziy faoliyatini tashkil etuvchi mahsulot etkazib berish yoki ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish yoki boshqa xizmat turlariga bog’liq.
Daromadlar mahsulot va xizmatlar almashinuvi qiymati bilan o’lchanadi. Umuman olganda, kompaniya mahsulot yoki ko’rsatilgan xizmatlari uchun naqd pul yoki da’volarni qabul kiladi. Naqd pul da’volari odatda, debitor qarzdorlik sifatida ko’rib chiqiladi. FASB 5-chi Moliyaviy Buxgalteriya tushunchalari "savdo-sotiq bilan bog’liq tashkilotlar moliyaviy hisobotlarini tashkil qilish va baholash" bayonotiga asosan, daromadni tan olish (yozuv) uchun u amalga oshirilishi yoki ishlab chiqilgan bo’lishi kerak deb talab qiladi. Daromad mahsulot yoki xizmat ko’rsatish pulga almashinganida, boshka aktivlarni to’lashga va’da qilinganida paydo bo’ladi. Odatda kompaniya tomonidan mahsulot etkazib berilganida yoki xizmat ko’rsatilib bo’linganida daromad olish jarayoni tugatilgan hisoblanadi. SEC in SAB №101 daromadni tan olish uchun qo’yidagi mezonlarni belgilaydi:
Ishonarli dalillar mavjudligi
Etkazib berilgan yoki xizmat ko’rsatilgan
Xaridorga sotuvchining narxi belgilangan yoki aniqlangan
Tahlil oqilona taqdim etilgan
Daromadni tan olish auditorlar uchun audit xavfni tug’dirib kelmoqda va moliyaviy xisobotlar yaxlitligi jarayoniga ta’lluqli savollar tug’ilishi olib keldi. Aslida, firibgarlik sharoitlarida audit standarti firibgarlik ta’sirlar tufayli daromadni tan olish xato ekanligini faraz qilishi kerak deb ta’kidlaydi. (AU 316.41).
O’g’irliklarni tekshirish bo’yicha dimlomga ega mutaxassislar Assotsiyasi ma’lumotlariga ko’ra, moliyaviy hisobotlarda firibgarlik sodir etishning sakkiz xil umumiy usullari mavjud.
Erta daromadni tan olish;
O’tgan hisobot davrida kitobni ochiq tutish;
Soxta savdo;
Qayd qilingan yozuvlarni qaytarishni ilojsizligi;
Foiz bajarilishi uslubidagi firibgarlik;
Tomonlar bilan bog’lik operatsiyalar;
Debitor qarzdorlik va zahiralarning oshirib ko’rsatilishi; va
Mas’uliyat va xarajatlarning kamchiligi.
Auditor daromadning tan olinishi bilan bog’lik firibgarlik xavfi kuzatilganida ho’shyor bo’lishi kerak:
Tomonlar kelishuvi mijozlarni mahsulotni qabul qilishi yoki xizmat turini qabul qilishini rag’batlantirish maqsadida kelishuv va sotuv shartlari tartibini o’zgartirishadi.
Savdo yuklash sifati marketing amaliyotida etkazib beruvchilar sotuv hajmini oshirish uchun ba’zan distribyutorlarni rag’batlantirish orqali ular tez sotib bo’lishi mumkin bo’lgan hajmdan ham ziyodroq zahirani sotib olishlariga ko’ndiradilar.
Ko’pchilik tashkilotlar uchun daromadni tan olish jarayoni qisqa muddatda sodir bo’ladi (kun, hafta yoki oylar), lekin ba’zi bir sohalarda, masalan qurilish, mudofaa tarmoqlarida daromadni tan olish vaqti ma’lum bir yillar davomida kechishi mumkin. Yuridik shaxslar daromadini tan olish siyosati moliyaviy hisobotlarda aks ettiriladi. Shunday qilib, auditor yuridik shaxslar daromadini tan olish siyosatiga audit jarayoni daromadi sifatida qarashi kerak.
O’quvchi uchun tushum jarayoni zahiralarni boshqarish jarayoni bilan o’zaro hamkorligi 10-2 rasmda ko’rsatilgan. Ko’pchilik buxgalteriya tizimlari daromadlarni integratsiyalash, sotib olish, inson resurslari va inventerizatsiya jarayonlarini o’z ichiga oladi.
Ushbu tekstda ishlatilgan blok-diagrammalar jarayonlarning bir-biriga bog’liqligini ko’rsatish uchun no’qtalar bilan ifodalangan. Aslida, IT bu diagrammalardan axborotlar oqimini hisob jarayonlaridan farqlash uchun ko’prok ishlatishadi.
Daromad jarayonlari bilan bog’lik mavzuni muhokama qilamiz:
Moliyaviy hisobotlar hisobi va operatsiya turlari.
Xujjatlar va yozuv turlari.
Asosiy vazifalar.
Majburiyatlarni belgilash kaliti.
Operatsiyalarning uch turiga daromad jarayoni yordamida ishlov beriladi:
Naqd pul yoki kredit uchun mahsulot sotish yoki xizmat ko’rsatish
Mijozdan mahsulot yoki ko’rsatilgan xizmat uchun pul tushumi
Buyurtmachi tomonidan mahsulot yoki ko’rsatilgan xizmatning qaytarilishi
Tushum jarayoni moliyaviy hisobotlarning ko’pgina hisoblariga ta’sir ko’rsatadi.
|
| |