|
Foyda va zararlarni hisobga oluvchi schetlar auditi hamda riskni
|
bet | 116/303 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 3,45 Mb. | | #118994 |
Bog'liq Аудит УМК 2023-2024 (3)Foyda va zararlarni hisobga oluvchi schetlar auditi hamda riskni baholash
Foyda va zararlarni hisobga oluvchi schetlarni tekshirishda auditor ko’rsatilgan foyda va xarajatlar noto’g’ri axborot bermayotganligiga ishonch hosil qilishi kerak. Foyda va zararlar to’g’risidagi hisobot moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun muhim ob’ekt bo’lib hisoblanadi. Masalan kreditorlar yoki bo’lajak kreditorlar korxonaning foydalilik darajasini qarz berish to’g’risida ijobiy yoki salbiy qaror qabul qilishda indikatorlardan biri sifatida ko’radi. Bo’lajak investorlar korxona aktsiyalarini sotib olishdan oldin foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotga murojaat qilishadi. Hattoki, mol etkazib beruvchilar ham kreditga etkazilgan tovarlar haqini korxona to’lay olishi mumkin yoki yo’qligini aynan moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotga tayanib taxmin qiladilar.
Foyda va zararlar auditi ko’p hollarda korxonadagi boshqaruv tizimiga, korxonada tuziladigan moliyaviy hisobot yuzasidan o’rnatilgan ichki nazoratga bog’liq. Masalan, koxona erishgan foydasi va ko’rgan zararlari to’g’risida muhim noto’g’ri ma’lumotlar aynan boshqaruv tizimi xatosi bilan sodir bo’lishi mumkin.
Foyda va zararlar to’g’risidagi hisobot auditi ko’p jihatdan auditning boshqa hududlaridagi tekshiruvlar natijasini ham o’z ichiga oladi hamda tekshiruvni samarali yakunlash uchun quyidagi mustaqil audit amallarining natijasi zarur bo’ladi:
Turli biznes jarayonlar ustidan boshqaruv vositalarini testdan o’tkazish natijalari;
Balans moddalari va foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotga aloqador bo’lgan schetlarni testdan o’tkazish natijalari;
Foyda va zararlarni ifodalovchi schetlar ustidan o’tkazilgan tahliliy audit amallari natijasi;
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotning tanlangan schetlarini batafsil testlash natijalari.
Biz yuqoridagi boblarda nazorat riskini boshqarishda auditorning turli yondashuvlari haqida so’zladik. Ya’ni, nazorat riski maksimum deb qaralsa, auditor ichki nazorat ma’lumotlariga tayanib fikr yurita olmaydi va keng miqyosdagi mustaqil audit amallarini bajaradi. Mijoz boshqaruv tizimi, nazorat tizimi samarali ishlayotgan yoki yo’qligini testlab o’rganiladi. Agar korxonada nazorat vositalari samarali ishlayotgan bo’lsa, auditor nazorat riskini maksimumdan tushirishi mumkin.
Moliyaviy natijalar auditida pasaytirilgan nazorat riski korxona ichki nazoratining ushbu qismlari ishonchliligini bildiradi. Masalan, korxona sotish jarayoni ustidan o’rnatilgan nazorat riskining pastligi sotuv jarayoni, debitorlik qarzlari, sotishan tushum kabi qismlardagi raqamlar noto’g’ri ma’lumotga asoslanmaganligini bildiradi. Xuddi shunday sotib olish jarayonida ham nazorat riskining pastligi kreditorlik qarzlari, vakillik xarajatlari va boshqa majburiyatlardagi raqamlar aniqroq ekanligini anglatadi. Muhim tomoni shundaki moliyaviy natijalar ustidan etarlicha dalillarning borligi auditor uchun fikr bilidirishida yordam beradi. Sotish va sotib olish jarayonidan to’plangan dalillar esa foyda va zararlar to’g’risidagi hisobot auditida ko’pincha daromadlar va xarajatlar haqida qo’shimcha axborot beradi hamda moliyaviy natijalar auditining samarali o’tkazilishida yordam beradi.
|
| |